146
Tarmoq investitsiya siyosati deganda, mamlakat iqtisodiyoti va
mudofaasining rivojlanishiga imkon
beruvchi ustuvor tarmoqlar, sanoat
mahsulotlarini
eksport qilish, import tovarlar urnini bosuvchi ishlab chiqarishni
rivojlantirish, ilmiy-texnik tarakkiyotni investitsion qo‘llab-quvvatlash tushuniladi.
Tartiblash - qurilish sanoati korxonalari va
tashkilotlari faoliyatidagi
chetlanishlarni yo‘qotish jarayoni.
Tashkillashtirish – boshqaruvchi va boshqariluvchi tizim elementlarini
asoslash va tanlab olish, shuningdek ular orasida mutanosiblikni o‘rnatish.
Tayyor qurilish mahsuloti - bu qurilgan va buyurtmachiga belgilangan
tartibda topshirilgan asosiy fondlar va ishlab chiqarish quvvatlaridir (korxonalar,
elektrostantsiyalar,
shaxtalar, uylar, maktablar, shifoxonalar
v boshqa ishlab
chiqarish hamda noishlab chiqarish obʼyektlari).
Tizim – bu bir butunlikni tashkil qiladiki o‘zaro bog‘liq bo‘lgan elementlarning
tartiblangan kompleksidir.
Dostları ilə paylaş: