118
soniga) muvofiq hisoblab chiqariladi. Ishbay haq to‘lashning mana shu turi ishlab
chiqarish topshiriqlarini bajarish uchun bir guruh ishchilar bir vaqtning o‘zida
birgalikda kuch-g‘ayrat sarflashi kerak bo‘lganida, ya’ni brigada a’zolari o‘rtasida
doimiy ishlab chiqarish aloqasi mavjud bo‘lib, uni buzish
ish natijalariga salbiy
ta’sir ko‘rsatganida g‘oyat samarali bo‘ladi.
Hozirgi vaqtda amal qilib turgan kompensatsiya qo‘shimchalari va
ustamalarning hamma turlarini ikkita katta guruhga: mehnat faoliyati sohalari
bo‘yicha cheklanmaydigan qo‘shimchalar va ustamalarga hamda muayyan mehnat
sohalarida qo‘llanadigan qo‘shimchalar va ustamalarga ajratish zarur.
Birinchi guruhga
dam olish va bayram kunlarida ishlaganlik uchun; ish
vaqtidan tashqari ishlaganlik uchun; voyaga yetmagan xodimlarga ularning ish kuni
qisqartirilganligi munosabati bilan; o‘zlariga berilgan tarif razryadidan past ishlarni
bajarayotgan ishchilarga (ishchiga berilgan razryadga qarab uning tarif stavkasi
bilan bajarilayotgan ish bo‘yicha stavka o‘rtasidagi farq); xodim aybdor bo‘lmagan
holda ishlab chiqarish normasini bajarmaganida va
brak mahsulot tayyorlaganida;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda o‘rtacha maoshga yetkazish uchun
to‘lanadigan qo‘shimchalar; ishni bajarishning normal sharoitlaridan chekinish
munosabati bilan ishchilarga to‘lanadigan qo‘shimchalar kiradi.
Qo‘llash sohasi cheklangan qo‘shimchalar va ustamalarni o‘z navbatida uch
guruhga ajratish maqsadga muvofiqdir.
Birinchi guruh
— rag‘batlantiruvchi qo‘shimchalar. Ulardan yeng muhimlari:
kasblar (lavozimlar)ni qo‘shib bajarganlik uchun; xizmat ko‘rsatish
zonalarini
kengaytirganlik yoki bajarilayotgan ishlar hajmini ko‘paytirganlik uchun; ishga
kelmayotgan xodimning vazifalarini bajarganlik uchun; ishchilarga kasbiy mahorati
uchun; mutaxassislarga mehnatda yerishgan yuksak ko‘rsatkichlari va yuqori
malaka darajasi uchun; jahon yutuqlariga mos mahsulot salmog‘i katta bo‘lishini
ta’minlaganlik, mahsulotni yeksport qilishni ancha keng aytirganlik hamda ishlab
chiqarishning texnikaviy
darajasini oshirganlik uchun; asosiy ishidan ozod
qilinmagan ishchilar jumlasidan bo‘lgan brigada (zveno) boshliqlariga va h.k.
119
Ikkinchi guruh
— bajarilayotgan ishning alohida xususiyati bilan
(mavsumiyligi, uzoqdaligi, ish ob’yekti noaniqligi va shu kabilar bilan) bog‘liq
qo‘shimchalar; grafik bo‘yicha yakshanbaga to‘g‘ri kelgan ish kunlarida ishlaganlik
uchun; kunni kamida 2 soatlik tanaffuslar bilan qismlarga bo‘ladigan grafik bo‘yicha
ishlaganlik uchun; ko‘p smenali ish tartibi uchun; yengil avtomobillarda ishlaydigan
haydovchilarga («taksi» avtomobillaridan tashqari) normalanmagan ish kuni uchun,
shuningdek, boshqa avtomobillarda yekspeditsiyalar
va qidiruv partiyalarida
ishlaydiganlar, ko‘chib yurish sharoitida geologiya-qidiruv, bosmaxona va qidiruv
ishlarida band bo‘lganlar uchun va h.k.
Uchinchi guruh
— normal mehnat sharoitidan farq qiladigan sharoitlar uchun
qo‘shimchalar: ishchilar, ustalar, uchastka va tsex boshliqlari, boshqa mutaxassislar
va xizmatchilarga og‘ir (zararli) va o‘ta og‘ir (o‘ta zararli) mehnat sharoitlarida
ishlaganligi uchun — ular ishchilarning yarmidan ko‘prog‘i noqulay mehnat
sharoitlari uchun qo‘shimcha haq oladigan uchastkalarda,
tsexlarda va ishlab
chiqarishlarda doimiy band bo‘lganlarida (ish vaqtining kamida 50 foizi); konveyer,
potok va avtomat liniyalardagi ishchilarga mehnatning intensivligi uchun; shaxta va
razrezlarning mexanizatsiyalashtirilgan zaboylaridagi yuqori unumli brigadalarning
ishchilariga mehnat intensivligi uchun; tungi vaqtda ishlaganlik uchun;
metropolitenlarning tonnellarida va yer osti hududlarida faqat tungi vaqtda ishlar
bajarganlik uchun; ayrim qurilish ob’yektlarida va favqulodda vaziyatlar tug‘ilishi
mumkin bo‘lgan joylarda oshirilgan tarif stavkalari va mansab okladlarini qo‘llash
va h.k.
Dostları ilə paylaş: