140
Boshqaruv bo‘gʼinlari - bu bitta yoki bir-qancha
vazifalarni bajaruvch
mustaqil tarkibiy unsurlardir.
Boshqaruv ob’yekti - bu boshqaruv sub’yektining ta’sir o‘tkazish (boshqaruv
ta’siri) ob’yekti bo‘lib, huquqiy va jismoniy shaxslar, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar,
ishlab chiqarish va xo‘jalik tizimlari boshqaruv ob’yekti bo‘la oladi.
Boshqaruv sub’yekti - bu jismoniy yoki yuridik shaxs bo‘lib, hukumat
organlari tomonidan va amaldagi qonunchilik bo‘yicha berilgan vakolatlar bo‘yicha
ta’sir o‘tkazish imkonitiga ega bo‘ladi.
Buyurtmachi - texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqishdan boshlab obʼyektni
foydalanishga topshirish yoki obʼyektning ishlab chiqarish quvvatiga chiqishigacha
bo‘lgan muddatda obʼyekt qurilishining tashkilotchisi
va boshqaruvchisi
funksiyalarini qabul qilgan huquqiy yoki jismoniy shaxs.
Eskirishni qayta tiklash qiymati - asosiy
fondlarning bugungi kundagi
inflyatsiya, qayta baholash va hokazolarni hisobga olgan holda hisoblangan
qiymati.
Investor - obʼyekt qurilishini moliyalashtirishni xususiy yoki qarz mablagʼlar
hisobiga amalga oshiruvchi investitsiya faoliyati subʼekti.
Iqtisodiy jihatdan yagonaligi – korxonaning barcha bo‘linmalari yagona
ishlab chiqarish rejasi asosida harakatlanishi, umumiy moddiy, texnik va moliyaviy
resurslarga, umumiy hisob raqami, tugallangan hisobga olish va hisobot topshirish
tizimiga, korxonaning ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyatining
umumiy iqtisodiy
natijalariga – daromadga,
rentabellik, banklar va iste’molchilar bilan umumiy
moliyaviy munosabatlarga ega ekanligi bilan belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: