PEDAGOGS
international research journal
www.pedagoglar.uz
Volume-4, Issue-1, February–2022
56
mavzusining naqadar ahamiyatli ekanligini tushuntirish.
Turkistonda jadidchilik
faoliyatini mazmun-mohiyati, ularning o’sha davr ma’rifiy-ma’naviy taraqqiyoti
jarayonida qanday o’rin tutganligi to’g’risida bilim va tasavvurlar hosil qilish. Jadidlar
faoliyati orqali ta’lim-tarbiyada milliy zamin asosi hisoblangan yo’l ona tilida o’qitish
orqali
yoshlarda vatanparvarlik, millatparvarlikni shakllantirish va shu vatan
farzandiman degan tuyg’uni rivojlantirishga ko’maklashish. Jadidlarni maorifdagi
mustamlakachilikka qarshi faoliyatini keng tarzda talabalarga yoritib berish.
Jadidlarning milliy-ma’naviy va ma’rifiy qarashlari
jamiyatni ijtimoiy
rivojlanishidagi o’rni qanday bo’lganligini yoritib berish. Talabalarga jadidlarning
teat, san’at, maorifni rivojlantirishdagi tutgan o’rnini tahlil qilib berish. Insonlarning
ma’naviy va ma’rifatsiz bo’lishi jamiyat taqdiriga katta ta’sir ko’rsatishi muqarrar
ekanligini anglatish. Har bir insonda milliy-ma’naviy tiklanishga, boshqa millatlarga
nisbatan ishonch, o’zaro xurmat tuyg’usini shakllantirish va ma’naviy
barkamol
avlodni voyaga yetkazish.
O’quv faoliyatidan kutiladigan natijalar:
keys mazmuni bilan oldindan
tanishib chiqib, tayyorgarlik ko’rish; Keys-stadining asosiy maqsadi: Turkistonda
jadidchilik harakatining vujudga
kelishi sabablarini bilish; jadidlar faoliyatida o’z
g’oyalarini amalga
oshirish yo’lidagi nuqsonlarni ko’rsatib berish; aniqlangan
kamchiliklarni bartaraf etish
yuzasidan takliflar kiritish; ko’tarilayotgan masala
yuzasidan zararli g’oya va mafkuralarga qarshi tura olish;
muammoli vazifalarni
yechishda nazariy bilimlarini qo’llash; muammoni aniqlab, uni hal qilishda yechim
topish.
Dostları ilə paylaş: