Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich


Shaxs rivojlanishining umumiy qonuniyatlari



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/226
tarix10.07.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#136289
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   226
-.-

Shaxs rivojlanishining umumiy qonuniyatlari.
Shaxsning o'zi, o'z xulq-atvori 
xususiyatlari, jamiyatdagi mavqyeini tasavvur qilish orqali hosil bo'lgan obraz- 
«Men»-obrazi deb atalib, uning qanchalik adekvatligi va reallikka yaqinligi 
insonning jamiyatdagi ijtimoiy mavqyeini belgilaydi va barkamollik mezonlari 
bo'lib hisoblanadi.
Men»-obrazining ijtimoiy pedagogik ahamiyati shundaki, u shaxs tarbiyasining 
va uning tarbiyalanganlik darajasi omillarining ahamiyatini yuksaltiradi. Shu 
nuqtai nazardan olib qaralganda, “. . .tarbiyani shaxsning o'zi va o'z sifatlari 
to'grisidagigi tasavvurlarining shakllanishi jarayonidir, deb ta'rif berish mumkin”
16

Demak, har bir inson o'zini, o'zligini qanchalik aniq va to'g'ri anglasa, tasavvur 
qilsa, unda jamiyatning axloq normalariga zid harakat qilish ehtimoli ham 
shunchalik kamayadi. 
Abdulla Avloniy o'zining «Turkiy Guliston yoxud axloq» asarida inson 
kamolotida tarbiyaning o'rnini alohida ta'kidlab, «Janobi Qaq insonlarning asl 
xilqatda iste'dod va qobiliyatli, yaxshi ila yomonni, foyda ila zararni, oq ila qorani 
ayiradigan qilib yaratgan. Lekin, bu insondagi qobiliyatni kamolga etkazmoq 
tarbiya vositasida bo'ladir. Agar bola yaxshi tarbiya topib, buzuq xulqdan saqlanib, 
go'zal xulqlarga odatlanib katta bo'lsa, baxtiyor bir inson bo'lib chiqadi. Agar 
tarbiyasiz, axloqi buzilib o'ssa, nasihatni qulog'iga olmaydigan, har xil buzuq 
ishlarni qiladigan nodon, johil bir rasvoi odam bo'lib chiqadi
17
»-deb ta'kidlaydi.
Demak, tarbiya – o‘sib kelayotgan avlodda hosil qilingan bilimlar asosida aqliy 
16
Abdullaeva Sh. Pedagogik diagnostika.-Toshkent:Moliya, 2008.-97-bet. 
17
Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yoxud axloq.-Toshkent: O‘qituvchi, 2004.-34-bet. 


49 
kamolot – dunyoqarashni, insoniy e'tiqod, burch va ma'suliyatni, jamiyatimiz 
kishilariga xos bo‘lgan axloqiy fazilatlarni yaratishdagi maqsadni ifodalaydi. 
Tarbiya bola tug‘ilgandan boshlab umrining oxirigacha oilada, tarbiya 
muassasalari, o‘quv dargohlari, mahallada, jamoatchilik ta'sirida shakllanib 
boradigan jarayondir. 
Shaxs deganda ruhiy jihatdan
taraqqiy etgan, o'z xususiyati va sifatlari 
bilan boshqalardan farq qiladigan muayyan jamiyatning a'zosi tushuniladi. Shaxs- 
ijtimoiy xayotning mahsuli.
Inson shaxs
 
sifatida oilada - ota-onalar; jamiyatda esa 
tarbiyachi-ustozlar, ijtimoiy guruhlar va turli jamoalarning ta'sirida shakllanadi. 
Jamiyat rivojlangan sari yetuk, barkamol shaxslarni tarbiyalab yetishtirish ehtiyoji 
ham ortib boradi. Odamning insonlik jinsiga mansublik fakti esa individ 
tushunchasi bilan ifodalanadi. Inson shaxsining eng xarakterli tomonlaridan biri 
uning individualligi (faqat o‘ziga xos bo‘lgan, boshqa insonlarda uchramaydigan 
xususiyat)dir

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin