Laboratoriyadagi sanitar-epidemiologik holat
va xavfsizlik texnikasi
Barcha infeksion kasalliklar qon va boshqa biologik suyuqliklar
orqali o‘tishi mumkin. Laboratoriya xodimlari uchun milliy
immunlash dasturini ishlab chiqish zarur (masalan, gepatit В ga
qarshi). Xodimlarni ham emlash tavsiya etiladi. Xodimlar har
yili tekshiruvdan o‘tib turishlari kerak. Xavfsizlik qoidalari va
shoshilinch yordam ko‘rsatish muolajalari laboratoriyada ko‘zga
ko‘rinarli joyga osib qo‘yilishi lozim. Laboratoriyani, laboratoriya
uchun ajratilgan joyni yuvib, yig‘ishtirib turadigan texnik xodimlar
ham tayyorgarlikdan o‘tgan va ularning o‘zlari uchun maxsus ishlab
chiqilgan xavfsizlik qoidalarining ko‘chirmasi bilan ta’minlangan
bo‘lishlari lozim.
10
Xavfsizlik va infeksiyalarning oldini olishning muhim
jihati shaxsiy gigiyena, himoyalovchi ust-boshdan foydalanish,
tomizgichlarni ishlatishda ehtiyot bolish, laboratoriya idishlarini
to‘g‘ri saqlash, namunalami yuqumsizlantirish va yo‘q qilishdir.
Mikroorganizmlar bo‘lishi mumkin bolgan hamma namunalar va
materiallar, shuningdek, ushbu namunalami tahlil qilish uchun
ishlatilgan asbob-anjomlar yo‘q qilinishi yoki qayta ishlatish
maqsadida yuvilishidan oldin dezinfeksiyalanishi kerak. Buning
uchun eng yaxshi usul – barcha tirik organizmlarni o‘ldiradigan
stirillashdir. Imkoni bo‘lmaganda dezinfektantlar yoki fizik usullar
yordamida yo‘q qilinadi.
Gipoxlorid yoki xloramindan foydalanib yuqumsizlantirish
1. To‘g‘ri suyultirilgan dezinfeksiyalovchi vositalardan foyda-
lanish va oldin tayyorlab qo‘yilgan eritmalar faol xossalarini
yo‘qotib qo‘yilgan bo‘lsa, ularni almashtiring.
2. Yorug‘lik ta’sirida o‘z xossalarini yo‘qotib qo‘yadigan har
qanday dezinfeksiyalovchi vositalarni qora shisha idishda yoki
qoraqog‘oz bilan o‘rab qo‘yilgan shisha idishchalarda saqlang.
3. Konsentrlangan gipoxloridni salqin joyda saqlang, chunki
xlor issiqda bug‘lanib ketadi.
4. Laboratoriyada natriy gipoxloriddan foydalaning (tarkibida,o-
datda, 5 % faol xlor bo‘ladi), chunki bu modda bakteriya va viruslar,
jumladan, OITS va gepatit В virusiga qarshi faollik ko‘rsatadi.
5. Konsentrlangan gipoxlorid eritmasini tayyorlashda ehtiyot
bo‘ling, chunki u zaharli. Ko‘z, tana terisi va o‘pkani zararlab
qo‘yishi mumkin.
6. Gipoxloridni suyultirishda qo‘lqop kiyib, himoya
ko‘zoynagini taqib oling.
7. Asboblar yoki lansetlarni dezinfeksiya qilish uchun gipoxlorid
eritmasidan foydalanish taqiqlanadi, chunki u korroziyalash
xossasiga ega.
11
8. Lansetlar, metall buyumlar va asboblami 70 % li spirt bilan
dezinfeksiya qiling.
9. Takror ishlatiladigan qo‘lqoplarni yuvib, dezinfeksiyalang.
10. Ish o‘rnini har kuni dezinfeksiya qilish, qo‘l hamda
qo‘lqoplarni yuqumsizlantirish uchun 0,1% li gipoxlori deritmasidan
foydalaning.
11. Tekshirib bo‘lingan biomateriallarni 0,25 % li gipoxlorid
eritmasida yuqumsizlantiring.
12. Barcha vaziyatlar uchun 2 % li xloramin eritmasidan
foydalaning, chunki tarkibida 25 % faol xlor bo‘ladigan kukundan
tayyorlangan eritmalar organik moddalar ta’siridan gipoxloridchalik
kuchsizlanib, faolligini yo‘qotmaydi.
13. Shisha idishlarni kechasiga, 18 soatcha muddatga,
dezinfeksiyalovchi eritmaga batamom botib turadigan qilib
solib qo‘ying. Pipetkalarni shu eritma bilan to‘ldirib, ularni ham
dezinfeksiyalovchi vositaga botirib qo‘yish kerak.
Qon olib bo‘lgandan so‘ng asbob anjomlar va tibbiyot
chiqindilari zararsizlantiradi.
• Shprislar 0,5% xlorli eritmada 3 marta yuvib zararsizlantiriladi
va alohida idishga yig‘iladi.
• Boshqa tibbiyot chiqindilari (masalan, paxta) butun plastik
paketlarga solinadi.
• Trubkalar va boshqa asboblar 10 daqiqa davomida 0,5% xlorli
eritmaga solib qo‘yiladi.
• Qo‘lqoplar 0,5% xlorli eritmada ishlov berilagandan keyin
yechiladi va alohida idishga yig‘iladi
• Qo‘lqoplar yechilgandan keyin qo‘llar yuviladi:
– Qo‘llar oqar suv tagida 10–15 sekund davomida sovun bilan
yuviladi va shaxsiy sochiq bilan quritiladi, yoki
– 3–5 ml. spirtli eritma bilan artiladi.
Siydik, najas, balg‘am olishda infeksiyalarni oldini olish
standartga muvofiq.
• Namunalar yig‘iladigan idishlar qopqoqli bo‘lishi kerak.
12
• Laboratoriya xodimlari bemorlarga quyidagi ehtiyotkorlik
choralarini tushuntiradilar:
• Namuna olishdan oldin va olib bo‘lgandan keyin qo‘llar
yuviladi.
• Namunalar idishdan tashqariga to‘kilmasligi kerak.
• Laboratoriya xodimlarida namuna olayotgan vaqtda qo‘lida
bir martalik qo‘lqop bo‘lishi kerak.
• Olingan namunalar qayta ishlaganda, saqlaganda yoki
transportirovka qilinganda to‘kilmaydigan idishga joylashtiriladi.
• Qo‘lqoplar 0,5% xlorli eritmada ishlov berilgandan keyin
yechiladi va alohida idishga yig‘iladi
• Qo‘lqoplar yechilgandan keyin qo‘llar yuviladi:
– Qo‘llar oqar suv tagida 10–15 sekund davomida sovun bilan
yuviladi va shaxsiy sochiq bilan quritiladi, yoki 3–5 ml. spirtli
eritma bilan artiladi.
Namunalarni qayta ishlash vaqtida infeksiyalarni oldini olish
standartga muvofiq.
Laboratoriya xodimlari namunalar bilan ishlash vaqtida
individual himoya vositalardan foydalanishlari kerak. Bular:
• Qo‘lqoplar;
• Xalat;
• Plastik fartuk;
• Himoya ko‘zonaklari;
• Himoya niqoblari;
• Pipetkaga suyuqlik og‘iz orqali olinmasligi kerak.
Namunalar quyida ko‘rsatilganidek zararsizlantiriladi:
• Siydik, balg‘am, qon namunalarining qoldiqlari “Yuvish
xonasi”dagi hojatxonaga ehtiyotkorlik bilan, sakratmasdan to‘kiladi.
• Namunalar uchun mo‘ljallangan idishlar, trubkalar, predmet
oynalari va boshqa materiallar 0,5% xlorli eritmaga 10 daqiqa solib
qo‘yiladi.
• Boshqa tibbiyot chiqindilari (masalan, paxta) butun plastik
paketlarga solinadi.
13
• Qo‘lqoplar 0,5% xlorli eritmada ishlov berilagandan keyin
yechiladi va alohida idishga yig‘iladi.
• Qo‘lqoplar yechilgandan keyin qo‘llar yuviladi.
Qo‘llar oqar suv tagida 10–15 sekund davomida sovun bilan
yuviladi va shaxsiy sochiq bilan quritiladi, yoki 3–5 ml. spirtli
eritma bilan artiladi.
• 0.5% xlorli eritmaga kislota, ammiak yoki ammoniydan holi
bo‘lgan yuvuvchi vosita unga quyuq bo‘lmagan, ko‘piklanuvchi
suyuqlik hosil bo‘lgunga qadar qo‘shiladi.
Yuvish uchun ishlatiladigan asboblar qayta ishlatishdan oldin
yoki saqlanishdan oldin standartga muvofiq zararsizlantiriladi.
Shvabralar, chelaklar, shyotkalar va lattalar quyidagicha
zararsizlantiriladi:
• Ishlatilgandan so‘ng ular 10 daqiqa 0,5% xlorli eritmaga yoki
boshqa tasdiqlangan dezinfeksiyalovchi eritmaga solib qo‘yiladi.
• Ishlatilgandan so‘ng yuvuvchi vositali suvda yuviladi.
• Toza suvda chayiladi.
• Saqlashdan oldin yoki qayta ishlatishdan oldin ular quritiladi.
Tibbiy chiqindilarni yig‘ish standartga muvofiq o‘tkaziladi.
Tibbiy chiqindilar (masalan paxta, doka va boshqalar):
• Tibbiy chiqindilar plastik paket bilan yuvuvchi idishga solinadi
• Idish ¾ qismga to‘lganda qopqog‘i berkitiladi va olib ketiladi.
Sanchuvchi-kesuvchi predmetlar:
• Sanchuvchi-kesuvchi predmetlar teshilmaydigan idishlarga
solinadi (qattiq kartonli korobka, qattiq plastikli idish, kichik
teshikli metallik idish)
• Idishlar ¾ qismga to‘lganda berkitilib, olib ketiladi.
• Sanchuvchi – kesuvchi predmetlar solingan idishlar qayta
ishlatilmaydi.
Dostları ilə paylaş: |