apparati deb ataladi.
Noishlab chiqarish asosiy fondlari - korxona asosiy fondlarining ishlab
chiqarishda bevosita ishtirok etmaydigan qismi bo‘lib, shu sababli o‘z qiymatini
tayyor mahsulotga o‘tkazmaydi.
Bular qatoriga asosan korxona balansida turuvchi turarjoy (uy-joy fondi),
oshxona, profilaktoriya, klub, bolalar bog‘chasi va yaslilar, sport-sog‘lomlashtirish
va
boshqa
ob’yektlar kiritiladi. Madaniy-maishiy va sog‘lomlashtirish
yo‘nalishidagi noishlab chiqarish asosiy fondlari ishlab chiqarish asosiy fondlari
81
bilan foydalanish muddati, natural shaklning saqlanishi, o‘z qiymatini sekin-asta
yo‘qotishi kabi ko‘p jihatlari bilan o‘xshashdir. Korxona asosiy fondlari tarkibini
quyidagi chizmada ko‘rinishida aks ettirish mumkin.
Mehnat predmetiga o‘tkazuvchi ta’siriga ko‘ra, asosiy ishlab chiqarish fondlari
aktiv va passiv turlarga bO‘linadi. Asosiy ishlab chiqarish fondlarining passiv turiga
bino va inshoatlar, aktiv turiga esa quvvat mashina va uskunalari, ishchi mashina va
uskunalar, transport vositalari, texnologik liniyalar, ya’ni biron-bir turdagi mahsulot
yaratishda foydalaniluvchi mehnat qurollari kiritiladi.
Korxonaning aktiv asosiy ishlab chiqarish fondlari eng harakatchan va
ahamiyatli hisoblanadi. Fan-texnika taraqqiyoti davomida ko‘plab korxonalarda
aktiv ishlab chiqarish fondlarining salmog‘i ortadi, ularning tarkibi va ko‘rinishi
o‘zgaradi, asosiy fondlar guruh va turlarining ma’naviy eskirish tufayli almashinish
sur’ati tezlashadi.
Ishlab chiqarish miqyosining o‘sishi va boshqa ijobiy o‘zgarishlar
sharoitlarida, ba’zan korxonaning asosiy fondlari, jumladan, ishchi mashinalar va
uskunalar, ishlab chiqarish binolari, qurilmalar va hokazolar yetmay qoladi.
Bunday hollar ro‘y berganda korxona shartnoma asosida o‘ziga kerakli bo‘lgan
asosiy fondlarni yollaydi va ular ijaraga olingan hisoblanadi. Ijaraga beruvchi va
ijaraga oluvchi o‘rtasida yuzaga keluvchi mulk munosabatlari lizing deb ataladi
(ingl. Lease - ijara).
|