Samarqand viloyati statistika boshqarmasi 2019-yil yanvar-may Xizmatlar sohasining rivojlanishi



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix26.06.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#135226
1   2   3   4   5   6   7
yanvar may 2019 xizmat pressreliz uz

 


SAMARQAND VILOYATI
STATISTIKA BOSHQARMASI 
2019-yil
yanvar-may 
Xizmatlar sohasining rivojlanishi 
11 
Zamonaviy bank xizmatlarini taqdim etish uchun shart-sharoitlar 
yaratish maqsadida innovatsion bank texnologiyalarini joriy etish, 
jumladan, "raqamli" banklar va ularning chakana xizmatlarni ko'rsatish, 
masofaviy bank xizmatlarini takomillashtirish va to'lov tizimini yanada 
rivojlantirishga ixtisoslashgan bo'limlarini faoliyatini tashkil etish moliyaviy 
xizmatlar jadal rivojlanishiga yordam beradi. 
Zamonaviy biznesni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoit 
hozirgi zamon infratuzilmasidan foydalanish hisoblanadi. Yirik bozorlar
Internet-savdo, xom-ashyo, komponentlar va texnologiyalarni izlash
reklama va marketing faoliyati, jarayon va texnologiyalar tizimini 
boshqarish, shuningdek raqamli tizimlarga xizmat ko'rsatish bo'yicha 
ixtisoslashtirilgan ma'lumotlar bazalari zamonaviy tashkilotning majburiy 
xususiyati hisoblanadi. 
2019-yil 
yanvar-may 
oylarida 
aloqa 
va 
axborotlashtirish 
xizmatlarining hajmi 232,5 mlrd. so'mga teng bo’ldi. O'tgan yilning mos 
davriga nisbatan ushbu turdagi xizmatlarning o'sishi 8,2 % ni tashkil etdi.
Ko'rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmidagi ulushi 5,2 % ni 
tashkil etdi. 
Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmida telekommunikatsiya 
xizmatlari (simli va mobil aloqa xizmatlari, Internet tarmog’i, yo'ldoshli 
aloqa xizmatlari va boshqalar) katta qismni egallab, uning ulushi
97,8 % ni tashkil etadi. 
Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari umumiy hajmida nashriyot 
xizmatlari 1,4 %, kompyuter dasturlashtirish, maslahat berish xizmatlari 
va boshqa yordamchi xizmatlar - 0,5 %, axborot sohasidagi xizmatlar - 
0,2 % ni tashkil etadi.



Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin