Qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarining iqtisodiyoti



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/73
tarix24.06.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#134822
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   73
Qurish materiallari ishlab chiqarish korxonalarining iqtisodiyoti

J=Ks*Kb 
bu yerda:
J- mehnat intensivligi, 
Ks - ish sur’ati koeffitsienti, 
Kb-bandlik vaqti koeffitsienti.
Ish sur’ati koeffitsienti haqiqiy ish sur’atining jismoniy jihatdan maqbul 
bo‘lgan narsaga munosabatini, bandlik koeffitsienti esa smenadagi haqiqiy bandlik 
vaqtining smena uzunligi muayyan foizga teng bo‘lgan shartli hisoblash darajasiga 
munosabatini bildiradi. Agar mazkur ish o‘rnidagi mehnat intensivligi normativdagi 
intensivlikdan farq qilsa, u holda uni pasaytirish yoki oshirish, xususan, mehnat 
normasini o‘zgartirish choralarini amalga oshirish kerak bo‘ladi. 


114 
Mutaxassislar va xizmatchilar mehnatini, shuningdek, xodimlarning ayrim 
toifalari mehnatini normalashni yaxshilash ularning ish bilan ta’minlanish 
darajasini, 
vazifalarning 
oqilona 
taqsimlanishini, 
boshqaruv 
tuzilmasini 
takomillashtirish va hozirgi zamon texnikaviy vositalarini joriy etishni tahlil qilish 
asosida amalga oshirilishi lozim. Boshqaruvning ortiqcha bo‘g‘inlarini qisqartirish 
va tartibga solish, yordamchi xizmat ko‘rsatuvchi va boshqaruv xodimlari sonini 
qisqartirish yuzasidan ish olib borish zarur. Har bir mutaxassisga ish reglamentini 
belgilab berish zarur, bu uning yil davomida kundalik ish bilan to‘liq band bo‘lishini 
ta’minlaydi. Reglament qoidalari aniq ravshan bo‘lishi mutaxassisning mazkur ish 
o‘rnidagi, ushbu lavozimdagi va tegishli malaka kategoriyasidagi ishining o‘ziga 
xos tomonlarini aks ettirishi lozim. 
Qurilish korxonalarining yangi tuzilmasini va uni boshqarish tizimlarini, 
xodimlar lavozimlari nomlarini ular haqiqatdan bajaradigan funksiyalarga muvofiq 
ravishda aniqlash sohasidagi ishlar yakunida shtat jadvalini tuzib chiqish uchun talab 
qilinadigan rahbarlar, mutaxassislar olinadi. 
Bozor munosabatlarining shakllanishi sharoitida ish haqini tashkil etish 
masalalarini mustaqil hal qilish huquqini olgan korxonalar buning uchun turli 
andoza va yondashuvlardan foydalanadilar. Biroq bu sohadagi xorijiy tajriba 
haqidagi, mehnatga haq to‘lash sohasida vatanimizda firmalar ichki andozalari 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar banki mavjud emas. Bu bank faqat endigina shakllanib 
kelmoqda, mehnat va ish haqini tashkil etish bo‘limining xodimlari odatda o‘z 
korxonalarida mehnatga haq to‘lashning eng maqbul andozalarini tanlash uchun 
yetarli bilimga ega emaslar. Ana shu sabablarga ko‘ra ko‘pchilik korxonalar, 
ayniqsa, o‘rta va yirik korxonalar an’anaviy tarif tizimidan kelmoqdalar. 
Bunday korxonalarda mehnatga haq to‘lashni tashkil etishning asosiy 
elementlari mehnatni normalash, tarif tizimi, ish haqining shakllari va tizimlaridir. 
Mehnatni normalash - bu ilmiy asoslangan mehnat xarajatlari va uning 
natijalarini vaqt normalari, soni, xizmat ko‘rsatishning boshqarilishi, mahsulot 
ishlab chiqarish normalangan topshiriqlar normalarini aniqlashdir. Bular bo‘lmasa, 


115 
mehnat miqdorini, har bir xodimning umumiy natijalarga qo‘shgan alohida hissasini 
hisobga olib bo‘lmaydi. 
Ish haqining shakllari va tizimlari –bu mehnatning miqdor natijalari va 
sifatiga (uning murakkabligi, intensivligi, shart- sharoitlariga) bog‘liq ravishda ish 
haqini belgilash mexanizmidir. 
Tarif tizimi turli normativ materiallar majmuidan iborat bo‘lib, ular 
yordamida korxonadagi xodimlar ish haqi darajasi ularning malakasi, ishlarning 
murakkabligi, mehnat sharoitlari, korxonalarning jo‘g‘rofik joyi va boshqa tarmoq 
xususiyatlariga qarab belgilanadi. Tarif tizimining asosiy elementlariga tarif 
setkalari, tarif stavkalari, tarif-malaka ma’lumotnomalari, lavozim maoshlari, 
xizmatchilar lavozimlarining tarif ma’lumotnomalari, tarif stavkalariga ustama va 
qo‘shimcha haqlar, ish haqiga doir mintaqaviy malaka koeffitsientlari kiradi. 
Tarif stavkalari – razryadlar shkalasidan iborat bo‘lib, ularning har biriga o‘z 
tarif koeffitsienti berilgan va har qanday razryadning tarif stavkasi birinchi 
razryaddan necha marta ko‘pligini ko‘rsatib turadi. Birinchi razryadning tarif 
koeffitsienti birga tengdir. Razryadlar miqdori va ularga tegishli tarif 
koeffitsentlarining miqdori korxonalarda tuziladigan jamoa shartnomasida 
belgilanadi. Jamoa shartnomasi tarif bitimi asosida ishlab chiqiladi va xodimlar 
ahvolining shartnoma shartlariga nisbatan yomonlashuvini nazarda tutmaslik lozim.
Tarif stavkasi –ish vaqti birligi hisobiga mehnatga haq to‘lashning pul bilan 
ifodalangan mutloq miqdoridir. Birinchi razryad tarif stavkasi va tarif stavkasi 
asosida shundan keyingi har bir razryadning tarif stavkasi hisoblab chiqiladi. 
Birinchi razryad tarif stavkasi korxonaning jamoa shartnomasi bilan belgilanadi va 
bir tomondan, uning moliyaviy imkoniyatlariga, ikkinchi tomondan, tarmoq 
bitimida aks ettirilgan mehnatga haq to‘lash shartlariga bog‘liq bo‘ladi. Bunda u 
belgilangan eng kam ish haqi darajasidan kam bo‘lmasligi lozim. Tarif stavkasi 
ishchilar mehnatiga haq to‘lash darajasini belgilash uchun boshlang‘ich miqdor 
hisoblanadi, bunda korxona mehnatga haq to‘lashning qanday shakllari va tizimlari 
qo‘llanilishini e’tiborga olmaydi.


116 
Tanlangan vaqt birligiga qarab tarif stavkalari soatbay, kunbay va oylik 
maoshlardan iborat bo‘ladi. Eng ko‘p tarqalgan soatbay tarif stavkalari bo‘lib, ular 
asosida turli qo‘shimcha haqlar hisoblab chiqiladi. Kundalik va oylik stavkalar 
soatbay stavkalarni ish smenasidagi soatlar soniga va oy mobaynidagi ishlangan 
o‘rtacha oylik soatlar soniga ko‘paytirishi yo‘li bilan hisoblab chiqiladi. 
Tarif-malaka ma’lumotlari normativ hujjatlardan iborat bo‘lib, ular 
yordamida ish razryadi va ishchining razryadi belgilanadi. Ularda har bir 
mutaxassislikdagi har bir razryad ishchisi nazariy va amaliy jihatdan bilishi lozim 
bo‘lgan axborot mavjud bo‘ladi. Mazkur ma’lumotnomalar uch bo‘limdan: 
«Ishlarning ta’rif-tavsifi», «Bilish kerak» va «Ishlarga doir misollar» dan tashkil 
topadi. Ilgari, 1991 yil 1 yanvardan e’tiboran kuchga kirgan «Korxonalar va 
tadbirkorlik faoliyati to‘g‘risida» gi qonun joriy qilinishiga qadar, iqtisodiyotning 
barcha 
tarmoqlarida 
foydalanish 
uchun 
majburiy 
bo‘lgan 
tarif-malaka 
ma’lumotnomalari, hozirgi vaqtda tavsiyaviy xususiyatga ega bo‘lib, faqat ulardan 
foydalanuvchi korxona uchungina normativ hujjat hisoblanadi. Malaka razryadi 
ishchiga odatda tsex yoki korxona malaka komissiyasi tomonidan beriladi.
Mehnatga haq to‘lashni tashkil etish sohasidagi an’anaviy yondashuvlardan 
foydalanuvchi korxonalar xodimlar ish haqining miqdorini belgilash uchun tarif 
setkalari, tarif stavkalari va tarif-malaka ma’lumotnomalaridan foydalanadilar. 
Bunday korxonalarda boshqaruv mehnati xodimlari hisoblanuvchi xizmatchilar 
uchun shtat-maosh tizimi tatbiq etiladi. Uning o‘ziga xos xususiyati shtat jadvalining 
tuzilishidan iborat bo‘lib, unda muayyan korxonada mavjud bo‘lgan lavozimlar 
ro‘yxati, har bir lavozim bo‘yicha xodimlar soni va maosh miqdori ko‘rsatiladi. 
Korxonaning attestatsiya (shahodat berish) komissiyasi lavozimlarining 
malaka ma’lumotnomalaridan foydalanishi asosida attestatsiya jarayonida 
xizmatchilarga malaka toifalarini beradi. Xizmatchilar lavozimlarining malaka 
ma’lumotnomasi alohida tavsiflardan tashkil topadi. Har bir malaka tavsifi uch 
bo‘limdan iborat: «Lavozim vazifalari», «Bilish kerak», «Malaka talablari». 
Tarif-malaka ma’lumotnomasi singari xizmatchilar lavozimlarining malaka 
ma’lumotnomasi tavsiyaviy xususiyatga ega bo‘lib, korxonalar ulardan ixtiyoriy 


117 
ravishda foydalanishlari, uning bo‘limlariga tuzatishlar va o‘zgarishlar kiritishlari 
mumkin. Xizmatchilarini attestatsiyadan o‘tkazib turish davriyligini korxona 
rahbariyatining o‘zi belgilaydi. 
Ma’lumki, mustaqillikka erishgandan so‘ng mehnatga haq to‘lash borasida 
anchagina o‘zgarishlar yuz berdi. 1993 yilning 1 yanvaridan boshlab ish haqining 
stavka va maoshlari yangi tarif koeffitsentlari asosida to‘lana boshlandi. Bundan 
maqsad mehnatga haq to‘lash tizimini tartibga solish, turli kasb va toifadagi 
xodimlarning ish haqlariga muayyan ob’yektiv nisbat belgilash ko‘zlangan. 1997 
yilda mehnatga haq to‘lashning yagona tarif stavkasi 0 dan 28 gacha bo‘lgan razryad 
darajalari qabul qilindi. Bu darajalar o‘rtasidagi tarif koeffitsentlarining farqi 1.00 
dan 5.83 gachani tashkil etgan edi. 
Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 18 martdagi «Mehnatga haq to‘lashning 
yagona tarif setkasini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq mehnatga 
haq to‘lashning 0 dan 22 gacha bo‘lgan razryad (daraja)lari qabul qilindi, unga ko‘ra 
razryadlar o‘rtasidagi farq 2-2,5 baravar ko‘paydi. Boshlang‘ich razryadning 550 
so‘m miqdori yagona tarif stavkasiga asos qilib olindi. Qo‘shimcha haq va 
ustamalarning amaldagi tizimi, shuningdek, xodimlar ish haqiga qo‘shiladigan 
rayon koeffitsentlari saqlab qolindi. 

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin