Semestr: 1 Ta’lim shakli: Kunduzgi Mashg‘ulotlar shakli va semestrga ajratilgan soatlar



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/11
tarix09.07.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#136227
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Dasturlash 1 syllabus 2022-2023

DASTURLASH 1
Tuzuvchi:“Informatika asoslari” kafedrasi mudiri _______________________________________________ 
MT20 
Sinflarni yaratishda funksiyalarni qayta yuklash mexanizmidan 
unumli foydalanish. 

MT21 
Sinflarni yaratishda operatorlarni qayta yuklash mexanizmidan 
unumli foydalanish. 

MT22 
Shablon funksiyalar yaratish va ulardan foydalanish. 

MT23 
Shablon sinflar yaratish va ulardan foydalanish. 

MT24 
Shablon funksiyadarda funksiyalarni qayta yuklash mexanizmi. 

Jami 
106 
 
Ta’lim strategiyasi 
Dasturlash kursini o‘qitish ta’limning kredit tizimi asosida ma’ruza, amaliy mashg‘ulotlari, 
videoma’ruzalar, taqdimotlar, hamda mavzu bo‘yicha vazifalar va mustaqil topshiriqlarni o‘z ichiga 
oladi. Ma’ruza, amaliy ishlariga oid o‘quv materiallarida ko‘rsatilgan mavzular bo‘yicha nazariy va 
amaliy ma’lumotlar beriladi, amaliy ishlarini bajarish va natijalarni hisoblash tartibi tushuntiriladi. 
Kurs bo‘yicha qo‘yilgan o‘quv materiallari talabalar tomonidan mustaqil o‘rganiladi, testlar, amaliy 
ishlari talabalar tomonidan individual tarzda bajariladi.
Talabalar quyidagi materiallardan foydalanish imkoniga egadirlar: 

Videoma’ruzalar;

Elektron shakldagi ma’ruza matnlari; 

Har bir mavzuga doir prezentasiya slaydlari; 

Amaliyot mashg‘ulotlariga doir uslubiy ko‘rsatmalar; 

Har bir dars mavzusi yuzasidan topshiriqlar va test mashqlari; 

Elektron shakldagi darsliklar va qo‘llanmalar. 
Nazariy mashg‘ulotlar davomida, talabaga videoma’ruza orqali mavzu yuzasidan kerakli 
bo‘lgan konsepsiyalar yetkazib beriladi. Talabalarga mavzuni yanada mustahkamlashlari uchun
prezentasiyalar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari va boshqa o‘quv-uslubiy mahsulotlardan foydalanish 
bo‘yicha ko‘rsatmalar beriladi. Talabalarning mavzuni o‘zlashtirish darajasini tekshirish maqsadida, 
har bir mavzudan so‘ng test nazorati o‘tkaziladi. Talaba ushbu testlarni talab darajasida bajarsa
keyingi mavzuga o‘tishga ruxsat beriladi. 
Amaliyot mashg‘ulotlarda har bir mavzu bo‘yicha masalalarni yechish bo‘yicha materiallar, 
prezentasiyalar, ko‘rsatmalar talabalarga taqdim etiladi, shuningdek, mavzuni o‘zlashtirish darajasini 
tekshirish maqsadida topshiriqlar beriladi. Dasturlash-1 kursining har bir bo‘limi bo‘yicha talabalarga 
“Dasturlash 1 fanidan mashq uchun elektron masalalar to‘plami va uslubiy ko‘rsatmalar”da 
keltirilgan masalalarni mustaqil ishlash talab etiladi. Masalalar to‘g‘ri ishlansa keyingi mavzuga 
o‘tiladi.
Ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarining barcha mavzularini to‘la o‘zlashtirgan talabalarga 
yakuniy nazoratda ishtirok etishga ruxsat etiladi. Talaba semestr oxirida universitetga kelib, yakuniy 
nazorat topshiradi.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin