106
Kadrlar attestatsiyasi – bu xodimlarning
malakasini bilim va
ko‘nikmalarining darajasini,
faoliyatining samaradorligini, ishdagi, xizmatdagi va
boshqa
sohalardagi fazilatlari, egallab turgan lavozimiga to‘g‘ri kelishi yoki
kelmasligini aniqlab olish bo‘yicha bajariladigan jarayon va ish tartibidir.
Attestatsiya ishining ahamiyati nimadan iborat?
Kadrlar attestatsiyasi xodimlarning sifat tarkibini yaxshilash, ularni oqilona
joy-joyiga qo‘yish, xodimlarni topshirilgan ish uchun javobgarligini kuchaytirishga
qaratiladi. Attestatsiya xodimlarni egallab turgan lavozimlariga qanchalik munosib
ekanligini aniqlashning asosiy vositasi sifatida xizmat qiladi. Kadrlar attestatsiyasi
vaqti-vaqti bilan xar yili yoki ikki-uch yilda bir marta ham o‘tkazilishi mumkin.
Respublikada bozor iqtisodiyoti davrida kadrlar tayyorlash borasida bir qator
yangi talablar yuzaga keldi. Ular ichida eng muhimlari quyidagilardan iborat:
- ijtimoiy-psixologik diagnostika;
-
kadrlarni boshqarish tizimini axborot bilan ta’minlash;
-
bandlikni boshqarish;
- zaruriy bo‘sh lavozimlarga nomzodlar tanlash;
- kadrlar salohiyati va xodimlarga bo‘lgan ehtiyojlarni tahlil etish;
- kadrlar marketingini belgilash;
- xizmat martabasini rejalashtirish va nazorat qilish;
- xodimlarning kasbiy va psixologik moslashuvi, ko‘nikishi;
- mehnat-huquqiy munosabatlar masalalari;
- mehnat etikasi va estetikasi.
Agar ma’muriy – buyruqbozlik tizimi sharoitida bu mezon va vazifalarga
ikkinchi darajali deb qaralgan bo‘lsa, bozor munosabatlari sharoitida ular birinchi
o‘ringa chiqarildi. Bu mezon va vazifalarga e’tibor berish qurilish taraqqiyotining
barqaror va izchil rivojlanishiga katta imkoniyatlar yaratib beradi.
Boshqaruvning barcha darajalarida inson rolining ortib borishi, iqtisodiyotda,
shu jumladan, qurilishda keng qamrovli tarkibiy o‘zgarishlar sodir bo‘lishi va
raqobat darajasining o‘sishi kadrlarning boshqarishga yondoshuvini o‘zgartirishni
taqozo etadi. Bunday yondoshuvlar quyidagilardan iborat:
107
- xodimlarning samarali ishlashlarini, faoliyat ko‘rsatishlarini tashkil etish;
- lavozimlar darajasini optimallashtirish, zaruriy mahorat va malakalar tizimini
yaratish;
- ishlab chiqarish madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish;
- institutsional maqsadlarga erishish;
-
o‘z jamoa va o‘z xodimlarining manfaat va ehtiyojlarini to‘laroq qondirish.
Dostları ilə paylaş: