122
ashyolar, energiya, yoqilg‘i va hokazolarga qilingan bevosita xarajatlarni chegirib
tashlanadi. Shu bilan birga bu ko‘rsatkichdan ish xaqi, asosiy fondlarning eskirishi
va foyda chegirilmaydi. Bu yerda moddiy xarajatlar o‘zgarishi barham toptiriladi,
lekin foydanining salmog‘i va amortizatsiyaning salmog‘i ortadi.
Shuni aytish
kerakki, foydaning turlichaligi mamlakatimiz xalq xo‘jaligi uchun xos bo‘lib, u
shurolar xukmronligi davrida markazlashgan rejalashtirish doirasida rivojlanib
kelgan edi
2
. Unda foyda va qiymatning o‘rtacha normasi bo‘yicha mavjud bo‘lgan
tenglamaga amal qilmas edi. Ko‘pgina xorijiy mamlakatlarda olingan foyda darajasi
muhim farklar yo‘qligi tufayli sof mahsulot usulini mahsulot hajmlari va mehnat
unumdorligini aniqlash uchun batamom maqbul deb hisoblaydilar.
Mehnat unumdorligi o‘zgarishining omillari va shart-sharoitlari
Mehnat unumdorligi — rivojlanib boruvchi ko‘rsatkichdir. U ko‘pgina sabablar
va omillar ta’sirida doimiy ravishda o‘zgarib turadi. Ulardan bir xillari mehnat
unumdorligi
oshishiga yordam bersa, boshkalari uni pasaytirishga sabab bo‘lishi
mumkin. Bundan tashkari, mehnat unumdorligi darajasi va o‘sishiga mehnat jarayoni
kechadigan sharoit ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shartsharoitlar qulay bo‘lsa, u yoki
bu omilning ta’sir etishini kuchaytiradi yoki noqulay bo‘lsa, bu ta’sirni zaiflashtiradi.
Masalan, tabiiy iqlim sharoitlari korxonalardagi mehnat natijalariga va mehnat
unumdorligiga jiddiy ravishda ta’sir ko‘rsatadi. Mehnat unumdorligi darajasi va uning
dinamikasiga ko‘pgina omillar ta’sir qiladi. Omillar deb mehnat unumdorligining
o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatadigan harakatlantiruvchi kuchlar yoki sabablarga aytiladi.
Ulardan ayrimlari mehnat unumdorligining ortishiga yordam bersa,
boshqalari
unumdorlikning pasayishiga sabab bo‘lishi mumkin. Omillarning birinchi guruhiga
mehnat vositalari samarasining ortishi, mehnat va ishlab chiqarishni tashkil etish va
mehnatkashlar ijtimoiy guruhlari sharoitining yaxshilanishi bilan bog‘liq bo‘lgan
barcha
tadbirlar kiradi; ikkinchi guruhi — tabiiy sharoitlarning noqulay ta’sir
ko‘rsatishi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi kamchiliklar, ijtimoiy
sharoitdagi salbiy elementlarning ta’sir ko‘rsatishini o‘z ichiga oladi. Ayrim korxona
yoki tashkilot darajasidagi omillarni qarab chiqqanda,
ularning hammasini ichki va
2
Karimov I.A. O‘z kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan qurmoqdamiz. Т.7, «O‘zbekiston», 2001.
123
tashqi omillarga bo‘lish mumkin.
Dostları ilə paylaş: