“KLINIK LABORATORIYA TEKSHIRISH USULLARI”
FANINING RIVOJLANISH TARIXI.
DEZINFEKSIYALOVCHI ERITMALAR TAYYORLASH
Klinik laboratoriya tekshirish usullari fanining
rivojlanishiga hissa qo‘shgan olimlar
Abdumalik Nig‘matovich Aripov
– tibbiyot fanlari doktori,
professor. Mehnat faoliyatini 1969-yil ToshTI ning biokimyo
laboratoriyasida ilmiy xodim bo‘lib boshlagan. 1976-yildan
1998-yilgacha O‘zR SSV Pediatriya ilmiy tekshirish institutining
klinik-diagnostik tahlilxonasining mudiri. 1998-yildan to hozirgi
davrgacha ToshVMOI klinik laborator diagnostikasi kafedrasining
kafedra mudiri. 2003-yildan to 2014-yilgacha ToshVMOI ilmiy
ishlar bo‘yicha prorektori. 2014-yildan O‘zbekiston Respublikasining
sog‘liqni saqlash vazirligining RIPIATM klinik laborator diagnostika
bo‘limining rahbari. A.N. Aripov O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni
saqlash vazirligining klinik laborator diagnostikasi bo‘yicha bosh
mutaxassisi. U 4 monografiya, 250 dan ortiq ilmiy maqolalar, 20
uslubiy tavsiyalar, 5 avtorlik guvohnoma muallifidir. 12 fan nomzodi
va 6 fan doktorlarni tayyorladi. Professor Aripov A.N. “Sog‘liqni
saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan, “Klinik
laborator diagnostikasi” (Rossiya) jurnalining tahrir kengashining
a’zosi, Rossiya akademiyasining tibbiyot va texnika fanlari Akademigi.
Muhamedova Nurxon Xalimovna
tibbiyot fanlari doktori,
dotsent. 1994-yil – Birinchi Toshkent davlat tibbiyot instituti
Markaziy klinik biokimyoviy laboratoriyasi oliy toifali
shifokor laboranti, 2003–2013-yillar 3-klinikada bo‘lim mudiri
lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. 2013-yildan Toshkent tibbiyot
akademiyasining “Tibbiyot va biologik kimyo kafedrasi”da dotsent.
Ilmiy faoliyati: 2012-yil “Buyrak va boshqa a’zolar kasalliklarida
nefropatiyaning erta tashxislashni optimallashtirish” mavzusida
nomzodlik dissertatsiyasini, 2016 yilda “Fertil va postmenopauzal
6
davrda ayollarda metabolik sindrom tashxisiga differentsial yon-
dashuv” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi. Klinik lab-
oratoriya va funktsional diagnostika bo‘yicha 2 ta monografiya va
100 dan ortiq ilmiy maqolalar, 10 ta uslubiy qoʻllanma va koʻrsat-
malar, 2 ta patent ixtirosi, 2 ta mualliflik guvohnomasi muallifi.
10 nafar magistr tayyorlagan.
Klinik laboratoriya diagnostikasida ma’lum bo‘lgan barcha tahlil
usullaridan fizik va kimyoviy usullar amaliy asosni tashkil qiladi.
Bu bemordan olingan har qanday biologik materialni uning
kimyoviy, fizik va fizik-kimyoviy xususiyatlari o‘rtasidagi munosa-
batni o‘rganish imkonini beradigan usullardir.
O‘rganilayotgan tizimning xususiyatlariga ko‘ra, fizik-
kimyoviy usullar quyidagilarga bo‘linadi:
1. Optik.
2. Elektrokimyoviy.
3. Xromatografik.
4. Kinetik.
Klinik diagnostika laboratoriyalari ishida optik tahlil usullari
ko‘proq qo‘llaniladi:
• Refraktometriya;
• Polarimetriya;
• Fotometriya:
A. Yutish:
– Spektrofotometriya;
– Nefelometriya;
– Atom yutilish fotometriyasi.
B. Emissiya:
– Florimetriya;
– Olovli fotometriya;
– Atom emissiya spektral tahlili.
Optik miqdoriy tahlil yorug‘lik nurlari sinov eritmasidan
o‘tganda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni qayd etishga asoslanadi:
• Yutish intensivligi (absorbsion fotometriya)
7
• Modda molekulalari va atomlarining porlashi (ftorimetriya,
alangali fotometriya)
• Monoxromatik yorug‘lik oqimining tarqalishning boshlang‘ich
yo‘nalishidan chetlanishi (refraktometriya)
• Tekislik qutblangan yorug‘likning burilish burchagining
o‘zgarishi (polarimetriya)
Klinik diagnostika laboratoriyalari ishida quyidagi turdagi optik
o‘lchash asboblari qo‘llaniladi:
1. Fotometrlar va spektrofotometrlar.
2. Densitometrlar (tahlil qilinadigan moddalarning tashuvchilar
– oqsillar, dorilar va boshqalar bo‘yicha ajratilgan fraktsiyalarini
skanerlash).
3. Nefelometrlar va turbidimetrlar (suyuqlik hajmida muallaq
bo‘lgan zarrachalar tarkibini yorug‘lik tarqalishining intensivligi
bo‘yicha aniqlash).
4. Fluorometrlar (fluoressensiya intensivligini o‘lchash orqali
murakkab organik moddalar (gormonlar, vitaminlar va boshqalar)
kontsentratsiyasini aniqlash).
5. Olovli fotometrlar (olovga kiritilgan metall ionlarining
yorug‘lik chiqarishini o‘lchash).
6. Luminometrlar (chiqariladigan yorug‘lik miqdorini o‘lchash).
7. Atom yutilish o‘lchagichlari (issiq gazdagi moddaning
atomlari tomonidan monoxromatik yorug‘lik oqimini o‘lchash).
Zamonaviy klinik diagnostika laboratoriyalarida optik tahlil
usullaridan tashqari, biologik suyuqliklar va to‘qimalarning tarkibiy
qismlarini fraksiyalash usullari (xromatografiya va elektroforez),
shuningdek, immunologik tadqiqotlar (enzimatik immunoassay,
radioimmunoassay va immunofluoressensiya tahlillari) keng
qo‘llaniladi.
Laboratoriyada quyidagilar man qilinadi:
– yonib turgan gaz uskunalarini va boshqa isitish uskunalarini
qarovsiz qoldirish, ularning yonida paxta, doka, spirt va boshqa
yonuvchan moddalarni saqlash;
8
– yonib turgan gaz va elektr uskunalari oldida bexosdan to‘kilib
ketgan yonuvchan moddalarni yig‘ishtirish;
– laboratoriyada gaz hidi kelayotgan bo‘lsa, elektr toki yoki
gazni yoqish;
– nosoz spirt alangali moslamadan foydalanish;
– xavfli moddalarni ekstraksiya qilish, qayta haydash va
maydalash bo‘yicha ishlarni shamollatish uskunasini ishlatmasdan
yoki u nosoz holda bo‘lganida o‘tkazish;
– tortuvchi shkafda ishlaganda boshni ichkariga kiritish;
– noma’lum moddalarni hidlash yoki tatib ko‘rish;
– biron eritma quyilgan yoki qaynatilayotgan idishning og‘ziga
yaqin egilib qarash;
– zaharli yoki kuchli ta’sir qiluvchi eritmalarni ish stollarida va
javonlarda saqlash;
– yorlig‘i yo‘q reaktivlarni saqlash yoki qo‘llash;
– noma’lum moddalarni saqlash;
– ovqatlanish, oziq-ovqatlarni saqlash va chekish;
– ish joyida shaxsiy kiyimlarni saqlash, maxsus laboratoriya
kiyimlarini uyga olib ketish;
– tegishli bo‘lgan maxsus, sanitariya kiyimini kiymasdan ishlash;
– vazifasi va lavozim yo‘riqnomasidan tashqari ishlar bilan
shug‘ullanish;
– isitish uskunalarida biron narsalarni quritish;
– yo‘laklar va koridorlarni, shuningdek, yong‘inga qarshi
inventarlar o‘rnatilgan joylarni besaranjom tutish.
Ko‘p hollarda gepatit bilan shikastlanish, oxirgi yillarda OITS
bilan shikastlanish tibbiyot xodimlari orasida tasodifiy igna kirishi,
uchi singan probirkalardan foydalanish va boshqalar oqibatida
kuzatilmoqda. Qon va boshqa biologik suyuqliklar bilan muloqotda
bo‘lgan barcha tibbiy muassasa xodimlari gepatit B ga qarshi
vaksinasiya qilingan bo‘lishlari shart.
•
Laboratoriyalarda ishchi joylarini tashkillashtirish bir
joydan ikkinchi joyga namunalarning keraksiz harakatlari sonini
kamayishini ta’minlashi kerak.
9
•
Tekshiruvlar o‘tkaziladigan ish joyi tartibli saqlanishi kerak.
Stol ustida keraksiz buyumlar bo‘lmasligi, baland probirkalar ag‘darilib
ketmasligi uchun qo‘llardan uzoqroq joylashishi, dezinfeksion
konteynerlar tahlil qilinayotgan joyga yaqinroq joylashtirilishi kerak.
•
Elektrik asbob-uskunalar yerlatilishi kerak. Bu bilan nafaqat
foydalanish xavfsizligi ta’minlanadi, balki o‘lchov uskunalarining
aniqligiga ta’sir qiluvchi to‘siqlar ham istisno etiladi.
Shaxsiy gigiyena bo‘yicha tavsiyalar:
•
Ish vaqtida zargarlik taqinchoqlar (uzuklar) taqish taqiqlanadi.
•
Biologik material va kimyoviy reaktivlar bilan ishlagandan
keyin qo‘llarni diqqat bilan yuvish shart! Qo‘llarda kesilgan yoki
boshqa yaralar bo‘lsa, shikastlangan joyga bog‘lam qo‘yiladi.
•
Tekshiruvlar o‘tkaziladigan xonalarda ovqatlanish, bo‘ya-
nish va ish jarayoniga bog‘liq bo‘lmagan boshqa muolajalar bilan
shug‘ullanish taqiqlanadi.
•
Ximikatlar va tekshiruvlar uchun namunalar saqlanadigan
muzlatgichlarda oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash qat’iyan
taqiqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |