Diplomatik nutqning til xususuiyatlari



Yüklə 254,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix25.06.2023
ölçüsü254,79 Kb.
#135024
  1   2   3
diplomatik-nutqning-til-xususuiyatlari



Diplomatik nutqning til xususuiyatlari 
 
Shahlo Jamolovna Sobirova 
Sobirovasahlo23@gmail.com 
 
Annotatsiya: Ushbu maqolada diplomatiya va siyosiy leksik birliklarni ingliz 
va o’zbek tillarida tadqiq qilishning o’ziga xos lingvistik ko’rinishlari haqida so’z 
boradi. Diplomatik munosabatlar va immunitetlar masalalari bo’yicha Vena 
konvensiyasi, diplomatiya va siyosiy leksik birliklarning asosiy negizi grekcha va 
lotincha so’zlar-terminlardan iborat ekanligi, keyinchalik aynan shu tillar asosida 
paydo bo’lgan fransuz va ingliz tillariga xos sohaga oid leksika va leksik birliklarning 
xalqaro miqyosda keng qo’llanilishi, ularni tasniflash va tavsiflash, lingvistik tahlil 
qilish kabi masalalar undan joy olgan. 
Kalit so’zlar: diplomatik munosabatlar, diplomatic yozishmalar, immunitet, 
nota, memorandum, diplomatik bayonnomalar, protocol, rasmiy stil, leksik va 
morfologik xususiyatlar, qaydnomalar 
Linguistic features of diplomatic speech 
Shahlo Jamolovna Sobirova 
Sobirovasahlo23@gmail.com 
Abstract: This article deals with specific linguistic aspects of studying 
diplomacy and political lexical units in English and Uzbek languages. The Vienna 
Convention on Diplomatic Relations and Immunities states that the main basis of 
diplomatic and political lexical units consists of Greek and Latin words-terms, and 
the international lexicon and lexical units related to the field specific to French and 
English, which later appeared on the basis of these languages It includes issues such 
as their widespread use, their classification and description, and linguistic analysis. 
Keywords: diplomatic relations, diplomatic correspondence, immunity, note, 
memorandum, diplomatic reports, protocol, official style, lexical and morphological 
features, notes 
Har bir til millat milliy ma’naviyatining betakror ko’zgusi sifatida, shu xalqning 
borligi va birligi belgisi sifatida o’rganiladi va o’rgatiladi. Shuning uchun har bir 
kishi o’z fikrini aniq va ravon ifodalashida tildagi uslublardan ham xabardor bo’lishi, 
kundalik so’zlashuv tilidan tashqari, rasmiy - ish yuritish tilini ham bilishi kerak.
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
March 2023 / Volume 4 Issue 3
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
923


Ish yuritishning bevosita asosini xujjatlar tashkil qiladi. Mazmunan, hajman va 
shaklan xilma-xil bo’lgan hujjatlar kata-yu kichik mehnat jamoalarining, umuman 
kishilik jamiyatining uzluksiz faoliyatini tartibga solib turadi. Zero, hujjatlar 
kechagina paydo bo’lgan narsa emas, kishilik jamiyati shakllanishi bilanoq, bu 
jamiyat a’zolari uzaro munosabatlaridagi muayyan muhim holatlarni muntazam va 
qat’iy qayd etib borishga ehtiyoj sezganlar. Ana shu ehtiyojga javob sifatida, tabiiyki, 
ilk, ibtidoiy hujjatlar yuzaga kelgan. [1.5;] 
Ma’lumki, har qanday hujjat muayyan axborotni u yoki bu tarzda ifodalash 
uchun xizmat qiladi, shunday ekan, har qanday hujjatdagi birlamchi va asosiy unsur 
bu tildir. Rasmiy hujjatlar tili ham ma’lum davrda faqat hukmron bo’lgan qatag’on 
davrning tilida yuritildi. O’zbek tili Davlat tili maqomiga ega bo’lgach, rasmiy 
hujjatlar tili ham o’zgardi. Hozigi kunda o’zbek hujjatchiligini takomilashtirish, 
ularning sof o’zbek tilidagi yagona andozalarini yaratish, bular bilan bog’liq 
atamalarning bir xilligiga erishish borasida ish olib borish dolzarb muammolardandir.
Rasmiy uslubda adabiy me’yorga qat’iy rioya qilinadi, shevaga xos so’zlar, 
jargonlar, har xil stilistik bo’yoqqa ega bo’lgan so’zlar ishlatilmaydi. Jumlalar ham 
inversiyasiz bo’lishi lozim. Gaplarda ta’sirclianlik bo’lmaydi. Bu uslubda yoziladigan 
ayrim hujjatlar shtampga o’xshash maxsus tartib va shakl bilan yoziladi. Masalan, 
rasmiy xatlar, ariza, tushuntirish xati, bildirgi, ma’lumotnomalar, qarorlarni ko’rsatish 
mumkin. Agar pul, buyum miqdori ko’rsatilishi lozim bo’lsa, oldin raqam bilan, 
so’ng qavs ichida harflarbilan yoziladi. 
Hujjatlarda fikr aniq, qisqa, lo’nda (ravon) bayon qilinishi lozim. Bunda 
xatboshi (abzas)ning o’mi muhimdir. Har bir yangi, alohida fikr xatboshi bilan 
ajratilishi, bir xatboshi bilan ikkinchi xatboshi o’rtasidagi matn to’rt-besh jumladan 
oshmasligi me’yorga mosdir. 
Diplomatik hujjatlar shakli va so’z qo’llanishi jihatidan o’ziga xos ko’rinishga 
ega. Ularni yozishda hujjatning qay shaklda bo’lisliiga e’tibor berish muhimdir. 
Ma’lumki, diplomatik yozishmalar bir davlatdagi oddiy korxonalar yoki tashkilotlar 
orasida bo’lmaydi. Ular boshqa-boshqa davlatlar o’rtasida bo’lgani uchun hujjat 
yuborilayotgan mamlakat an’analari hisobga olinadi. U yoki bu davlatga hujjatning 
qaysi turi yuborilayotgan bo’lsa, xuddi shu turi bilan javob qaytariladi.Diplomatik 
hujjatlarga bayonot, rasmiy nota vaxatlar, ilovaxatlar, yarimrasmiy shaxsiy xatlar, 
diplomatik protokol - qaydnomalar, memorandumlar va boshqalar kiradi. 
Diplomatik yozishmalarda hujjat yuborilayotgan mamlakatning nomlanishida, 
shaxsning ismi-sharifi va lavozimini yozishda, unga qilinayotgan murojaat 
ifodalarida xatoga yo’l qo’yilishi mumkin emas. Chunki xatolar bepisandlik, 
hurmatsizlik sanaladi. Bu hujjatlar tashqi ko’rmish jihatidan ham nuqsonsiz bo’lishi, 
fikr aniq, to’g’ri, mantiqiy, izcliil, asosli va ikkinchi tomonning xususiyatlarini 
hisobga olgan holda bayon etilishi zarur. 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
March 2023 / Volume 4 Issue 3
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
924


Diplomatik yozishma - turli rasmiy xat-xabarlar va diplomatik tusdagi hujjatlar 
majmui. Davlatlar oʻrtasidagi munosabatlarni yuritish vositasi, davlat tashqi siyosiy 
va diplomatik faoliyatining asosiy shakllaridan biri. Davlatlar oʻrtasida yozishma 
tarzidagi muomala davlat, hukumat boshligʻi, tashqi ishlar idorasi, turli davlat va 
jamoat tashkilotlari hamda muassasalari yoki ularning boshliqlari, diplomatik vakillar 
va ayrim diplomatlar nomidan yoʻlga qoʻyib turiladi. Maktublar, telegrammalar, 
xatlar, nota orqali yozishmalar, shuningdek, deklaratsiya, bayonot, chaqiriq, axborot 
agentlarining xabarlari Diplomatik yozishmalar turlari hisoblanadi. Diplomatik 
yozishmalarda xalqaro hayot va tashqi siyosat, davlatlararo ikki tomonlama yoki koʻp 
tomonlama munosabat masalalari yoritiladi. Mazkur hujjatlarni tayyorlash davlat va 
unga tegishli muassasalar diplomatik faoliyatining muhim sohasi sanaladi. 
Diplomatik yozishmalarni diplomatik kuryerlar ko’rsatilgan manzilga yetkazib 
beradi.
Diplomatik va tijorat yozishmalari - hujjat turlari orasida eng yoshi va ayni 
paytda eng qadimiysi hisoblanadi. Chunki Oʼzbekiston mustaqil davlat sifatida tan 
olinganidan keyingina shunday hujatlarni oʼzbek tilida yozish masalasi koʼtarildi, 
bunga esa hali koʼp vaqt boʼlgani yoʼq. 
Diplomatik yozishmalarda hujjat turini uning mazmunidan kelib chiqqan holda 
toʼgʼri tanlash va yozish qonun-qoidalariga toʼla va aniq amal qilish, hujjat 
yoʼllanayotgan mamlakat anʼanalarini hisobga olish zarurdir. Diplomatik hujjat, 
albata, javob talab qiladi. Hujjatning qaysi turi yuborilgan boʼlsa, shu turi bilan javob 
qaytarilishi shart. Bayonotga bayonot bilan, shaxsiy hatga shaxsiy xat bilan javob 
beriladi. 
Diplomatik hujjatlarda hujjat yuborilayotgan mamlakatning nomlanishida, 
shaxsning lavozimi, ismi-sharifini yozishda, murojaat shakllarida biron-bir xatoga 
yoʼl qoʼyish mumkin emas. 
Diplomatik hujjatlar tashqi koʼrinishi jihatdan ham benuqson boʼlishi shart. Ular 
aʼlo sifatli qogʼozga bir tekis joylashtirilgan holda bexato yozilishi, hech qanday harf 
oʼchirilmasligi toʼgʼrilanmasligi, muhr oʼz oʼrnida qoʼyilishi lozim. Diplomatik 
hujjatlar davlat gerbi bilan muhrlanadi. Ular asosan davlat gerbi tasviri tushurilgan 
qogʼozga yoziladi. Diplomatik hujjatlarni pochta orqali yuborish tavsiya etilmaydi, 
ular shaxsan topshirilishi yoki kuryer (chopar) orqali yuborilishi mumkin. 
Diplomatik hujjatlarning shakli, tashqi koʼrinishi qanchalik muhim boʼlmasin, 
diqat-eʼtibor asosiy qismga, uning mazmuniga qaratilmogʼi lozim. Fikrni aniq, 
toʼgʼri, mantiqan izchil, asosli hamda ikkinchi tomonning xususiyatlarini hisobga 
olgan holda bayon etish zarur. 
Diplomatik hujjatlar oʼziga hos leksik, grammatik, morfologik va sintaktik 
xususiyatlarga ega. 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
March 2023 / Volume 4 Issue 3
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
925


-Leksik-uslubiy jihatdan diplomatik ѐzishmalar oʼz atamalar tizimiga, 
qoliplashgan turgʼun birikmalariga , sinonim, anttonimlar kabi turli ifoda vositalariga 
ega. Diplomatik yozishmalarda sinonimik qatorning koʼproq uslubiy neytral soʼzlari 
emas, balki ijobiy hissiy boʼyoqli va kitobiy uslubga xos soʼzlari koʼp qoʼllanadi. 
Chunonchi, bildiraman soʼzi oʼrnida izhor etaman va xokazo. 
-Rasmiy uslubda ushbu tur gramatik jihatdan ham oʼziga xos hususiyatlarga ega. 
Bunda kirish soʼzi va kirish birikmalar koʼp qoʼllanadi. 
-Morfologik jihatdan kishilik, oʼzlik, koʼrsatish olmoshlarining tuslanmaydigan 
feʼl shakllari ayniqsa harakat feʼllari koʼp ishlatiladi.Chunonchi ishonch bildirgaysiz, 

Yüklə 254,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin