30
idish chetlarida qoldiriladi va ekspress usulga qo‘shib beriladigan
rangli shkala bilan solishtiriladi.
Test-tilimchalar bilan aniqlanadigan siydik tahlili
Usul prinsipi. Tilimchalar reagent zonasi tarkibida bromtimol
ko‘k, kislota-ishqor indikatori bo‘lib, u rangini pH 5–9 diapazonda
o‘zgarganda olov rangdan sariq va yashil orqali ko‘kkacha bo‘yaydi.
Kislotalik shkalasi:
0__________________7 ___________________________ 14
Kislotali muhit – Neytral muhit – Ishqoriy muhit
Yangi siydik me’yorda kuchsiz kislotali reaksiyaga ega bo‘ladi
(rN 6,0 atrofida). Sergo‘sht ovqat siydikdagi pH ko‘rsatkichining
ko‘proq kislotali tomonga o‘tishiga sabab bo‘ladi.
Tarkibida
hayvon oqsillari kam, sabzavot va mevalar ko‘p bo‘ladigan ovqat
siydikning ishqorlanishiga olib boradi.
Yot omillar ta’siri va sezgirligi.
Indikator shkala rangi bilan pH ko‘rsatkichini 0,5 birlikkacha
aniqlikda o‘lchash mumkin. Natijalar yot moddalar borligiga qarab
nordon yoki ishqoriy tomonga siljishi mumkin.
Testni baholash.
Tilimcha reaktiv zonasining rangi tekshirilayotgan siydik
pHiga qarab o‘zgaradi. Reaktiv zona
rangi tilimcha sinamadan
olinishi bilan rangli shkala bilan solishtiriladi. Shkalaning alohida
kataklarning rangi pH 5–6–7–8–9 ko‘rsatkichlariga to‘g‘ri keladi.
Agar reaktiv zona rangi ikki rangli katak o‘rtasida bo‘lsa, unda
natija butun ko‘rsatkichlar yoki 0.5 birlik diapazonida oraliq
ko‘rsatkichlarda ko‘rsatilishi mumkin.