`
63
«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya
va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
ELEKTRON PULLAR VA ULARNING BUGUNGI KUNDAGI
AHAMIYATI
Abdumalikov Zafar Erkin o’g’li
Toshkent viloyati yuridik texnikum
davlat-huquqiy faoliyat yo‘nalishi 2-kurs o‘quvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7337171
Annotatsiya: mazkur maqolada elekron pullar tushunchasi, electron
pullarning o`ziga xos xususiyatlari, shuningdek, electron pullarning bugungi
kundagi ahamiyati batafsil tahlil qilingan.
Kalit so`zlar: elektron pullar, elektron savdo, virtual valyuta, emitent.
Hozirgi kunga kelib jadal sur’atlari bilan rivojlanib kelayotgan raqamli
texnologiyalar iqtisodiyotimizning barcha sohalariga birin-ketin tezlikda kirib
bormoqda. Mamlakatda mahsulot ishlab chiqarish va yetkazib berish
jarayonining rivojlanishi raqobat muhitini shakllanishi va kuchayishiga ta’sir
o‘tkazayotgan bir vaqtda, elektron savdoning rivojlanishi turli xildagi to‘lov
amaliyotlarini,
chakana
to‘lovlar
bo‘yicha
tranzaktsion
xarajatlar
qisqartirilishini, xususan, to‘lovlar amaliyotini bajarish jarayonida moliyaviy
institutlarning ishtirokini talab etmaydigan innovatsion va samarali to‘lov
vositalarining amaliyotga tatbiq etilishini taqozo etmoqda.
Barchamiz bilamizki, Oʻzbekiston Respublikasida elektron tijorat, ayniqsa,
elektron pul muomalasining huquqiy asoslarini takomillashtirish boʻyicha
amalga oshirilgan chora-tadbirlar, pandemiya tahdidlari bilan dunyoda kuchayib
borayotgan ayni iqtisodiy beqaror vaziyatda ijobiy jihatlarni namoyon etdi
hamda Oʻzbekiston Respublikasining elektron tijorat subyektlarini ham
mahalliy, ham xorijiy xizmat koʻrsatish bozorlarida savdo aloqalarining amalga
oshirilishini faollashtirishga zamin yaratdi.
Mamlakat miqyosida elektron pullar tizimini huquqiy takomillashtirish
asosiy muhim masalalardan biriga aylanib bormoqda. O‘zbekiston
Respublikasida elektron to‘lov tizimini takomillashtirish yuzasidan qator ishlar
amalga oshirilib kelinmoqda, buning namunasi sifatida “To‘lovlar va to‘lov
tizimlari to‘g’risida”gi Qonunning qabul qilinishini keltirishimiz mumkin. Qabul
qilingan Qonun yuzasidan elektron pullar muomalasi, jumladan, elektron
pullarni chiqarish, foydalanish va ularni qoplash bo‘yicha amalga oshiriladigan
faoliyat huquqiy jihatdan takomillashtirildi va joriy qilingan huquqiy hujjat bu
faoliyatning asosiy manbai sifatida xizmat qilib kelmoqda. 2019 yilning 1 noyabr
sanasida 578-son bilan qabul qilingan “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g’risida”gi
Qonuni asosida “O‘zbekiston Respublikasi hududida elektron pullarni
chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalari” ishlab chiqilib, Adliya vazirligi
`
64
Dostları ilə paylaş: |