24
korxonani boshqarishni takomillashtirish; jamoada qulay ijtimoiy-psixologik
iqlimni yaratish va b. kiradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonaning samarali ishlashi tashqi omillarga
bevosita bog‘liq bo‘lib, ularni quyidagi sinflarga ajratish mumkin:
- ichki va tashqi bozordagi narh-navo o‘zgarishi. Asosan talab va takliflar
hamda narh-navoning beqarorligida namoyon bo‘ladi;
- mamlakat ichkarisida va xalqaro ko‘lamda siyosiy vaziyatning o‘zgarishi;
- inflatsiya jarayonlari bilan bog‘liq omillar;
- davlat faoliyati bilan bog‘liq omillar
Zamonaviy sharoitlarda korxonaning samarali faoliyati aynan davlatga
bog‘liq. Bu avvalambor, taraqqiy etgan bozor va undagi huquqiy asoslarni yaratish,
mamalakatdagi zarur qonunchilik tartibini o‘rnatish va milliy xavfsizlikni
ta’minlash, raqobatbardoshlikni himoya qilish, xo‘jalik qonunchiligini ishlab
chiqish va tashkil etishdan iboratdir. Shuni alohida ta’kidlash joiz-ki, bozor
iqtisodiyoti sharoitida, kuchli raqobatbardoshlik muhiti mavjudligida korxonalar
ishlab chiqarish va tijorat faoliyatlari bilan bog‘liq xavfli tavakkalchilik holatlari
bilan to‘qnashadi. Xavflarning mavjudligi ishlab chiqarish korxonalarni moliyaviy
va moddiy resurslarni tejash, yangi loyihalar, samarali tijorat kelishuvlarini doimo
axtarishga majbur qiladi. Shunday qilib, xavf va tahdidlarning mavjudligi doimiy va
kuchli ta’sir etuvchi korxonaning samarali faoliyat yuritish omillaridan biri bo‘lib
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: