PEDAGOGS international research journal www.pedagoglar.uz
Volume-4, Issue-1, February–2022 54 Mahalliy yoshlardan davlat mahkamalarida, sanoat, tijorat sohasida ishlaydigan
mutaxassislar tayyorlash, kambag’al musulmonlarga madaniy-ma’naviy yordam
ko’rsatish masalasi qo’yildi. Bu millatning boshqa xalqlar ichiga singib ketmasligi
yo’lida ko’rilgan tadbirlar edi. Bu davrda jadidlar ijtimoiy-siyosiy kuch sifatida
ko’rindilar. Xalq ularda o’z himoyachilarini his etdi. Sirdaryo viloyatidan
Peterburgda o’tadigan Davlat dumasiga a’zolikka saylangan Abduvohidqori
Abduraufqorievga Toshkent, Chimkent va boshqa joylarning aholisidan 12
moddadan iborat talabnomani Davlat dumasiga topshirish yuklandi. Bu hujjatda
ko’pgina ijtimoiy talablar ko’rsatilgan edi. Abduvohidqori 20 fevral - 3 iyun 1907
yilda Peterburgda Sadri Maqsudiy, Muso Jorilloh, Alimardon To’pchiboshev kabi
musulmon ziyolilari bilan tanishib, musulmon fraksiyasining raisi Biglovga
Turkiston xalqi dardini yetkazdi. Biroq Abduvohidqori, oradan ko’p o’tmay,
qamoqqa olindi va Tulaga surgun qilindi. Shu tarzda, jadidchilik harakati 1906-1916
yillarda o’zining asosiy yo’lini belgilab oldi. Jadidlarning nashrlari xalqni yangi davr
boshlangani bilan tanishtirar ekan, o’zligini anglab, uyushishga chakirdi. O’lka
moddiy va ma’naviy boyliklari talanayotganini oshkor qildi. Cho’lpon she’r va
maqolalarida mustamlakachilarning asl qiyofalarini ochib tashladi. Mashhur
advokat Ubaydullaxo’ja Asadullaxo’jaev oliy o’quv yurti tashkil etish,
soliqlarni tartibga solish, bolalar tarbiyasiga jiddiy e’tibor berish masalasini bayon
qildi. Lev Tolstoy bilan fikrlashish chog’ida mashhur yozuvchini yon berishga
majbur etgan. Adabiyotdagi bunday uyg’onish, ayni vaqtda, shu davr madaniy
hayotida ham ro’y berdi. Ubaydullaxo’ja Asadullaxo’jaev chor hukumati
ma’’murlarining poraxo’rligi va zolimligini fosh etib, ayrimlarini davlat ishidan
chetlatishga erishdi. Musulmon aholisiga amaliy tarzda yordam berib, mavjud
hokimiyat qonun-qoidalarini tushuntira bordi. Jadid matbuoti o’z vakillarining
fikrlarini e’lon qilar ekan, xalqni har vaqt g’aflat uyqusidan uyg’otuvchi millat
ongining ochqichi» ekanligini namoyon etish bilan birga Turkiston xalqini hur
fikrlashga va katta siyosiy kurashga hozirlay oldi. Bu davrda erk», Turon»,
O’qituvchilar jamiyati» kabi uyushmalar paydo bo’ldi. Munavvarqori aytganidek,