Qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarining iqtisodiyoti



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/73
tarix24.06.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#134822
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   73
Qurish materiallari ishlab chiqarish korxonalarining iqtisodiyoti

1. Takror hosil qilish funksiyasi. U xodimlarni, shuningdek, ularning oila 
a’zolari ish kuchini takror hosil qilish, avlodlarni qayta ko‘paytirish uchun zarur 
bo‘lgan hayotiy ne’matlar bilan ta’minlashdan iborat. Unda ehtiyojlarning ortib 
borishidan iborat iqtisodiy qonun o‘z ifodasini topadi. Mazkur funksiya ish haqining 
davlat tomonidan tartibga solinishi xususiyatlari, ish haqining ish kuchini takror 
hosil qilishni ta’min etadigan miqdorini qonuniy darajada belgilash bilan 
mustahkam bog‘liqdir.


109 
2. Rag‘batlantiruvchi funksiya. Uning mohiyati xodimning ish haqi uning 
quyidagi mehnat hissasiga, korxonaning ishlab chiqarish xo‘jalik faoliyati 
natijalariga bog‘liqligini belgilashdan iborat bo‘lib, bunda ko‘rsatib o‘tilgan 
bog‘liqlik xodimni o‘z mehnati natijalarini doimiy ravishda yaxshilab borishga 
qiziqtirishi lozim. 
3. O‘lchov - taqsimlash funksiyasi. Bu funksiya istemol fondlarini yollanma 
xodim bilan ishlab chiqarish vositalari egasi o‘rtasida taqsimlash vaqtida jonli 
mehnat o‘lchovini aks ettirish uchun mo‘ljallangan. Ish haqi vositasida ishlab 
chiqarish jarayoni har bir ishtirokchisining mehnat hissasigi muvofiq uning iste’mol 
fondidagi alohida ulushi aniqlanadi. 
4. Resurslarni joylashtirish funksiyasi. Mazkur funksiyaning hozirgi 
vaqtdagi ahamiyati jiddiy ravishda oshib bormoqda. Uning mohiyati mehnat 
resursurslarini mintaqalar, iqtisodiyot tarmoqlari va korxonalar bo‘yicha qulay 
ravishda joylashtirishdan iboratdir. Mehnat resurslarini joylashtirish sohasidagi 
davlat boshqaruvi eng kam darajaga keltirilgan sharoitda, mehnat bozorining 
samarali faoliyat ko‘rsatishini shakllantirish faqat har bir yollanma xodimda o‘z 
mehnatini sarflash joyini tanlashda erkinlik bo‘lgan taqdirdagina turmush darajasini 
oshirishga intilish, ish topish maqsadida uni boshqasi bilan almashtirishni taqozo 
qiladi, bu ish esa uning ehtiyojlarini eng ko‘p darajada qondirishi lozim.

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin