3
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich
Mirziyoyevning: “Inson qadri uchun” – degan ezgu g‘oyani amalga
oshirishda sog‘liqni saqlash tiziminining jonkuyar tibbiyot xodimlariga
tayanamiz nomli shiori bilan bugungi kunda sog‘liqni saqlash
tizimini rivojlantirish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Vatanimizda tibbiyot sohasi rivojiga e’tibor
natijasida onalar
va bolalar o‘limi keskin kamayganini, odamlar umriga umr
qo‘shilayotganligini o‘zgacha faxr bilan aytib o‘tsak bo‘ladi. Eng
asosiysi tibbiyot sohasidagi izlanishlarning sifati va samaradorligi
ortdi. Tibbiy ta’lim sohasida mutaxassislar uchun dasturilamal bo‘lib
xizmat
qiladigan adabiyotlar, qo‘llanmalar, darsliklar yaratildi.
Bularning barchasi tibbiyot sohasini jadal rivojlantirish, davolash
jarayoni sifati va samaradorligini oshirish uchun xizmat qilmoqda.
Har bir o‘quv adabiyotining muayyan mutaxassislar uchun
qo‘llanma sifatida
taqdim etilishining zamirida, mazkur darslik
ham mutaxassislarga o‘z yo‘nalishida dasturilamal bo‘lib xizmat
qilishi maqsad bo‘lmog‘i lozim.
Mazkur o‘quv adabiyoti klinik laboratoriya usullari fani
qonuniyatlari, fan tarixi
va rivojining tendensiyasi, istiqbolli
masalalarni qamraydi hamda bo‘lg‘usi kichik tibbiyot xodimlarining
ko‘pgina klinik diagnostika laboratoriyalarida qo‘llaniladigan
usullarni bilish va ularni malakaviy interpritatsiya qilishda, kasallik
va uning belgilarini asoslash uchun zamin yaratib beradi.
Avvalo o‘quv adabiyotida asosan zamonaviy laboratoriyaning asosiy
qo‘llaniladigan usullarini va asbob uskunalarini ishlatishda malakaviy
bilimlarni o‘quvchilarga tushunarli tilda yetkazish va singdirish lozim.
O‘quv adabiyotida laboratoriyada qilinadigan reaksiya va
tahlillarning asosiy turlari interpritatsiya qilinadi va ushbu tahlillarni
kasalliklar bilan bog‘lanadi. O‘quv adabiyotining shunday tuzil-
ganligi biron reaksiyaning bajarilishi
bilan tanishishga imkon
berishdan tashqari, ayrim moddalarning tabiati hamda kelib chiqish
mexanizmini tushunishga ham yordam beradi.
4
Laboratoriyada aniqlanadigan muayyan o‘zgarishlar qaysi
kasalliklarda bo‘lishini ko‘rsatadi va bu, o‘quvchilarning tahlillarni
ko‘r-ko‘rona bajarmasliklariga, balki muayyan patologiyada
shu tahlillarni qilish maqsadga muvofiqligini
tushunishlariga va
mumkin bo‘lgan natijasini faraz qila bilishlariga yordam beradi.
Laboratoriyada o‘tkaziladigan tekshirishlarga shunday qarash
zamonaviy tibbiyot talablariga mos keladi, chunki shifokor va
laboratoriya xodimi ijodiy hamkorlikda ishlashi lozimdir.
Tibbiyotga oid terminlar va tushunchalarning o‘quv adabiyotida
izohli berilishi o‘quvchilarni mavzuni to‘liq o‘zlashtirishiga
yordam beradi.
O‘quv adabiyotining hozirgi
kundagi ahamiyati shundan
iboratki, kasalliklarga aniq va tezkor tashxis qo‘yishda laboratoriya
tekshiruvi, ayniqsa, zamonaviy laboratoriya usullaridan foydalanish
katta yordam beradi. Shu sababli o‘quv adabiyotida nafaqat tekshiruv
usullarining ahamiyati va tahlili, balki laboratoriya tekshiruvlari
o‘tkaziladigan zamonaviy uskunalar haqida ham ma’lumot berilishi
kerak. O‘quvchilar amaliy ko‘nikmalarni chuqur o‘zlashtirishlari va
mustaqil ishlashlari uchun mashg‘ulotlar zamonaviy analizatorlar
bilan jihozlangan markaziy laboratoriyalarda
ham olib borilsa
maqsadga muvofiq bo‘lishi haqida ham kerakli ma’lumotlar beriladi.
O‘quv adabiyotini yaratishdan maqsad:
– o‘quvchilarning fanga oid bilimlarini tizimli umumlashtirish
orqali shifokor-laborantga yordam berishida qator tahlillarni
bajarish uchun zarur bo‘lgan asosiy ma’lumotlar berish va nazariy
bilimlarini takomillashtirish;
– bemorga to‘g‘ri tashhis qo‘yishda biomateriallarning tarkibi,
ularning me’yorini va kasalliklarda o‘zgarishini bilish, nazariy
va amaliy mashg‘ulotlarda kasbiy mahoratni shakllantira olishga
zamin
yaratish;
– bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash orqali laborantlarning
klinik tekshiruvlarga oid bilim va amaliy tayyorgarligini ta’minlash;
– o‘quvchilarning o‘z mutaxassislik bo‘yicha integratsiyalashgan
(fanlararo bog‘liq) bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish.