Qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarining iqtisodiyoti


 Qurilish korxonalarida aylanma mablag‘larning tuzilmasi va harakati



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/73
tarix24.06.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#134822
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   73
Qurish materiallari ishlab chiqarish korxonalarining iqtisodiyoti

 
7.2. Qurilish korxonalarida aylanma mablag‘larning tuzilmasi va harakati 
hamda ularning korxona iqtisodiyotiga ta’siri 
Aylanma tuzilmalarni rejalashtirish va boshqarishning hozirgi paytdagi 
amaliyotida ushbu mablag‘larning tarkibi va tuzilmasini baholash va tahlil qilishga, 
shuningdek, ularning funksional roli va harakatiga katta e’tibor qaratiladi. Aylanma 
ishlab chiqarish fondlari korxona aylanma mablag‘larining eng faol qismi bo‘lsa, 
muomala fondlari ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etmaydi hamda yangi 
iste’mol qiymatini yaratmaydiishlab chiqarish zahiralaribu ishlab chiqarish 
jarayonida ishlab chiqarishga kiritish uchun tayyorlangan hamda xomashyo, asosiy 
va yordamchi materiallar, yoqilg‘i, xarid qilinuvchi yarim tayyor mahsulotlar, 
butlovchi qismlar, qadoqlash va o‘rov materiallari, asosiy fondlarni ta’mirlash uchun 
ehtiyot qismlar, yoqilg‘i-moylash materiallaridan tashkil topuvchi mehnat 
predmetlari; 
- tugallanmagan ishlab chiqarish va korxonada tayyorlangan yarim 
tayyor mahsulotlar – bu, ishlab chiqarish jarayonida foydalanishga topshirilgan 
hamda ishlov berish va yig‘uv jarayonida bo‘lgan, lekin ishlab chiqarish jarayoni 
to‘liq tugallanmagan hamda ushbu korxonada keyinchalik ishlov berilishi lozim 
bo‘lgan mehnat predmetlari; 
- kelgusi davr xarajatlari - ayni paytda ishlab chiqarilayotgan, lekin 
kelajakdagi mahsulotlarga mansub bo‘lgan yangi turdagi mahsulotlarni tayyorlash 
va o‘zlashtirish xarajatlari (masalan, asbob-uskunalarni qayta rejalashtirish
mahsulotlarning yangi turlarini tayyorlash va loyihalashtirishga sarflanuvchi 
xarajatlar va boshqalar). 
Aylanma ishlab chiqarish fondlari alohida tarkibiy qismlari yoki elementlari 
o‘rtasidagi foizlarda ifodalanuvchi o‘zaro munosabatlar aylanma ishlab chiqarish 
fondlarining tuzilmasini tashkil qiladi. Aylanma ishlab chiqarish fondlari va 


89 
muomala fondlari o‘rtasidagi xuddi shunday foizlardagi munosabatlar korxona 
aylanma mablag‘larining tuzilmasi deb ataladi. 7.1 - chizmada korxona aylanma 
mablag‘larining taxminiy (namunaviy) tuzilmasi ko‘rsatilgan. 
Chizmadan ko‘rish mumkinki, ishlab chiqarish zahiralari aylanma ishlab 
chiqarish fondlarining asosiy qismini tashkil qiladi. Biroq bozor iqtisodiyoti
ayniqsa, barcha resurslar taqchilligi sharoitlarida ishlab chiqarish zahiralarining 
haddan tashqari oshirib yuborilishi korxona iqtisodiyotiga salbiy ta’sir qilishidan 
tashqari, resurslarni “bog‘lab” qo‘yadi hamda ularning yo‘qotilishiga olib keladi. 
Shu sababli aylanma mablag‘lar hajmini optimallashtirish va ularni mahsulot ishlab 
chiqarish dasturlariga mos holga keltirish korxonaning tejamkorlik rejimida faoliyat 
yuritishi katta ahamiyatga ega bo‘ladi. 
7.1 -chizma. Korxona aylanma mablag‘larining namunaviy tuzilmasi. 
Iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi korxonalarning aylanma mablag‘lari 
ishlab chiqarishning texnologik tashkil etish xususiyatlariga ko‘ra, bir-biridan farq 
qiladi. Bu xususiyatlarning xarakteri ishlab chiqarilayotgan mahsulot turi va 
Xom ashyo va asosiy 
materiallar
(28%) 

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin