90
murakkabligi, ixtsisoslashtirish darajasi, mahsulotni realizatsiya qilish sharoitlari va
shu kabilar bilan izohlanadi. Aylanma mablag‘lar tuzilmasining tarmoqlar bo‘yicha
farqlanishini quyidagi jadval orqali bilib olish mumkin (7.1-jadval).
7.1-jadval
Aylanma mablag‘larning tarmoqlar bo‘yicha taqsimlanishi
Aylanma fondlarning
guruh va elementlari
Butun
sanoat
qora
metallurgiya
Mashina-
sozlik
Energe
-tika
Yengil
sanoat
Oziq-ovqat
sanoati
1. Ishlab chiqarish
zahiralari - jami
70,2
65,0
55,3
98,3
90,0
78,8
Jumladan:
xomashyo va asosiy
materiallar, yarim tayyor
mahsulotlar
46,2
23,8
37,5
-
76,7
52,2
Yordamchi materiallar
6,6
11,0
2,3
24,1
5,7
6,1
Yoqilg‘i
1,7
2,0
0,7
37,4
0,5
1,6
Ta’mirlash uchun ehtiyot
qismlar
3,9
11,0
2,0
23,0
1,7
2,0
qadoqlash va o‘rov
materiallari
3,0
0,5
0,6
0,3
1,2
11,3
Instrumentlar, xo‘jalik
asboblari va qimmat
bo‘lmagan, tez eskiruvchi
boshqa predmetlar
9,8
16,7
12,2
19,5
3,2
5,6
2. Tugallanmagan ishlab
chiqarish va korxonada
tayyorlangan yarim tayyor
mahsulotlar
24,0
18,3
42,2
0,5
9,8
19,5
3. Kelgusi davr xarajatlari
va boshqa mehnat
predmetlari
5,8
16,7
2,5
1,2
0,2
1,7
Jami aylanma ishlab
chiqarish fondlari
100,0
100,0
100,0
100,0
100,0
100,0
Aylanma fondlar tuzilmasi nafaqat sanoatning turli tarmoqlarida,
hattoki bir
tarmoq va bir korxonaning o‘zida ham farqlanadi. Bunday farqlanishga turli xildagi
xomashyo va materiallar, ishlab chiqarish texnologiyasi
va texnikasidagi farqlar,
91
korxonalarning geografik joylashuvi, ishlab chiqarishning tashkil etilishi va mehnat
taqsimoti, moddiy-texnika ta’minoti sabab bo‘lishi mumkin.
Korxonalar aylanma mablag‘lari tarkibi va tuzilmasiga xo‘jalik yuritish
qobiliyati va uning samaradorligiga rioya qilish qoidalari katta ta’sir ko‘rsatadi.
Ya’ni korxona ishlab chiqarish zahiralarini va aylanma mablag‘larning
ta’minlanganligini haddan tashqari oshirishga intilmasligi zarur.
Amaliyotning
guvohlik berishicha, bu, resurslarning halok bo‘lishiga va sun’iy
tanqislikning
yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Shu sababli xomashyo va materiallarni sarflashning
texnologik normalariga rioya qilish, ularni saqlashni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, chiqitlar
va yo‘qotishlarni kamaytirish, zamonaviy va arzon materiallardan foydalanish katta
ahamiyat kasb etmoqda. Biroq arzon materiallardan foydalanish doim ham korxona
imkoniyatlari va xohishidan kelib chiqavermaydi va tashqi muhit, birinchi o‘rinda
ishlab chiqarishdagi hamkorlar, bahoni shakllantirish, umumiy iqtisodiy barqarorlik
va boshqa omillar bilan ham bog‘liq bo‘ladi.
Korxona iqtisodiyotiga aylanma mablag‘larning tarkibi va tuzilmasidan
tashqari,
ularni ishlab chiqarish, takror ishlab chiqarish va muomalaning turli
bosqichlarida izlab topish katta ta’sir ko‘rsatadi. Aylanma mablag‘larning to‘liq
aylanishi uch bosqichdan iborat bo‘lib, bu jarayonda mahsulot ishlab chiqariladi va
sotiladi.
Dostları ilə paylaş: