Qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarining iqtisodiyoti


Tugallanmagan ishlab chiqarish va korxonada tayyorlangan yarim tayyor



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/73
tarix24.06.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#134822
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73
Qurish materiallari ishlab chiqarish korxonalarining iqtisodiyoti

Tugallanmagan ishlab chiqarish va korxonada tayyorlangan yarim tayyor 
mahsulotlar – bu, ishlab chiqarish jarayonida foydalanishga topshirilgan hamda 
ishlov berish va yig‘uv jarayonida bo‘lgan, lekin ishlab chiqarish jarayoni to‘liq 
tugallanmagan hamda ushbu korxonada keyinchalik ishlov berilishi lozim bo‘lgan 
mehnat predmetlari.  
 Tugallanmagan 
qurilish 

bu 
tugallanmagan 
va 
foydalanishga 
topshirilmagan qurilish obʼyektlari bo‘yicha o‘zlashtirilgan kapital qo‘yilmalarning 
muayyan bir sanadagi holati bo‘yicha olingan hajmidir. 
Tugallanmagan qurilish ishlab chiqarishi - tugallanmagan va buyurtmachiga 
topshirilmagan obʼyektlarda (qurilishlarda) pudratchi tashkilot yoki tashkilotlar 
tomonidan bajarilgan qurilish mahsulotining qurilish-montaj ishlarining hajmini 
tavsiflovchi qismi.
Uy-joy qurilishi - yangi uy-joylarini, yotoqxonalar, yotoq korpuslari, bolalar 
uylari va qariya hamda nogʼironlar uylarini qurishdir. 
Xizmatchilar – hujjatlarni tayorlash hisob-kitob va nazorat qilish xo‘jalik 
xizmati xodimlari. 


147 
 
TESTLAR 
 
1. Qurilish kompleksining yuqori rivojlangan moddiy texnik bazasi qanday 
bo‘limlardan tashkil topadi? 
a) qurilish montaj, sanoat-ishlab chiqarish, infrastruktura bo‘limlar 
b) qishloq qurilishi, qurilish materiallari
c) sanoat-ishlab chiqarish, qishloq qurilishi
d) infrastruktura bo‘limlar, qishloq qurilishi, qurilish materiallari 
2. Ishlab chiqarish hajmiga ko‘ra qurilish korxonalari ishlab chiqarish darajasiga 
qarab, qanday korxonalarga bo‘linadilar? 
a) kichik, o‘rta, katta va eng katta 
b) mayda, o‘rta, yirik va eng yirik 
c) mayda, o‘rta va yirik 
d) A va B javoblar to‘g‘ri 
3. Masalan, yig‘ma beton va temir-beton buyum va konstruksiyalar ishlab 
chiqarishda yiliga 20-50 ming m
3
mahsulot ishlab chiqarish korxonalari qanday 
korxonalar tarkibiga kiradi?
a) mayda 
b) o‘rta 
c) yirik 
d) eng katta 
4. Qanday resurslar muayyan davr uchun takror ishlab chiqarish jarayoni 
moliyaviy natijasining miqdor ko‘rsatkichlarini ifodalaydi. 
a) Moliyaviy resurslar 
b) Tabiiy resurslar 
c) Sanoat resurslar 
d) Manaviy resurslar 
5. Korxonaning boshkarishning maqsadlarini qaysi turlarga bulib tasniflashimiz 
mumkin? 
a) amalga oshirish muddatiga kura- joriy va istikbolli 
b) axamiyat darajasiga kura – asosiy va ikinchi darajali 
c) Boshqaruv ob’yektiga kura xususiy va umumiy 
d) hamma javoblar to‘g‘ri


148 
6. ..... - ishchilar xavfsizligi va ishlab chiqarish jarayonining normal davom
etishi uchun kerakli sharoitlarni yaratish. 
a) Boshqarish
b) Nazorat qilish 
c) Xizmat ko‘rsatish 
d) A va B javoblar to‘g‘ri 
7. Korxona, tashkilot va butun tarmoqning berilgan resurslar asosida u yoki bu 
hajmdagi mahsulot ishlab chiqarish imkoniyati yoki qobiliyati bu - ... . 
a) pul muomalasi va pul aylanmasi 
b) normal boshqaruv 
c) ishlab chiqarish salohiyati 
d) tovar aylanmasi 
8. Yig‘ma beton va temir-beton buyum va konstruksiyalar ishlab chiqarishda 
yiliga 50 ming m
3
dan ko‘proq mahsulot ishlab chiqarish korxonalari qanday 
korxonalar tarkibiga kiradi?
a) yirik 
b) o‘rta 
c) mayda 
d) to‘g‘ri javob yo‘q 
9. Qurilish materiallari va buyumlarining texnologiyaliligi deb, ... 
a) ularni ishlab chiqarish texnologiyasiga muvofiqligi, ya’ni minimal harajatlar 
bilan mahsulot tayyorlash imkonini beradigan texnologik xossalari tushiniladi. 
b) ishlab chiqarish texnologiyasini kuchaytirish tushiniladi. 
c) ularnining tovar aylanmasi, ya’ni maksimalmal harajatlar bilan mahsulot 
tayyorlash imkonini beradigan texnologik xossalari tushiniladi. 
d) ularni ishlab chiqarish texnologiyasiga muvofiqligi, ya’ni maksimal harajatlar 
va xarakatlar bilan mahsulot tayyorlash imkonini beradigan texnologik xossalari 
tushiniladi. 
10. Qurilish kompleksining yuqori rivojlangan moddiy texnik bazasi nechta 
bo‘limlardan tashkil topadi? 
a) 2 ta
b) 3 ta 
c) 4 ta 
d) 5 ta 


149 
11. Agar qurilish materiallari, buyumlari va konsruksiyalarining umumiy qurilish 
texnologiyaliligini ijtimoiy mehnat harajatlari St bilan ifodalasak, u quyidagiga 
teng bo‘ladi: bu yerda,
S
3
— zavod texnologiyaliligi (tayyorlash); Str— trasport texnologiyaliligi 
(transportabellik);
Sm — montaj texnologiyaliligi (qurilish maydonchasida quyish va mantaj qilish 
texnologiyaliligi);
Se — ekspluatasiya texnologiyalilik (qo‘llanish, ta’mir va xizmat qildirishdagi 
qulaylik). 

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin