Sanash tartibi:
•
Surtmaning to‘rtta chetki sohalariga immersion yog‘i
tomiziladi. Shu sohalardan birini ko‘ruv maydoniga to‘g‘rilanadi;
•
Surtmani mikroskop okulyari ostida harakatlanish, egri-
bugri chiziq bilan amalga oshiriladi. Bu leykotsitlaming har bir turini
aniq hisoblash uchun kerak. Chunki surtmada ular notekis tarqalgan
bo‘ladi: eng og‘irlari –bazofillar, eozinofillar va monotsitlar -
chetlariga yaqin, yengilrog‘lari esa limfotsitlar markazga yaqin;
•
Avval leykotsitlarning alohida turlarini farqlashni o‘rganish
kerak, donador va donasiz leykotsitlar yadrosi shakliga, donador
leykotsitlar protoplazmasidagi yadrolaming hajmi va bo‘yalishiga,
eritrotsitlarda yadro yo‘qligiga ishonch hosil qilish kerak;
•
Qog‘ozga leykotsitlaming asosiy shakllari bilan ustun
chiziladi; xar bir qo‘ruv maydonida aniqlangan kajdbiy leykotsitni
kervkli ustunga nuqta yoki chiziqcha bilan belgilanadi;
•
Hisoblash uchun o‘n bir klavishli hisoblagichdan
foydalanish qulayroq;
•
Hisoblash aniqroq bo‘lishi uchun 200 ta leykotsit sanaladi -
50 katakdan yuqori va pastki qirralari bo‘ylab, surtmaning boshida
va oxirida.
•
Qondagi leykotsit ma’lum turini foiz tarkibini aniqlash
uchun, har bir ustundagi hujayra miqdorini 2 ga bo‘lish zarur,
chunki 200 ta hujayra hisoblangan.
Rang ko‘rsatkich normada 0,85–1,05. Rang kо‘rsatkich –
gemoglobin miqdori va eritrotsitlar soni o‘rtasidagi nisbat. U
70
eritrotsitni gemoglobin bilan to‘yinish darajasini belgilaydi. Rang
ko‘rsatkichga qarab, eritrotsitlar tarkibidagi gemoglabin normal
(normoxrom), pasaygan (gipoxrom), 0,8 dan past yoki ortganligini
(giperxrom), 1,1 dan yuqoriligini aniqlash mumkin.
Qon olish texnikasi
•
Qonni maxsus rezinkali qo‘lqoplarda, aseptika qoidalarga
rioya qilib olish kerak;
•
qon chap qo‘lning 4-barmoq oxirgi falangasidan olinadi
(ayrim hollarda, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda va emizikli bolalarda
quloq yumshog‘idan yoki tovondan olinadi);
•
igna bilan teshishidan oldin o‘sha soha 70° spirtda
ho‘llangan paxtali tampon bilan artiladi;
•
teri qurishi kerak, bo‘lmasa qon yoyilib ketishi mumkin;
•
terini teshish uchun bir martalik steril igna-skarifikatordan
foydalaniladi;
•
barmoqni yon yuzasidan, 2–3 mm chuqurlikda teshish
kerak, chunki yon yuzada kapillyar to‘r ko‘p joylashgan;
•
barmoqning daktiloskopik chiziqlariga ko‘ndalang teshilsa,
qon oson va ko‘p miqdorda keladi;
•
birinchi qon tomchisi artib tashlanadi, chunki unda katta
miqdorda to‘qima suyuqligi bor;
•
qon har safar olinganidan so‘ng qoldiqlar artib tashlanadi,
keyingi qon yangi tomchidan olinadi;
•
qon olib bo‘lgandan so‘ng jarohatlangan joyga, 70° li spirt
bilan xo‘llangan spirtda steril tampon qo‘yiladi.
Gematokrit (haematokritos):
erkaklarda: 40–48 %;
ayollarda: 36–42 %.
Eritrotsitlarning umumiy hajmi (gematokrit ko‘rsatkich),
plazma va qon shaklli elementlari o‘rtasidagi foizdagi nisbati haqida
ma’lumot beradi. Bu qon kasalliklari va boshqa kasalliklarda katta
ahamiyatga ega.
|