O‘ZBEKISTONDA
FANLARARO
INNOVATSIYALAR
VA
15-
SON
ILMIY
TADQIQOTLAR
JURNALI
20.01.2023
MAKTABGACHA TA‘LIM TASHKILOTLARIDA
MUSIQA MASHG‘ULOTLARINI
TASHKIL ETISH METODIKASI.
Isroilov Abdurahim Ismoilovich
Andijon Davlat Universiteti maktabgacha ta'lim metodikasi kafedrasi
katta o'qituvchisi
Annotatsiya:
Maqolada
maktabgacha
ta‘lim
tashkilotlarida
musiqa
mashg‘ulotlarini tashkil etish va nutqiy nuqsoni bor bolalar bilan ishlash metodikasi
to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so’zlar:
maktabgacha ta‘lim tashkilotlari,
bolalar,
musiqa
mashg‘ulotlari, o’zbek xalq og’zaki ijodi, xalq o’yinlari, musiqa, raqslar.
Bugungi bolalar qayerda yashashidan qat‘iy nazar, doimiy ravishda ijtimoiy,
siyosiy, ekologik, ilmiy, texnikaviy va industrial sohalardagi o’zgarishlar bilan to’qnash
kelishlariga to’g’ri keladi. Bolaning rivojlanishi va o’sishi uzluksiz davom etadigan
jarayondir. Bu davrda uning shaxs sifatida shakllanishi, ilk bor olamni atrofidagi ashyo
va buyumlar orqali anglab, undan o’zicha ma‘no topishga intilishi, qiziqish va
hissiyotlari rivojlanishini kuzatamiz. Hayotning har bir davri, rivojlanish xususiyatlari
va ehtiyojlariga ko’ra o’ziga xos bosqichlarga ega. Bolaning o’sib, ulg’ayishida
maktabgacha bolgan davrni shular sirasiga kiritish mumkin. Bolalar ohangraboli olam
hisoblanib, juda tez o’sish, rivojlanish va o’zgarishlar ichida yashaydilar. Bu farzand
tarbiyasida aynan shu palla qanchalik ahamiyatli ekanining yana bir isbotidir.
Bolaning rivojlanishi, ruhiyati va ta‘lim-tarbiyasidagi o’ziga xos davrlar, davrlarga
monand o’zgarishlar, muammolar haqida hikoya qiladigan ushbu dastur nafaqat
tarbiyachilar, balki oilalar va ota-onalar uchun eng yaqin maslahatchi va sirdosh bo’la
oladi.
Maktabgacha ta‘lim bola shaxsini sog’lom va yetuk, shu bilan birga maktabga
tayyorlagan holda shakllantirish maqsadini ko’zlaydi. O‗zbekiston Respublikasi
«Ta‘lim to’g’risida»gi Qonunning 11-mod-dasida: «Bu ta‘lim 6-7 yoshgacha oilada,
bolalar bog’chasida va mulk shaklidan qat‘iy nazar, boshqa ta‘lim muassasalarida olib
boriladi»,- deb ta‘kidlangan. Darhaqiqat, ta‘lim-tarbiya qanchalik erta boshlansa, uning
samarasi shunchalik erta namoyon bo’ladi va insonning butun hayot tarziga ijobiy
ta‘sir qiladi.
Maktabgacha ta‘lim tizimini takomillashtirish, ta‘lim-tarbiya jarayonini
tarbiyachilar tomonidan to’g’ri tashkil etilishi, mas‘ul shaxslar tomonidan uni nazorat
qilinishining afzalligini ta‘minlash, maktabgacha yoshdagi bolalar ota-onalarining
oilada bola tarbiyasi bilan shug‗ullanishi uchun qulaylik yaratish maqsadida "Ilk
qadam" tayanch dasturi «Ta‘lim to’g’risida» gi Qonun, Kadrlar tayyorlash Milliy
dasturi, Maktabgacha ta‘lim Konsepsiyasi hamda Maktabgacha yoshdagi bolalarning
rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari asosida ishlab chiqildi.
Dostları ilə paylaş: |