F
Т
F
F
Н
а
л
an
х
−
=
(1.)
Bu yerda:
F
1
- asosiy fondlarning dastlabki qiymati;
F
t
- asosiy fondlarning tugatish qiymati;
T
a
- asosiy fondlarning amortizatsiya muddati yoki xizmat muddati, yil.
Asosiy fondninng dastlabki qiymati - asosiy fondlari sotib olish vaqtidagi
harajatlar summasi (etkazib berish, o‘rnatish yoki montaj harajatlari bilan birga).
Eskirishni qayta tiklash qiymati - asosiy fondlarning bugungi kundagi
inflyatsiya, qayta baholash va hokazolarni hisobga olgan holda hisoblangan
qiymati.
Qoldiq qiymat - bu asosiy fondlarning dastlabki yoki tiklash qiymati bilan
eskirish summasi o‘rtasidagi farqdir.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari qurilish korxona va tashkilotlaming ishlab
70
chiqarish quvvatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Ishlab chiqarish quvvati - berilgan mashina va asbob-uskunalar,
texnologiyalar va ishlab chiqarishni tashkil qilish uslubida mahsulot ishlab
chiqarishning maksimal hajmi. Buni hisobga olgan holda qurilish korxonasining
yillik, choraklik va oylik ishlab chiqarish quvvatini aniqlash mumkin. Bundan
tashqari, quyidagi formula yordamida korxonaning o‘rtacha yillik quvvatini
hisoblash ham amaliyotda keng qo‘llanilmoqda:
12
12
2
1
1
P
F
P
F
F
F
Chiq
ish
−
+
=
(2)
Bu yerda:
F
1
- korxonaning yil boshidagi asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymati;
F
ish
- yil davomida ishga tushiriladigan asosiy ishlab chiqarish fondlarining
qiymati;
F
chiq
- yil davomida hisobdan chiqarilgan asosiy ishlab chiqarish fondlarining
qiymati;
P
1
va P
2
- asosiy ishlab chiqarish fondlarining ishga tushish (ishdan chiqish)
paytidan boshlab o‘tgan to‘liq oylar soni.
Ishlab chiqarish quvvatini va umuman asosiy ishlab chiqarish fondlaridan
foydalanishni hisoblashda bir qator ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi. Ularni quyidagi uch
guruhga bo‘lish mumkin:
- ekstensiv ko‘rsatkichlar - asosiy ishlab chiqarish fondlaridan
foydalanishning vaqt bo‘yicha ko‘rsatkichlari;
- intensiv ko‘rsatkichlar - asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishning
unumdorlik (quvvat) ko‘rsatkichlari;
- integral ko‘rsatkichlar - ekstensiv va intensiv omillaring jami ta’sirini, ya’ni
ekstensiv va intensiv ko‘rsatkichlarning hosilasini hisobga oluvchi ko‘rsatkichlar.
Mazkur ko‘rsatkichlar asosan asosiy ishlab chiqarish fondlaridan
foydalanishning natural ko‘rsatkichlari hisoblanadi va quyidagi kategoriyalarni o‘z
ichiga oladi:
71
-
asbob-uskunalar va mashinalarning bandlik koeffitsiyenti;
-
almashinuv koeffitsiyenti;
-
asbob-uskunalarning unumdorligi.
Ular bilan bir qatorda amaliyotda asosiy ishlab chiqarish fondlaridan
foydalanishning qiymat ko‘rsatkichlari ham keng qo‘llanilmoqda. Ular qatoriga
quyidagilarni kiritish mumkin:
-
fond qaytimi - ishlab chiqarilgan mahsulotning asosiy ishlab chiqarish
fondlarining o‘rtacha yillik qiymati birligiga to‘g‘ri keladigan miqdori;
-
fond sig‘imi - fond qaytimi ko‘rsatkichiga teskari ko‘rsatkich;
-
fondlarning rentabelligi- asosiy ishlab chiqarish fondlarining o‘rtacha yillik
qiymati birligiga to‘g‘ri keladigan foyda miqdori.
Asosiy ishlab chiqarish fondlarini baholash va ulardan foydalanishni tahlil
qilishda mehnat va ishlab chiqarishning fond bilan qurollanganligi hamda uning
yana bir turi - mehnat va ishlab chiqarishnng mexaniq qurollanganligi kabi
ko‘rsatkichlarni ham e’tiborga olish lozim.
Kapital qurilish sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi korxonalar iqtisodiy
samaradorligini oshirishga erishish ulardagi mavjud asosiy ishlab chiqarish
fondlarining tarkibini yangilab borish orqali amalga oshiriladi. Asosiy fondlar
tarkibini yaxshilash uchun asosan quyidagi tadbirlarni amalga oshirish yaxshi
iqitisodiy samara beradi:
1. korxona qurilish texnikasi tarkibini yangi va zamonaviy turdagi qurilish
texnikalari bialn to‘ldirib borish;
2. korxonada mavjud va qurilish jarayonida foydalanilayotgan mashina-
mexanizmlar va asbob-uskunalarni modemizatsiya qilish;
3. jismoniy va ma’naviy eskirgan va qurilish jarayonida foydalanilmayotgan
asbob-uskunalarni tugatish yoki sotish.
Qurilish korxonalari va qiurilish ishlarini amalga oshirish texnologiyalarining
rivojlanib borishini ta’minlash, amalda foydalanilayotgan ishlab chiqarish
quvvatlarini
modemizatsiya
qilish va texnik-texnologik yangilash jarayonlarini
jadallashtirish hisobidan amalga oshiriladi. Ilmiy ishda o‘rganilayotgan mavzudan
72
kelib chiqib qo‘yilgan asosiy vazifa iqtisodiyotning lokamativ tarmoqlaridan biri
bo‘lgan qurilish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarda asosiy ishlab
chiqarish fondlari holatini va resurslardan samarali foydalanish ko‘rsatkichlarini
o‘rganish va sohada o‘z yechimini kutayotgan masalalarni aniqlash hamda qurilish
korxonasida asosiy fondlardan foydalanish samaradorligin oshirish bo‘yicha ilmiy
asoslangan amaliy tavsiyalar ishlab chiqish masalasi qo‘yilgan. Qo‘yilgan vazifani
amalga oshirish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish lozim bo‘ladi:
-
qurilish korxonasining asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlaridan samarali
foydalanish yo‘llarini izlab topish;
-
qurilish korxonasini asosiy ishlab chiqarish fondlar (qurilish mashinalari va
mexanizmlari) bilan ta’minlanganlik darajasini aniqlash hamda ular tarkibidagi
o‘zgarishini to‘g‘ri va aniq tahlil qilish;
-
qurilish korxonasining mavjud mashina va mexanizmlardan foydalanish
samaradorligini tahlil qilish;
-
Qurilish korxonasining ishlab chiqarish quvvatlarini ko‘paytirish va mavjud
resurslardan samarali foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
Qurilish industriyasidagi korxona va tashkilotlarning asosiy ishlab chiqarish
fondlari tarkibi ularning ishlab chiqarish quvvatlaridan bevosita foydalanish
ko‘rsatkichlariga ta’sir ko‘rsatadi. Qurilish tashkilotlarining asosiy fondlar bilan
qurollanish darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, ularning ishlab chiqarish quvvati ham
shu singari yuqori bo‘ladi.
Ishlab chiqarish quvvati - berilgan mashina va asbob-uskunalar,
texnologiyalar va ishlab chiqarishni tashkil qilish uslubida (mashinistlar va
mashina-mexanizmlardan foydalanuvchi ishchilar soni hamda ularga ajratilgan
vaqtni hisobga olgan holda) qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishning
maksimal hajmi hisoblanadi.
Qurilish sohasidagi korxonalar va yirik hissadorlik jamiyatlari, birlashmalari,
odatda, faqat asosiy qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish maqsadida emas,
balki qurilishga tegishli turli ish turlarini (qurilish materiallari ishlab chiqarish
konstruksiyalar tayyorlash va x.k.) amalga oshirish, kommunal xizmatlar
73
ko‘rsatish, turar joy va boshqa xo‘jaliklar binolariga xizmat ko‘rsatishni amalga
oshiruvchi asosiy fondlarga ega bo‘ladi. Bunday korxonalar asosiy fondlari
tarkibida ikkita guruh: ishlab chiqarish mashina va mexanizmlari va noishlab
chiqarish sohasi asosiy fondlariga bo‘linadi.
Qurilish korxonalarida asosiy fondlari natural ko‘rinishda va pul qiymatida
hisobga olinadi. Natural ko‘rinishidagi hisob-kitoblar fizik o‘lchov birliklarida (m,
kg, dona va hokazolar) yoki quvvat o‘lchov birliklarida amalga oshiriladi. Ba’zi
hollarda asosiy fondlar natural ko‘rsatkichlarning statistik hisobotlari mavjud.
Asosiy fondlarni pul qiymatida baholashda buxgalteriya hisobida va hisobotida olib
boriladi.
Ishlab chiqarish miqyosining o‘sishi va boshqa ijobiy o‘zgarishlar
sharoitlarida, ba’zan korxonaning asosiy fondlari, jumladan, ishchi mashinalar va
uskunalar, ishlab chiqarish binolari, qurilmalar etmay qoladi. Bunday hollar ro‘y
berganda korxona shartnoma asosida o‘ziga kerakli bo‘lgan asosiy fondlari yollaydi
va ular ijaraga olingan hisoblanadi. Ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi o‘rtasida
yuzaga keluvchi mulk munosabatlari lizing deyiladi.
Asosiy fondlardan foydalanish samaradorligiga turli omillar ta’sir qiladi:
-
ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot hajmi;
-
asosiy fondlar o‘rtacha yillik summasi;
-
ishlab chiqarishda band bo‘lgan xodimlar mehnatining samaradorligi;
-
asosiy fondlar samaradorligi;
-
asosiy fondlar alohida turlaridan foydalanish samaradorligi kabilar kiradi.
Tahlil qilishda ushbu omillar ta’sirini hisoblash, o‘tgan yil ishlab chiqarish
dasturi ma’lumotlari bilan taqqoslash va dinamikasini o‘rganish lozim. Asosiy
fondlarning alohida turlari, avvalambor, ularning aktiv qismidan foydalanish
ko‘rsatkichlari ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Barcha uskunalar mavjud, o‘rnatilgan va ishlayotganlarga ajratiladi.
Mavjudlariga korxona ixtiyorida bo‘lgan, qaerdaligi (tsex, ombor) va qanday
holatdagidan qat’iy nazar, barcha uskunalar kiradi.
O‘rnatilgan uskunalar - bu montaj qilingan va ishga tayyorlangan ish joyidagi
74
uskunalardir.
Ishlayotgan uskunalar - bu qancha vaqt turganligidan qat’iy nazar, (hisobot
davrida) amalda ishlayotgan uskunalardir.
Asosiy fondlar samaradorligini tahlil qilishda muayyan sanadagi amalda
mavjud uskunalarga nisbatan o‘rnatilgan uskunalar darajasini aniqlash, ya’ni
o‘rnatilgan uskunalar koeffitsiyentini quyidagi formula bo‘yicha hisoblash lozim:
Dostları ilə paylaş: |