Qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarining iqtisodiyoti



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/73
tarix24.06.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#134822
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   73
Qurish materiallari ishlab chiqarish korxonalarining iqtisodiyoti

Ishlab chiqarish zahiralari - bu ishlab chiqarish jaayonining uzluksizligini 
taʼminlashga mo‘ljallangan, ammo hali ishlab chiqarish jarayoniga joriy qilinmagan 
mehnat predmetlaridir (xomashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yoqilgʼi, tayyor 
mahsulotlar omborlari yoki poligonlaridagi buyumlar va konstruktsiyalar, ehtiyot 
qismlar va boshqalar).
Ishlayotgan uskunalar - bu qancha vaqt turganligidan qat’iy nazar, (hisobot 
davrida) amalda ishlayotgan uskunalardir.


142 
Ixtisos – insonning hosil qilgan bilimlar va amaliy ko‘nikmalari majmui. 
Ixtisos kishiga hayotning moddiy va ma’naviy sohasida muayyan ishni bajarish 
imkoniyatini beradi. 
Ixtisoslashuv – ishlab chiqarishdagi jamoatchilik mehnatini bo‘linishini 
tashkil etishning shakllaridan biridir.
Jismoniy eskirish - asosiy fondlarning ekspluatatsiya jarayonida yoki bekor 
turish natijasida o‘zining dastlabki xarakteristikalarini asta-sekin yo‘qotishidir.
Joriy zahira − bu, materiallar yetkazib berish oralig‘ida ishlab chiqarishni 
moddiy resurslar bilan ta’minlash uchun zarur bo‘lgan zahiradir. 
Kadrlar (xodimlar) – bu muayyan kasbni egallash bo‘yicha tayyorgarlikni 
o‘tgan, amaliy tajriba va mehnat ko‘nikmasiga ega bo‘lgan ishlab chiqarish sohasida 
ish bilan band bo‘lgan kishilardir. 
Kadrlar 
attestatsiyasi 
– bu xodimlarning malakasini bilim va 
ko‘nikmalarining darajasini, faoliyatining samaradorligini, ishdagi, xizmatdagi va 
boshqa sohalardagi fazilatlari, egallab turgan lavozimiga to‘g‘ri kelishi yoki 
kelmasligini aniqlab olish bo‘yicha bajariladigan jarayon va ish tartibidir. 
Kelgusi davr xarajatlari - ayni paytda ishlab chiqarilayotgan, lekin 
kelajakdagi mahsulotlarga mansub bo‘lgan yangi turdagi mahsulotlarni tayyorlash 
va o‘zlashtirish xarajatlari (masalan, asbob-uskunalarni qayta rejalashtirish, 
mahsulotlarning yangi turlarini tayyorlash va loyihalashtirishga sarflanuvchi 
xarajatlar va boshqalar). 

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin