O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 15- son ilmiy tadqiqotlar jurnali



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix07.07.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#136111
1   2   3   4   5
Isroilov Abdurahim Ismoilovich

O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
15-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
20.01.2023
Dastur mazmun-mohiyati bilan bolalarning psixofiziologik kamol topish 
tamoyilidan kelib chiqib, ularning atrof-olamdagi voqea-hodisa, narsalarga 
munosabati hamda turli sohalar bilan aloqa qilishlarini nazarda tutadi. Dasturda 
o’zbek xalq og’zaki ijodi, xalq o’yinlari, musiqasi, raqslari, amaliy san‘at asarlari va 
tabiatiga katta ahamiyat berilgan. Shu bilan birga dasturda boshqa xalqlarga hurmat 
hissini tarbiyalash nazarda tutilgan va bolalarni mehribonlik, go’zallik xayri-xohlikka 
o’rgatishga alohida urg’u beriladi. Dasturni amalga oshirishda bolalarning jismoniy va 
psixik sog’lig’ini mustahkamlash, harakat va gigiyenik malakalari asoslarini 
shakllantirish vazifasini bajarish muhim hisoblanadi. Dastur bolalarga valeologik 
ta‘lim berishni nazarda tutadi: bolada sog’lom turmush tarzi haqida tasavvurlar 
shakllangan bo’lishi, gigiyenik va harakat madaniyatining muhimligini anglashi, 
salomatlikni asrash, organizmni himoya qilish, o’zi va o’zgalarga vaqtida zarur yordam 
ko’rsatishni bilish kabilar bolaning shaxs madaniyati, ijtimoiy himoyalanganini 
bildiradi. 
Musiqa mashg‘ulotlarini tashkil etish metodikasi va maktabgacha ta‘limning 
kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan Davlat talablari. Maktabgacha ta‘lim 
jarayonida tarbiyalanuvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan minimal 
talablar. Musiqa mashg‘ulotlarini o‘tkazish metodikasi fanidan ta‘lim mazmunining 
minimal hajmi. Tarbiyalanuvchilarning musiqa mashg‘ulotlarida egallashi lozim 
bo‘lgan kompetensiyalari. Musiqa mashg‘ulotlari ta‘limi dasturi mazmuni, mohiyati va 
tahlili. Mashg‘ulotlar tahlili. «Ilk qadam» maktabgacha ta‘lim muassasalari uchun 
ishlab chiqilgan dastur – davlat hujjati bo‘lib, musiqa rahbarini ta‘limiy tarbiyaviy ishi, 
bolalarni barkamol tarbiyalab maktab ta‘limiga tayyorlashini nazarda tutadi. Musiqa 
mashg‘ulotlarini rejalashtirar ekan, pedagog bolalarning aqliy, jismoniy, emosional 
yuklamalarini hisobga olishi kerak va shunga ko‘ra o‘rgatiladigan repertuar va faoliyat 
turlarini ketma – ketligini to‘g‘ri tuzishi kerak. 
Har bir musiqa rahbari xar bir musiqa mashg‘ulotini qiziqarli va bolalar 
xotirasida uzoq saqlanishi uchun ko‘rgazmalardan unumli foydalanishni bilishi zarur. 
Mashg‘ulotni tashkillashda musiqa rahbari quyidagilarni yoddan chiqarmasligi kerak: 
1. mashg‘ulot bayoni, yangi qo‘shiq, raqs xarakatlari, foydalaniladigan cholg‘u 
asboblari uchun tayyorlangan ko‘rgazmalar; 
2. qismlarni bir-biriga uzviy bog‘lay olish; 
3. bolalarni qiziqtirish uchun ularning yosh xususiyatlarini e‘tiborga oligan xolda 
sodda va past ohangda muloqatda bo‘lish; 
4. texnika vositalaridan foydalana olish; 
5. musiqiy ta‘limiy va didaktik o‘yinlar yordamida bolalar bilim va ko‘nikmalarini 
mustahkamlab borish; 
6. musiqaviy harakatli o‘yinlarni atributlar va o‘yinchoqlar yordamida 
tashkillashtirish. 
Mashg‘ulotni rejalashtirishda quyidagilarga e‘tibor berishi kerak: 



Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin