U. P. Shukurova, M. R. Sobirova, N. X. Muxamedova



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/55
tarix11.07.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#136343
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   55
Klinik laboratoriya tekshirish usullari 01-11

Anemiyalar
Anemiyalar eritrotsitlar va gemoglobin miqdorining kamayishi 
(hamda sifatiy o‘zgarishi) bilan kuzatilishi tufayli, qon preparatlari 
normaga nisbatan uncha to‘q bo‘yalmagan ko‘rinishda bo‘yaladi. 
Bo‘yalgan preparatlarni mikroskopda immersiya sistemasi 
yordamida o‘rganiladi. 
Anizotsitlar – turli o‘lchamli eritrotsitlar, anizotsitlar (2–3 
mkm), yirik eritrotsitlarning turli shakldagi parchalari – bo‘laklari 
sifatida, mikrotsitlar (6 mkmdan kichik); makrotsitlar (8 mkmdan 


56
ortiq), megalotsitlar 10 mkmdan ortiq oval shaklli, markazda 
joylashgan yorug‘liksiz, giperxrom, normal eritrotsitga nisbatan 
ancha qalin bo‘lgan hujayralar.
Poykilotsitlar – turli shakldagi eritrotsitlar: tomchisimon, 
noksimon, bir yoki bir necha o‘simtali (“tikonli”) ko‘rinishdagi 
(“tikonli” eritrotsitlar), o‘nqir-cho‘nqir sathli eritrotsitlar 
(akantotsitlar), oval ko‘rinishdagi (ovalotsitlar, elliptotsitlar), 
yarimoysimon (meniskotsitlar, drepanotsitlar), sferoid (sferotsitlar, 
mikrosferotsitlar), mo‘ljalsimon (kokardli, boshtaqinchog‘iga, 
o‘smaga o‘xshash), planotsitlar (leptotsitlar), boshqalarga nisbatan 
kamroq qalinlikka ega bo‘lgan eritrotsitlar farqlanadi.
Anemiyada hujayra elementlarining boshqa turlari ham 
uchraydi.
Eritroblast – yirik, (15–25 mkm), nozik xromatin iplaridan 
tashkil topgan chigalli va 1–3 yadrochalarni tutgan dumaloq 
shakldagi yadroli hujayralar. Sitoplazmasi to‘q-ko‘k binafsha 
rangga bo‘yaladi, ba’zan yorug‘ perinuklear (yadro atrofi) zonaga 
ega bo‘ladi.
Pronormoblast – dumaloq shaklli, eritroblastga nisbatan 
o‘lchami kichikroq (12–18 mkm), yadrosining xromatini qo‘polroq 
tuzilishga ega, yadrochalari bo‘lmagan hujayra. Sitoplazmasi 
bazofil bo‘yaladi, odatda perinuklear zonasi bo‘lmaydi.
Normoblastlar:
a) bazofil turlari – dumaloq shaklli, normoblastga nisbatan 
kichikroq (10–18 mkm), yirik dumaloq yadrochalarsiz yadroli
xromatini ustun, cho‘zinchoq birikmaga o‘xshash joylashgan, 
ko‘pincha radial ko‘rinishdagi (“g‘ildiraksimon” yadroli) hujayra; 
nisbatan yoshroq hujayralarda xromatin zichlashmagan va 
ajralmagan, sitoplazmasi to‘q-ko‘k va och-ko‘k tusda bo‘yaladi;
b) polixromatofil hujayralar – dumaloq shakldagi, bazofil 
normoblastlarga nisbatan kichikroq (8–12 mkm) hujayralar. 
Yadrosi dumaloq, piknoz holati bo‘rtgan bo‘ladi. Sitoplazmasi och 
binafsha rangga bo‘yaladi; 


57
v) oksifillar – dumaloq shaklli, avvalgilarga nisbatan kichikroq 
(7–10 mkm) hujayralar. Yadrosi dumaloq, ko‘proq ekssentrik 
joylashgan, piknoz bo‘rtgan, toq-binafsha rangga bo‘yaladi. Qator 
hollarda piknoz, reksis, diapedezga uchraydi. Ba’zan ularning 
yonida Jolli tanachalari topiladi. Sitoplazmasi pushti rangga 
bo‘yaladi.
Megaloblastlar: a) bazofil; b) polixromatofil; v) oksifil 
turlari farqlanadi. Hujayralar dumaloq shaklli. Nisbatan yosh 
hujayralarning o‘lchami kattaroq bo‘ladi. Yadrosi dumaloq va 
unda mayda yoki yirik o‘lchamli xromatin joylashgan, oksifil 
megaloblastlarda esa yadro piknotik o‘zgargan bo‘lishi mumkin. 
Megaloblastlar yadrosida yadrochalar topilmaydi. Bazofil 
megaloblastlar sitoplazmasi ko‘k, polixromatofillarda – och 
binafsha va oksifil turlarida esa pushti rangga bo‘yaladi. Ayrim 
megaloblastlarda yadrosining asosiy qismi yonida Jolli tanachalari 
aniqlanadi.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin