Nazorat savollari
1. Klinik laboratoriyani diagnostikadagi ahamiyati nimadan
iborat?
2. Klinik laboratoriya tekshirish usullarining turlari qanday?
14
3. Klinik laboratoriya tekshirish usullari faning rivojiga xissa
qo‘shgan olimlardan kimlarni bilasiz?
4. Klinik laboratoriyada xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni
aytib bering.
5. Laboratoriya tekshiruvlarni nazorat qilish tizimiga nimalar
kiradi?
6. Qanday kompleks laborator testlarni bilasiz?
15
SIYDIK HOSIL BO‘LISHI VA UNI KLINIK TEKSHIRISH
Siydik (urina) – tarkibida organizmdagi moddalar almashi-
nuvining oxirgi mahsulotlarini ajratuvchi, biologik suyuqlik.
Siydik buyrak koptokchalarida qon plazmasining filtratsiyasidan va
plazmadagi ko‘plab erigan moddalarning, kanalchalarda suvning
qayta qo‘rilishidan hosil bo‘ladi.
Siydik hosil bo‘lish mexanizmi
I bosqich – qon plazmasining nefronning kapillyar
koptokchalarida so‘rilishi va utrafiltrat hosil bo‘lishi.
II bosqich – nefron kanallarida suv, ionlar, glyukoza va
boshqa moddalar reabsorbsiyasi, siydik kislota, N+-ionlari va h.k.
sekretsiyasi.
Siydikni tekshirish tashxis qo‘yish va kasallik kechishini
kuzatish uchun kerak. Buyrak va siydik yo‘llarida kechuvchi turli xil
patologik jarayonlar siydik xossalarida namoyon bo‘ladi. Bundan
tashqari, organizm jarohatlanganda, almashinuvning turli qoldiq
mahsulotlari qonga tushadi, buyraklar bilan ajralib, siydik orqali
chiqariladi. Ularning aniqlanilishi muhim diagnostik ahamiyatga ega.
Siydikni tekshirish fizik xususiyatlari, kimyoviy tarkibini
aniqlash va siydik cho‘kmasini mikroskopik o‘rganishdan iborat.
Siydikning fizik xususiyatlari
Miqdori. Oddiy, aralash ovqatlanishdagi, katta odamda,
siydikning sutkalik miqdori – sutkalik diurez (diuresis) 800–1500
ml atrofida tebranib turadi. Bolalarda 2–3ml/tv ga soatiga to‘g‘ri
keladi. Sutkalik diurezni aniqlash uchun, sutka davomida qabul
qilinayotgan suyuqlik miqdori va siydik miqdori taqqoslanadi.
Normada qabul qilinayotgan suyuqlik hajmidan 60–80% i chiqariladi.
Poliuriya (polyuria) – sutkalik siydik miqdorining ortishi
(sutkada 2000 mldan ortiq). Fiziologik poliuriya: ko‘p suyuqlik
qabul qilish, nerv qo‘zg‘alishlari.
16
•
Patologiyada quyidagi holatlarda kuzatiladi:
• shishlar, transsudat, ekssudatlar tarqaganda;
• surunkali buyrak yetishmovchiligi (SBE);
• o‘tkir buyrak yetishmovchiligi tuzalayotganida (O‘BE),
• O‘BE ning poliurik bosqichida;
• qandsiz diabetda (4–6 l va undan ko‘p), gipofizning
kanalchalardagi reabsorbsiyani rag‘batlantiruvchi antidiuretik
gormoni ta’siri kamayadi.
•
osmotik poliuriyada, birlamchi siydikdagi yuqori osmotik
bosim, kanalchalarda suvning reabsorbsiyasiga to‘sqinlik qiladi
(qandli diabet, natriy tuzlari, aminokislotalar, glyukoza, mochevina,
mannitol ta’sirida);
•
amiloidoz, sarkoidoz, mielom kasalligida (SBE ga olib
keluvchi nefropatiya rivojlanganda);
•
ba’zi dori preparatlari ta’sirida (diuretik, kofein, angishvona
preparatlari, etanol, atsetilsalitsil kislota, litiy, gipoglikemik preparatlar).
Oliguriya (oliguria) – siydikning sutkalik miqdorining
kamayishi (sutkada 500 ml dan kam).
Fiziologik:
•
suyuqlik rejimini cheklash;
•
issiq havoda yoki jismoniy zo‘riqishda ter orqali suyuqlik
ajralishining ortishi.
Patologiyada oliguriya kuzatiladi:
•
yurak dekompensatsiyasida;
•
buyrakdan tashqari yo‘llar bilan suyuqlik yo‘qotilganda
(harorat reaksiyalarda ter bilan, profuz ich ketishlar, kuyish, qusish,
qon ketish);
•
shok, kollapsda;
•
buyraklar shikastlanishida: o‘tkir nefritda (sutkalik diurez
200–300 ml gacha kamayishi mumkin), nefrotik sindrom shish
fazasida, O‘BE da (gemolitik, toksik buyrak va h.k.);
•
nefrotoksik moddalar ta’siri (qo‘rg‘oshin, margimush,
vismut, etilenglikol).
17
Anuriya (anuria) – siydik ajralishining butunlay to‘xtashi
(sutkada 200 ml dan kam):
•
o‘tkir buyrak yetishmovchiligining erta, asosiy klinik belgisi.
Quyidagi hollarda ham kuzatilishi mumkin:
•
nefritning o‘tkir shakllari;
•
yurak yetishmovchiligining terminal bosqichida;
•
o‘tkir qon yo‘qotishda;
•
to‘xtamasdan qayt qilish;
•
siydik yo‘llariga tosh tiqilganda, siydik yo‘llari o‘smalar
bilan bosilganda (bachadon, siydik pufagi saratoni).
Ishuriya (ischuria) - erkin siydik ajratolmasdan, siydik pufagida
siydikning ushlab qolinishi.
Kuzatiladi:
•
prostatit bezi kasalliklari (adenoma, rak);
•
prostatit;
•
paraproktit;
•
MNS ning qator funksional va organik zararlanishlari;
•
qorin bo‘shlig‘idagi va kichik chanoqdagi ba’zi o‘tkir
xirurgik holatlar, skelet mushaklari shikastlanishlarida siydik
pufagining nerv-mushak apparatining zararlanishi;
•
narkotik, atropin, ganglioblokatlar qabul qilinganda.
Sutkalik diurez kunduzgi va kechkiga bo‘linadi. Kunduzgi diurez-
ning kechki diurezga nisbati sog‘lom odamda 3:1 yoki 4:l ni tashkil etadi.
Nikturiya (nycturia) – kechki diurezni kunduzgidan ko‘payishi:
•
turli xil buyrak kasalliklarining simptomlaridan biri
hisoblanadi;
•
prostata bezi gipertrofiyasi;
•
qandsiz diabetda kuzatiladi.
Siydik ajratish chastotasi
Normada siydik ajratish chastotasi sutkada 4–5 marta.
Pollakiuriya (pollakiuria) – tez-tez siyish, ko‘p suyuqlik qabul
qilinganda, siydik ajratish a’zolarida yallig‘lanish jarayonlarida
kuzatiladi.
18
Olakiuriya (olakiuria) – kam siyish, cheklangan miqdorda
suyuqlik qabul qilinganda va nerv-reflektor o‘zgarishlarda kuzatiladi.
Dizuriya (dysuria) – siydik ajratish buzilishi, yuqoridagi
buzilishlarni (siydik hajmining, chastotasining o‘zgarishi)
umumlashtiruvchi, og‘riqlar bilan kechuvchi simtomo kompleks.
Turli siydik yo‘llari, jinsiy yo‘llar yallig‘lanish kasalliklarida: sistit,
uretrit, pielonefrit, buyraklar sili.
Stranguriya (stranguria) – og‘riqli siyish.
Siydikning nisbiy zichligi 1,018–1,026 (ertalabki siydikda).
Sog‘lom odamda sutka davomida siydikning nisbiy zichligi 1,010
dan 1,020 gacha tebranib turadi. Ertalabki (eng konsentrlangan)
siydik porsiyasida normada 1,012–1,020 ga teng.
Siydikning nisbiy zichligi faqatgina erigan qismlar miqdoriga
emas, balki ularning molekulyar massasiga ham bog‘liq. Yuqori
molekulyar massali moddalar (masalan, proteinlar) nisbiy zichlikni
oshiradi, siydikning osmotik konsentratsiyasiga esa unchalik ham
ta’sir qilmaydi.
Osmotik konsentratsiya birinchi navbatda elektrolitlar va
mochevinaga qarab aniqlaniladi. Osmotik konsentratsiya mosm/1
da o‘lchanadi. Sog‘lom odamda siydikning maksimal osmotik
konsentratsiyasi 910 mosm/1 gacha yetishi mumkin (maksimal
nisbiy zichlik 1,025–1,026).
Siydikning nisbiy zichligini aniqlash katta klinik ahamiyatga
molik, chunki unda erigan moddalar konsentratsiyasi haqida
ma’lumot beradi (mochevina, siydik kislotasi, kreatinin, turli
tuzlar) va buyraklarning konsentratsion hamda eritish vazifasini
namoyon qiladi.
Giperstenuriya (hypersthenuria) – nisbiy zichlik 1,026 dan
ortishi (siydik osmotik konsentratsiyasi 910 mosm/1 dan yuqori,
ko‘pincha 1200 mosm/1 gacha ortgan) quyidagi holatlarda
kuzatiladi:
•
shishlar ko‘payishi (o‘tkir glomerulonefrit, yurak
yetishmovchiligida dimlangan buyrak va h.k.);
19
•
nefrotik sindromda (siydikda oqsil miqdori ortishi hisobiga
– 0,33 g/1 oqsil, siydik nisbiy zichligini 0,001 ga oshiradi);
•
qandli diabetda (qandli diabetning massiv glyukozuriya
bilan yaqqol namoyon bo‘lishida nisbiy zichlik 1,040–1,050ga teng
bo‘lishi mumkin);
•
mannitol yoki dekstran, rentgenkontrast moddalar yuboril ganda;
•
homiladorlar toksikozida.
Gipostenuriya (hyposthenuria) – nisbiy zichlik 1,010 dan kam:
•
buyrak kanalchalarining o‘tkir zararlanishi;
•
qandsiz diabet;
•
surunkali buyrak yetishmovchiligi;
•
yomon sifatli gipertenziya.
Izostenuriya (isosthenuria) – siydik va qon plazmasi osmotik
bosimi teng bo‘lgan holat (nisbiy zichlik 1,010–1,011, siydik
osmotik konsentratsiyasi 280–320 mosm/ldan oshmaydi), buyraklar
konsentratsion funksiyasi butunlay yo‘qolganidan dalolat beradi.
Siydik nisbiy zichligi urometr yordamida o‘lchanadi (1,000–
1,050 shkalali areometr;):
•
siydik 50 yoki 100 ml ingichka probirkaga quyiladi, ko‘pik
hosil bo‘lmasligi kerak (ko‘pik hosil bo‘lsa, filtrlangan qog‘oz
yordamida olib tashlanadi);
•
silindrga astalik bilan urometr tushiriladi va tebranishdan
to‘xtaganidan so‘ng, pastki menisk bo‘yicha nisbiy zichlik aniq laniladi
(urometr silindrda erkin suzishi va devoriga tegmasligi kerak).
Siydik rangi. Normada siydik rangi uning konsentratsiyasiga
bog‘liq va och sariqdan yantar-sariqqacha tebranib turadi.
Normal siydikning bo‘yalishi uning tarkibidagi uroxrom A va
B, urobilinoidlar, uroetrin va boshqa qon pigmentlaridan hosil
bo‘luvchi moddalarga bog‘liq.
Siydik rangi ba’zi dori preparatlari va oziq-ovqat mahsulotlari
(qizilcha, sabzi va h.k.) qabul qilganda ham o‘zgarishi mumkin.
Ba’zan siydik rangi normal bo‘lsa-da, cho‘kmalar tarkibidagi tuzlar,
shaklli elementlar, shilliqqa qarab turli xil rangga bo‘yalishi mumkin.
20
Siydik rangini aniqlash. Siydik rangi o‘tuvchan yorug‘likda,
silindrni ko‘zgacha ko‘tarib aniqlaniladi.
Tiniqligi. Normal siydik tiniq bo‘lishi kerak. Xiralashishiga
tuzlar, hujayra elementlari, shilliq, yog‘, bakteriyalar sabab
bo‘lishi mumkin. Siydikda ba’zi bir tekshiruvlami o‘tkazish uchun
(masalan, oqsil, glyukozani tekshirish), xiraligini yo‘qotish kerak.
Siydik hidi. Siydik keskin bo‘lmagan, spetsifik hidga ega.
Siydikga bakteriyalar havoda (turib qolganda) va siydik yo‘llarida
o‘tirib qolsa (og‘ir sistitlar, yemirilayotgan o‘smalar) ammiakli
hid paydo bo‘ladi. Siydikda keton tanalari bo‘lsa, o‘ziga xos hidni
oladi (mevali), chirayotgan olmalarning hidini eslatadi.
Kimyoviy tekshirish. Siydik reaksiyasi neytral yoki kuchsiz
kislotali (pH 5,0–7,0).
Siydikning nordon reksiyasi kuzatiladi (pH< 5,0):
•
fiziologik holatlarda (ko‘p go‘shtli mahsulot iste’mol
qilganda);
•
respirator va metabolik atsidozda (diabetik koma, yurak
yetishmovchiligi, O‘BE);
•
o‘tkir nefritda;
•
podagrada;
•
buyrak silida;
•
gipokaliemiyada (ionli muvozanatni saqlash uchun, N+
ionlarining sekretsiyasi ortadi);
•
askorbin kislotasi, kortikotropin, ammoniy xlorid ta’sirida.
Siydikning ishqoriy reaksyasi kuzatiladi (pH > 7,0):
•
sabzavotli dietada;
•
metabolik va respirator alkalozda (ko‘p nordon qusgandan
keyin, oshqozon shirasi kislotaligi ortganda, shishlar so‘rilayotgan
vaqtda);
•
siydik yo‘llaridagi faol yallig‘lanish jarayonlari;
•
giperkaliemiyada;
•
surunkali buyrak yetishmovchiligida;
•
natriy sitrat, bikarbonatlar, adrenalin, aldosteron ta’sirida.
21
Siydik reaksiyasining kislotali yoki ishqoriy tomonga turg‘un
siljishi yomon oqibatli patogenetik faktor hisoblanadi. Siydikni
kimyoviy, mikroskopik va bakteriologik tekshirganda, bemorga
diuretiklar va antibakterial preparatlar tayinlanganda siydik
reaksiyasini inobatga olish zarur.
Siydik reaksiyasi organizmda katabolik jarayonlar vaqtida
hosil bo‘ladigan, organik va noorganik kislotalar dissotsiatsiyasi
natijasida yuzaga keladigan erkin vodorod ionlari N+ miqdoriga
bog‘liq. N+ ionlari buyrak kanalining distal qismi orqali chiqariladi,
u yerda asosan bufer asoslar bilan bog‘lanadi va oz qismi siydik
orqali erkin holda ajraladi.
Aniqlash usullari. Siydik reaksiyasini indikator qog‘oz
yordamida aniqlash.
pH 5,0–8,0 intervalini o‘lchay oladigan, turli xil indikator
qog‘ozni qo‘llash mumkin (universal indikator, nitrazin
sarig‘i, Biofan–3, Albufan, Tetrafan). Siydik reaksiyasini yangi
ajratilgan siydikda, siygan zahoti aniqlaniladi, chunki turib qolsa
ishqoriylashadi.
Siydik reaksiyasini universal indikator qog‘ozi yordamida
aniqlash: indikator qog‘oz tekshirilayotgan siydikga tushiriladi
va 1–2 min dan keyin rangli shkala bilan solishtirilib, bo‘yalishini
o‘zgarishi aniqlaniladi.
Siydik reaksiyasini ko‘k va qizil lakmus qog‘ozi yordamida
aniqlash: ko‘k va qizil lakmus qog‘oz tekshirilayotgan siydikga
tushiriladi va 1–2 min dan keyin bo‘yalishini o‘zgarishi aniqlaniladi.
Agar ko‘k qog‘oz qizarsa, qizil qog‘oz o‘zgarmasa, demak siydik
reaksiyasi kislotali; agar qizil qog‘oz ko‘kimtir bo‘lib, ko‘k
qog‘oz o‘zgarishsiz qolsa, demak reaksiya kislotali. Agar ikkala
qog‘oz ham rangini o‘zgartirmasa, siydik reaksiyasi neytral. Ba’zi
holatlarda ikkala qog‘oz ham rangini ozgina o‘zgartiradi, bunday
holda reaksiya amfoter hisoblanadi.
Siydik reaksiyasini bromtimol kо‘ki indikatori yordamida
aniqlash:
22
Usui rN 6,0–7,6 diapazonda, bo‘yoq o‘tish joyi zonasiga
ega, bromtimol ko‘ki indikatorining xususiyatlariga asoslangan.
Indikator eritmasi 0,1 g ingichka qilib maydalangan bromtimol
ko‘kini, 20 ml iliq etil spirtida eritib tayyorlanadi: sovuganidan
keyin eritma suv bilan aralashtirilib, 100 ml ga yetkaziladi. 2–3
ml siydikga, 1–2 tomchi indikator eritmasi qo‘shiladi. Sariq rang
paydo bo‘lsa – reaksiya kislotali, qoramtir – kuchsiz kislotali,
o‘tsimon bo‘lsa – neytral, qoramtir yashil – kuchsiz ishqoriy, ko‘k
– ishqoriy.
Siydik pH ini yanada aniqroq, pH-metrda aniqlash mumkin.
Proteinuriya (proteinuria) – siydikdagi oqsilni, sifatiy usullar
yordamida aniqlasa bo‘ladigan konsentratsiyada paydo bo‘lishi:
•
fiziologik (jismoniy, emotsional zo‘riqish, sovuqdan,
intoksikatsion, ortostatik);
•
koptokchali (glomerulonefrit, gipertoniya kasalligi,
infeksion va allergik faktorlar ta’sirida, yurak yetishmovchiligi
dekompensatsiyasi);
•
kanalchali (amiloidoz, o‘tkir kanal nekrozi, interstitsial
nefrit, Fankoni sindromi);
•
prerenal (mielom kasalligi, mushak to‘qimasi nekrozi,
eritrotsitlar gemolizi);
•
postrenal (sistit, uretritlarda).
Buyrak proteinuriyasi organik va funksional (fiziologik) bo‘lishi
mumkin.
Organik buyrak proteinuriyasi nefronlarning organik
shikastlanishida yuzaga keladi.
Funksional buyrak proteinuriyasi buyrak kasalliklari bilan bog‘liq
emas, hech qanday muolaja talab qilmaydi. Funksional proteinuri-
yalarga zo‘riqish, emotsional, sovuqdan, intoksikatsion, ortostatik
proteinuriyalar (faqat bolalarda va faqat turgan holatda) kiradi.
Sulfosalitsil kislotali sinama. Ikkita probirkaga 3–4 ml dan
profiltrlangan siydik quyiladi. Tajriba probirkasiga 6–8 tomchi 20%
sulfosalitsil kislotasi tomiziladi. Ikkinchi probirka nazorat probirkasi
23
hisoblanadi. Qora fonda nazorat probirkasi, tajriba probirkasi bilan
taqqoslanadi. Agar oqsil bo‘lsa, siydikda opalessirlovchi loyqalik
yuzaga keladi. Natija quyidagicha baholanadi: reaksiya kuchsiz musbat
(+), musbat (++), keskin musbat (+++). Sinama yuqori sezgirlikka ega.
Quruq sinamadan ham foydalanish mumkin, bunda bir necha
millilitr siydikga bir nechta sulfosalitsil kislota kristallaridan yoki
oldindan shu kislota eritmasi bilan ho‘llangan filtrli qog‘oz solinadi.
Yolg‘on musbat natijalar yod preparatlari, sulfanilamid preparatlar,
penitsillinni katta dozalarini qabul qilinganligi bilan va siydikda
siydik kislota konsentratsiyasi qoriligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Azot kislotali bilan sinama (Geller sinamasi).
Probirkaga 1–2 ml 50% li azot kislota eritmasidan, ustiga
shu miqdorda siydik solinadi. Oqsil bo‘ladigan bo‘lsa, ikkita
suyuqliklar orasida oq halqa hosil bo‘ladi. Ba’zan, suyuqliklar
orasidagi chegaradan sal yuqoriroqda, qizil-siyohrang
halqa hosil bo‘ladi, bu uratlar borligidan dalolat beradi.
Urat halqasi, oqsil halqasidan farqli ozgina qizitilganda erib ketadi.
Bright sinamasi qaynatish va proteinuriyaga skrining-testlar
bilan (quruq kolorimetrik sinamalar) hech qanday reaktivlar talab
qilmaydi. Oqsil tutgan siydik qaynatilganda, u denaturatsiyaga
uchraydi va 6%li uksus kislotasida erimaydigan (fosfat tuzlaridan
farqli), bulutsimon cho‘kma yoki yostiqchilar hosil qiladi.
Skrining-testlar oqsilning (albumin) indikator va bufer (odatda
bromfenol ko‘ki bilan) belgilangan, qog‘oz rangini o‘zgartirishiga
asoslangan. Indikator qog‘ozning bo‘yalish intensivligi
(Albufan, Albutest; Labstix, Combur-test - Gerrnaniya) va oqsil
miqdori o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liqlik, proteinuriya
darajasini aniqlashga yordam beradi. Biroq, hozirgi kunda
qo‘llaniladigan skrining-testlar bir qator kamchiliklarga ega.
Masalan, bromfenol ko‘ki Bens-Djons oqsilini aniqlay olmaydi.
Miqdoriy sinamalar. Brandberg-Roberts-Stolnikov sinamasi.
Usui asosida azot kislotasi bilan o‘tkaziladigan sifatiy sinama
yotadi. Sinamani o‘tkazish ketma-ketligi yuqorida keltirilgan.
24
2–3-minutda, qavatlanganidan keyin, ikkita suyuqliklar chegarasida
ingichka halqaning paydo bo‘lishi siydikda 0,033 g/1 oqsil
(siydikdagi oqsil konsentratsiyasini, promille, ya’ni gramm litrga
belgilash mumkin) borligidan dalolat beradi. Agar oqsil 2 min dan
oldinroq paydo bo‘lsa, siydikni suv bilan aralashtirish kerak.
Siydikning azot kislotasiga qavatlanganda halqa 2–3-minutda
paydo bo‘ladigan eritmasi tanlanadi. Suyultirish darajasi halqaning
kengligi va kompaktliligiga, hamda yuzaga kelish vaqtiga bog‘liq.
Oqsil konsentratsiyasi siydikni suyultirilish darajasini 0,033 g/1 ga
ko‘paytirib topiladi.
Roberts-Stolnikov usulida suyultirish qator kamchiliklarga
ega: nosubyektiv, qiyin, oqsil konsentratsiyasini to‘g‘ri aniqlash
ehtimoli, siydik suyultirilgan sayin kamayib boradi. Eng qulay va
aniq usullar nofelometrik va biuretli usullar hisoblanadi.
Nofelometrik usul. Oqsilni sulfosalitsil kislota bilan
loyqalanish paydo bo‘lishiga asoslangan, loyqalanish intensivligi
oqsil konsentratsiyasiga proporsional. Graduirlangan probirkaga
1,25 ml profiltlangan siydik va 5 ml bo‘lguncha 3% li sulfosalitsil
kislotasi solinadi, yaxshilab aralashtiriladi. 5 min dan keyin
ekstinksiyani 590–650 nm to‘lqin uzunligida (sabzirang yoki qizil
yorug‘filtr), kontrolga qarshi kyuvetda 0,5 sm qalinlikda, FEK-M
da o‘lchanadi (yoki boshqa fotometrda). Nazorat uchun 1,25 ml
profiltrlangan siydikdan olinadi, 5 ml bo‘lguncha natriy xloridning
izotonik eritmasidan quyiladi. Oldindan, oqsil konsentratsiyasiga
qarab, ekstinksiya kattaligiga bog‘liq, kalibrovka egriligi tuziladi.
Oqsilning turli konsentratsiyalarini tayyorlash uchun albuminning
standart eritmasidan foydalaniladi (odam yoki buqa zardobi). Ishchi
jadval to‘ldiriladi.
Biuretli usul. Oqsilni mis sulfati va o‘tkir ishqor bilan,
siyohrang biuretli kompleks hosil qilishiga asoslangan, bo‘yalish
intensivligi, oqsil miqdoriga to‘g‘ri proporsional. Oqsil cho‘kishi
uchun 2 ml siydikga, 2 ml uch xlor uksus kislotasi qo‘shiladi va
sentrifugalanadi. Cho‘kma ustidagi suyuqlik to‘kib yuboriladi.
25
Cho‘kmaga (oqsilga) 4 ml 3% li NaOH eritmasi va 0,1 ml 20%
mis sulfat eritmasi qo‘shiladi, aralashtiriladi va sentrifugalanadi.
Siyohrang cho‘kma usti suyuqligini 540 nm to‘lqin uzunligida
(yashil yorug‘filtr) , distillirlangan suvga qarshi, 1,0 sm qalinlikdagi
kyuvetda fotometrlanadi. Oqsil konsentratsiyasini tajriba usulida
olingan jadval yordamida hisoblaniladi (kalibrovka egriligi
yuqoridagi usuldagidek tuziladi).
Siydikda gemoglobinni aniqlash. Gemosideringa sifatiy reaksiya
15 ml siydik sentrifugalanadi. Hosil bo‘lgan cho‘kmaga, bir necha
tomchi 5% li vodorodxlorid kilotasi va 2–5% li ferrotsianida kaliy
eritmasi aralashtiriladi (sariq qon tuzlari). Buyum oynasida yupqa
surtmalar tayyorlaniladi va mikroskop ostida ko‘riladi. 2–5 min
dan keyin gemosiderin epiteliylarda, kamroq xujayradan tashqarida
joylashgan ko‘k-yashil granulalar ko‘rinishida aniqlaniladi.
Glyukoza. 0,03–0,15 g/l (0,16–0,83 mmol/l yoki 0,02 %dan
kо‘p emas).
Glyukozuriya (glucosuria) – siydikda glyukoza paydo bo‘lishi:
•
Fiziologik (ovqat mahsulotlari bilan glyukozaning ko‘p
kirishi, emotsional zo‘riqishdan keyin);
•
Buyrakdan tashqari (saxamuy diabet, jigar sirroz, pankreatit,
rak, oshqozon osti bezi, tireotoksikoz, Itsenko-Kushinga sindrom,
feoxromotsitoma, bosh miya travmalari, insult, uglerod oksid,
morfin, xloroformdan zaharlanish);
•
Renal (surunkali nefritlar, nefrozlar, amiloidoz, o‘tkir
buyrak yetishmovchiligi, homiladorlik, fosfor va ba’zi dori
preparatlaridan zaharlanish).
Glyukozuriyani to‘g‘ri baholash uchun siydikni tekshirish zarur,
sutkalik siydik yig‘iladi va siydik bilan yo‘qotilgan sutkalik qand miqdori
hisoblanadi. Buyrakning normal funksional holatida faqat qonda qand
konsentratsiyasi oshganda, giperglikemiyada glyukozuriya kuzatiladi.
Glyukozaning qondagi konsentratsiyasi odatda 4,6–6,6 mmol/l
(0,8–1,2 g/l)dan oshmaydi. Kamdan-kam hollarda qonda qand
konsentratsiyasi normal bo‘lganda buyrak kanallarida glyukozaning
26
reabsorbsiyasi buzilishi bilan bog‘liq buyrak (renal) glyukozuriyasi
kuzatiladi.
Ko‘pchilik sifat sinamalari siydikda glyukozani aniqlash, asosan
glyukozaning reduksion tarkibli aldegid guruhlari uchun qo‘llaniladi.
Rangli birikmani tiklab berishda, oksidlovchi sifatida qandaydir
yengil reduksiyalanuvchi tuz ishlatiladi. Bu usullarga Feling,
Gaynes, Nilander, Benedikt, glyukozooksidaza sinamalari kiradi.
Glyukozooksidaza (notatin)sinamasi. Bu usul asosida
glyukozaning glyukozook-sidaza (notatin)fermenti oksidlanishi
yotadi. Bunda hosil bo‘lgan vodorod peroksid boshqa fermentlar
(peroksidaza) ta’sirida parchalanib, rangli indikatomi oksidlaydi
(benzidin unumlari), uni rangini o‘zgartiradi.
Siydikda glyukozani aniqlashda “Glyukotest” indikator qog‘ozi
tekshirilayotgan siydikka 1–2 sekundga botiriladi qog‘ozdagi
sariq chiziq to‘liq namlangan bo‘lishi kerak. 2 minutdan keyin
siydikdagi glyukoza konsentratsiyasi standart to‘plamda mavjud
rangli chiziq rangini intensivligi rangli shkala bilan, taqqoslash
usulida aniqlanadi.
Gaynes sinamasi. Reaksiyada glyukozani ishqoriy muhitda mis
gidrat oksidigacha (ko‘k rangda) keyin gidrat oksidigacha (sariq
rang) keyin mis oksidigacha (qizil rang) qaytaradi. Gaynes reaktivi
quyidagicha tayyorlanadi:
1) 13,3 gkumush sulfat kristali (CuSO4 • 5H2O) 400 ml suvda
eritiladi.
2) 50 g natriy ishqori 400ml suvda eritiladi;
3) 15 g glitserin 200 ml suvda eritiladi. Ikkinchi va birinchi
eritmalar aralashtiriladi va shu vaqtda uchinchisi quyiladi.
Sinama quyidagi tartibda o‘tkaziladi: 3–4 ml reaktivga 8–12
tomchi siydik havorang paydo bo‘lguncha qo‘shiladi. So‘ng
aralashtiriladi va spirt yoki gaz plitkasi alangasi ustida yuqori
qismi qaynaguncha qizdiriladi. Probirkaning pastki qismi kontrol
qilinadi. Siydikda glyukoza bo‘lganda siydikni och havorangdan
sariq rangga aniq o‘tishi kuzatiladi.
27
Miqdoriy usullar. Kolorimetrik usul Altgauzen bo‘yicha
siydikda glyukozani aniqlash. Usul prinsiplari: glyukoza bilan
ishqor qizdirilganda rangli reaksiya paydo bo‘ladi.
Aniqlash texnikasi: 4 ml siydikka 1 ml 10% o‘yuvchi natriy
quyiladi va 1 min qaynatiladi. Qaynatgandan 10 minut o‘tgach
suyuqlik rangi shkala rangi bilan solishtiriladi, har bir bo‘yalgan
chiziq tarkibidagi glyukozaning foizini ko‘rsatadi. Reaktivlar
yordamida tayyorlangan eng yaxshi shkaladan foydalaniladi. Buning
uchun 0,5; 1,0; 1,5; 2,0; 3,0 va 4,0% glyukoza eritmalarini olamiz,
ularga ishlov beriladi, tekshirilayotgan siydik sinamalarini tiqinlar
qattiq yopiladi. Eritmalarning rangi 10 kungacha o‘zgarmaydi.
Altgauzen metodi aniq natija beradi, shuning uchun uni
polyarimetr bo‘lmaganda foydalanish mumkin.
Ketonuriya (ketonuria) – siydikda keton tanachalarining
paydo bo‘lishi. Keton tanachalariga 3 ta birikma kiradi: atseton,
atsetouksus kislota va 0-oksimoy kislota. Keton tanachalarining
hosil bo‘lishida katta qismini yog‘lar va bir qancha oqsilllar
ahamiyatga ega. Keton tanachalari to‘qimalarda tez oksidlanadi
SO
2
va N
2
0, shuning uchun siydik bilan sutkada 20–50 mg
atrofida keton tanachalari ajralib chiqadi. Ketonuriya keton
tanachalarining oshishida va ularning parchalanishining buzili-
shida kuzatiladi:
•
qandli diabet (kompensirlanmagan);
•
uglevodli ochlik; dieta, tana massasini kamaytirishga
qaratilgan;
•
kortikosteroidlaming giperproduksiyasi (gipofiz oldingi
bo‘lagi va buyrak usti bezi o‘smasi);
•
atsetonemik qayt qilish, oshqozon ichak sistemasining uzoq
buzilishi, dizenteriya.
Keton tanachalari siydikda birgalikda uchraydi, shuning uchun
ularni alohida aniqlash amaliy o‘tkazilmaydi. Keton tanachalarini
sifat reaksiyasi asosiy muhitda natriy nitroprussid bilan ularning
o‘zaro ta’sirida rangli reaksiya paydo bo‘lishiga asoslanadi.
28
Lange sinamasi. 3–5 ml siydikka 0,5 ml muzli uksus kislota
qo‘shiladi va 5–10 tomchi yangi tayyorlangan 10% nitroprussid
natriy eritmasi aralashtiriladi, keyin konsentrlangan 2–3 ml
ammiaka pipetkada sekin tomiziladi. Agar 3 minut davomida ikki
suyuqlik tutashgan joyda pushti-siyohrang halqa paydo bo‘lsa
sinama musbat hisoblanadi.
Lestrad sinamasi. Buyum oynachasiga ozgina 1 g (0,5 g)
nitroprussid natriy, 20 g ammoniy sulfat va 20 g suvsiz natriy
karbonatdan iborat Lestrad reaktivi joylashtiriladi, reaktivga
siydik tomiziladi. Olcha-qizil ranga bo‘yalishi musbat natijani
ko‘rsatadi. Qator firmalar keton tanachalarini aniqlash uchun testlar
chiqarishgan.
Bilirubinuriya (bilirubinuria) – siydik bilan bilrubinni ajralishi.
Bilirubin – organizmdan ajratiladigan porfirinlaming asosiy oxirgi
metaboliti. Bilirubin qonda erkin holda konyugatsiyalanmagan
(albumin bilan birikmada) bo‘lmaydi. Erkin (bevosita) bilirubin
suvda erimaydi va siydikda paydo bo‘lmaydi. Jigarda u
konyugatsiyalanadi – glyukuron kislota bilan birikadi va shu holda
oshqozon-ichak traktidan o‘t bilan ajraladi. Bog‘langan (bilvosita)
bilirubin suvda eriydi va qonda bo‘sag‘a konsentratsiyasida
bo‘lganda 3,4 mkmol/1 dan ko‘pi buyrak orqali ajraladi.
Bilirubinuriya quyidagilarda bo‘ladi:
•
parenximatoz Cigar) sariqlikda (virusli gepatit, surunkali
gepatit, jigar sirrozda);
•
mexanik sariqlikda (jigar osti, obturatsion)
•
toksik moddalar ta’siri natijasida (alkogol, organik
birikmalar,infeksion toksinlar);
•
ikkilamchi jigar yetishmovchiligida (yurak yetishmovchiligi
jigar o‘smalarida).
Rozin sinamasi. Qulay va oddiyligi uchun keng qo‘llaniladi.
Lyugol eritmasi (1 g yod, 2 g kaliy yodid va 300 ml distillangan suv)
yoki 1% yodning spirtli eritmasi bilan olib boriladi. Probirkaga 2–3
ml siydik quyiladi, ko‘rsatilgan reaktivlardan biri sekin tomiziladi.
29
Bilirubin bo‘lganda ikki suyuqlik orasida yashil halqa hosil bo‘ladi.
Rozin sinamasi gematuriyada, antipirinlar bilan davolanganda
ishonchli emas.
Fushe sinamasi. Eng sezgir usulligi uchun shubha bo‘lganda
qo‘llaniladi. 10 ml siydikka 5 ml 15% bariy xlorid qo‘shiladi.
Aralashtiriladi, filtrlanadi. Filtr voronkadan chiqarilib, Petri
kosachasiga tekislanadi, unga 2 tomchi Fushe reaktivi (25 g
uchxlorsirka kislota, 100 ml distillangan suv, 10 ml 10% FeC13
eritmasi yoki 1 g FeC13) suriladi. Musbat natija bo‘lganda filtr
qog‘ozda yashil dog‘ paydo bo‘ladi. Maxsus tabletkalar bilan
qilinadigan qator “quruq” sinamalar (sifat va yarim miqdor (“ikto-
test”) bor.
Dostları ilə paylaş: |