144
Mehnatga haq to‘lashning jamoa (brigada) ishbay tizimi shunday tizimki,
unda ishchilarning maoshi ishlab chiqarish brigadasi bajargan ish hajmiga (mahsulot
soniga) muvofiq hisoblab chiqariladi.
Muomala fondlari korxonaning tayyor mahsulot
zahirasini yaratish uchun
mo‘ljallangan pul mablag‘lari, shuningdek,
aksiyadorlarning qarzlari, turli xil
debitorlik qarzlari, bank va kassalarning hisob raqamlaridagi mablag‘lardan iborat
bo‘ladi.
Mutaxassislik – bu ma’lum bir yoki bir necha turdagi ishlarni amalga oshirish
uchun insonga zarur bo‘lgan bilimlar va malakalar yig‘indisi.
Nazorat bu – faoliyatning joriy ko‘rsatkichlari va o‘rganilgan
masala va
dasturlarning mos kelish darajasini aniqlash.
Noishlab chiqarish asosiy fondlari - korxona
asosiy fondlarining ishlab
chiqarishda bevosita ishtirok etmaydigan qismi bo‘lib, shu sababli o‘z qiymatini
tayyor mahsulotga o‘tkazmaydi.
Normalashtirilmaydigan aylanma mablag‘lar, bu –
haridorlarga berib
yuborilgan tayyor mahsulot yoki tovarlar, hisob raqamidagi pul mablag‘laridir.
Oddiy ishbay haq to‘lashda ishchining maoshi tayyorlangan mahsulot
(bajarilgan ish) birligiga to‘lanadigan haq miqdoridan iborat bo‘lgan
ishbay
rastsenkaga va ana shu mahsulot miqdoriga bog‘liq bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: