31
- tayyor mahsulotni iste’molining, aynan kapital qurilishning birligi;
- ishlab chiqarishni kooperatsiyalashtirish bo‘yicha korxonalarning sohalararo
va sohalar ichidagi aloqalarning kengligi.
Sohalararo kooperatsiyalashuv - armatura va butlovchi detallar, profili metall,
alyuminiyli folga va h.k. ishlab chiqarish. Soha ichidagi kopperatsiyalashuv –
sement va boshqa bog‘lovchilar, kaolin, g‘ovakli to‘ldiruvchilar va h.k;
-
material, yonilg‘i, energiya sig‘imliligi va ishlab chiqarilayotgan mahsulot
tayyorlashning ko‘p mehnat sarfini talab etishi (xomashyoga sarflanadigan
harajatlar 30% dan 50% gacha miqdorni tashkil etadi);
- korxonalarni joylashtirish xom-ashyo, yonilg‘i-energetika
resurslarini
mavjudligiga bevosita bog‘liq, chunki xomashyo bazasi loyihalanayotgan korxonani
kamida 25-30 yilga ish bilan ta’minlashi talab etiladi.
Qurilish materiallarini ishlab chiqarishni o‘z ichiga olgan qurilish majmuasi
O‘zbekiston iqtisodiyotida yetakchi o‘rinlarda turadi va uning holati davlat
rivojlanishining iqtisodiy va texnik ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Uning
asosiy roli qurilish tashkilotlarining yakuniy mahsuloti
ekspluatatsiya qilishga
tayyor asosiy fondlarni tashkil etishidan iborat. Qurilish majmuasi o‘zaro bir-biriga
bog‘liq soha va sohaosti tizimidan iborat. Qurilish majmuasining rivojlanishi kapital
mablag‘lar hajmi va qurilish-montaj ishlari ko‘lamiga bog‘liq. O‘z navbatida,
qurilish-montaj ishlari hajmi esa o‘nlab tur va yuzlab markadagi keng qurilish
materiallari, buyumlari va konstruksiyalarining iste’moli bilan bevosita bog‘liq.
Qurilish materiallarining asosiy turlarini ishlab chiqarish ko‘p mablag‘
talab
etadigan va uzoq muddatlarda o‘zini qoplaydigan jarayon bo‘lib hisoblanadi. Yangi
korxonalarni qurish va mavjud korxonalarni yangilash uchun katta moliyaviy
mablag‘lar talab etiladi, ularning o‘zini o‘zi qoplash muddati 5-10
yillarni tashkil
etadi. Sement, shisha singari qurilish materiallarini ishlab chiqarish uchun ko‘p
miqdorda energiya sarflanadi, bu esa mahsulotning tannarhiga o‘z ta’sirini
o‘tkazadi.
Turar-joy, ijtimoiy-madaniy va sanoat ob’yektlarini kapital qurilishida,
ta’mirlash-ekspluatatsiya qilish ishlarini amalga
oshirishda hamda savdo
32
tarmoqlariga yetkazib berishda qurilish materiallari va buyumlari sifatida iqtisodiy
faoliyatning boshqa turlariga mansub korxonalarning mahsulotlaridan foydalanish
mumkin:
- metallurgiya majmuasi mahsulotlari – armatura, metall prokati, cho‘yan va
po‘latdan yasalgan quvurlar, qurilish metall
konstruksiyalari va buyumlari, isitish
qozonlari va radiatorlari, vanna va boshqa sanitar-texnik mahsulotlari, shuningdek,
qulflash va ilgak mahsulotlari.
- yog‘ochni qayta ishlash majmuasi mahsulotlari – yog‘ochdan tayyorlangan
qurilish konstruksiyalari, yog‘och va uni qayta
ishlash mahsulotlaridan
tayyorlangan panellar va DSP;
- kimyo majmuasi mahsulotlari – qurilishda ishlatiladigan plastmassa
mahsulotlari, asosini mineral yoki polimer xomashyosi, bo‘yoq va laklar.
- sellyuloza qog‘oz ishlab chiqarish majmuasi mahsulotlari - qog‘oz va
kartondan yasalgan gulqog‘oz va boshqa mahsulotlar, gipskartonlar.
Dostları ilə paylaş: