141
Ishlab chiqarish – bu mahsulot yaratish jarayoni bo‘lib, jamoatchilikning
yashashi va rivojlanishi uchun zarur.
Ishlab chiqarish fondlari sig‘imi - ishlab chiqarish fondlari o‘rtacha
yillik
qiymatini mahsulot hajmiga bo‘lish orqali aniqlanadi.
Ishlab chiqarish jarayoni- bu moddiy boyliklar va ishlab chiqarish
munosabatlarining beto‘xtov hosil bo‘lib turish jarayonidir.
Ishlab chiqarish jarayonidagi aylanma fondlar - bu avvalo tugallanmagan
ishlab chiqarish (qurilish) va kelgusi davr harajatlaridir (vaqtinchalik
bino va
inshootlar qurishga, asbob-uskunalarni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish, sinovlar
o‘tkazish va hokazolarga sarflanadigan harajatlar).
Ishlab chiqarish quvvati - berilgan mashina va asbob-uskunalar,
texnologiyalar va ishlab chiqarishni tashkil qilish
uslubida mahsulot ishlab
chiqarishning maksimal hajmi.
Ishlab chiqarish salohiyati - bu korxona, tashkilot
va butun tarmoqning
berilgan resurslar asosida u yoki bu hajmdagi mahsulot ishlab chiqarish imkoniyati
yoki qobiliyatidir.
Ishlab chiqarish siklining davri- bu bir dona yoki bir partiya mahsulotni
tayyorlash uchun ketadigan davrning boshlanishi
va tugashi orasidagi vaqtga
aytiladi.
Ishlab chiqarish vositalari qaytimi - mahsulot hajmini ishlab chiqarish
fondlari o‘rtacha yillik qiymatiga bo‘lish orqali aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: