143
Korxonalarning asosiy fondlari– ishlab chiqarishga uzoqxizmat qiladigan,
o‘z natural buyum shaklini uzoq vaqt o‘zgartir-magan holda ishlab chiqarish
jarayonida bir necha bor qatnashadigan mehnat qurollari va vositalari.
Loyihalovchi – bu yurtmachi bilan tuzilgan shartnoma asosida u yoki bu
obʼyektning kelgusidagi qurilishini loyihalovchi loyihalash tashkiloti yoki shunga
o‘xshash boshqa muassasa.
Madaniy-maishiy qurilish - kommunal xo‘jalik, sogʼliqni saqlash, fan va
madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sport, ijtimoiy taʼminot, boshqarish organlari
tizimlariga qarashli yangi obʼyektlarni qurish va amal qilayotganlarini taʼmirlashdir.
Mahsulot tannarxi – mahsulot ishlab chiqarish jarayonida tabiiy resurslar,
xomashyo, material, yonilgʼi, energiya, asosiy fondlar, mehnat resurslar,
shuningdek, ishlab chiqarish va sotish harajatlaridan iborat.
Malaka – biron bir mutaxassislik va ixtisoslik bo‘yicha murakkab ishni
bajarish uchun zarur bo‘lgan bilim va ilm hamda mehnat ko‘nikmasining darajasidir.
Maʼnaviy eskirish - mashina va asbob-uskunalar qiymatining ularni ishlab
chiqarishga sarflanadigan ijtimoiy zaruriy harajatlarning kamayishi taʼsirida
kamayib borishi (maʼnaviy eskirishning birinchi shakli) yoki ularning qiymatining
yangi, ilgʼor va samarali mashina va asbob-uskunalar yaratilishi natijasida
kamayishidir (maʼnaviy eskirishning ikkinchi shakli).
Dostları ilə paylaş: