ME’DA-ICHAK KASALLIKLARI VA UNI KLINIK
TEKSHIRISH
Bir sutkada me’dadan taxminan 1,5–2,5
l
ga yaqin me’da shirasi
chiqib turadi. Ovqat miqdori va sifatiga qarab me’dadan shira
chiqishi (sekresiya) 4 soatdan 10 soatgacha davom etishi mumkin.
Me’da devori, shuningdek, ichak devori ham uch qavat: ichki, o‘rta
va tashqi qavatlardan iborat. Ichki qavati shilliq pardadan iborat
bo‘lib, unish davrida har xil bezlar bor. Me’da bezlari uch xil bo‘ladi:
1. Me’da tubining bezlari – fundal bezlar;
2. Me’da darvozasining bezlari – pilorik bezlar;
3. Me’da kirishining bezlari – kardial bezlar.
Barcha mikroblarning 60% dan ko‘pi oshqozon ichak
traktiga, qolganlari nafas va siydik ayirish sistemasiga kiradi.
Mikroorganizmlar oshqozon ichak traktida yashaydi odam uchun
juda muhim. Ular ichki organlarning shilliq qavatini qoplagan,
infeksion kasalliklar rivojlanishi va kasallik chaqiruvchi bakteriyalar
kirishiga to‘sqinlik qiladi. Ovqat komponentlarining so‘rilishi
va hazm bo‘lishi jarayonlarida, mikro va makroelementlarda
ishtirok etadi, yana ularning o‘zi vitamin va biologik aktiv
moddalar ishlab chiqaradi. Normal mikroflora odam immunitetini
ushlab turadi, u immunokomponent hujayralarni stimulyasiya
qiladi va ovqat allergiyasi rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Ichak
mikroorganizmlari tarkibi bir xil emas: bu yerda odam uchun
zarur foydali bifidobakteriya, laktobakteriya, ichak tayoqchalari,
bakteriodlar, “neytral” bakteriyalar yashaydi, organizm uchun
foyda ham keltirmaydigan, uzoq vaqt bir joyda yashamaydigan
peptostreptokok, klostridi, stafillakokk, protey, klebsiella,
veylonella, “yomon” mikroorganizmlar zarar keltirish qobiliyatiga ega.
Me’da shirasini tekshirish
Me’da shirasini tekshirish (me’daning sekretor funksiyasi)
me’da shilliq qavatining morfologik va funktsional holatini
41
o‘rganish, shuningdek, masofadan turib uning evakuator
funksiyasiga baho berishga imkon beruvchi asosiy metodlardan
biri. Me’da shirasini tekshirishning zondli va zondsiz usuli
keng tarqalgan. Zondlash oshqozonning sekretor (oshqozon
shirasi miqdori) kislota va ferment ishlab chiqarish funksiyasi
(sekretor funksiyasi) ni tekshiruvchi metod hisoblanadi.
Oshqozon bezlarining sekretor funksiyasi haqida tasavvurga
ega bo‘lish uchun maxsus (ingichka) zond bilan zondlash va
oshqozon suyuqligini doim yoki bir xil vaqt oralig‘idan keyin
so‘rib olinishi kerak. Barcha holatlarda boshlang‘ich bosqichda
intensiv oshqozon shirasi 1 soat (har 15min) davomida uning
tinch va ovqat hazm qilish oralig‘ida olinadi va u bazal sekretsiya
deyiladi. Laboratoriyada zond orqali ovqat hazm qilish jarayonida
oshqozon shilliq qavatining sekretor faoliyatini tekshirish uchun
bemorlarga ovqatga javoban hosil bo‘ladigan shira ishlab
chiqarilishini stimullovchi medikamentoz preparatlar teri ostiga
yuboriladi (gistamin, pentagastrin). Oshqozon sekretsiyasini
stimullovchi kimyoviy preparatlar laborator tekshirish uchun
yaroqli bo‘lgan toza oshqozon shirasini olishga yordam beradi.
Gistamin in’eksiya qilingandan keyin tekshirilayotgan odamda
bir necha daqiqadan so‘ng o‘tib ketuvchi qizarish, boshida bosim
va issiqlikning sezilishi kuzatiladi. Yuqoridagi nojo‘ya ta’sirlarni
oldini olish uchun, hamshira 20–30 daqiqa oldin dimedrol,
suprastin va boshqa allergiyaga qarshi preparatlar mushak orasiga
yuborishi kerak. Hozirgi kunda oshqozon shirasini stimullovchi
ovqat mahsulotlarini (kofein, alkogol, karam qaynatmasi, go‘shtli
bulyon) qabul qilish rad etilmoqda. Chunki ular sust stimullovchi
xususiyatga ega, shuningdek, ular oshqozonning kislota va
ferment ishlab chiqarish funksiyasiga obyektiv baho berishga yo‘l
qo‘ymaydi.
Zond kiritish texnikasi. Tibbiyot hamshirasi qo‘llarini yuvadi,
biksdan toza nam zondni pinsetda oladi (zond biksda saqlangan
bo‘ladi) va bemorning o‘ng tamonida turib oldinga engashish
42
buyuriladi. Hamshira zondni o‘ng qo‘liga olib, yumaloqlangan
uchidan 10–15 sm naridan ushlaydi, chap qo‘li bilan bemorning
bo‘ynidan quchoqlab, zondni shu qo‘li bilan og‘izga yaqin
ushlab turadi. Bemorga og‘zini ochish buyuriladi, zondning
uchi til ildiziga qo‘yiladi, yutish harakatini bajarish va nafasni
to‘xtatmaslik so‘raladi, chunki burun orqali chuqur nafas olish
qusish refleksini bosishga yordam beradi. Shu paytda bemorning
reflektor harakatlariga qaramay, zond qizilo‘ngachgacha tez
harakatlantiriladi, zond qizilo‘ngachga kirgach yana bemordan bir
necha marta chuqur nafas olishi so’raladi. Bemor baland bo‘yli
bo‘lsa, shuningdek, me’dasi pastga tushganligi ma’lum bo‘lsa, ayni
vaqtda zondni 45–55 sm belgisigacha yoki picha narigacha kiritish
davom ettiriladi.
Yutish vaqtida bosh oldinga engashtirilgan bo‘lsa, kekirdakka
kirish yo‘lini hiqildoq usti tog‘ayi (epiglottis) berkitib turadi, shunda
zond kekirdakka kirib ketmaydi. Zond kiritish paytida bemorning
yo‘tali tutsa, zondni darhol olib, keyin takror kiritish kerak. Bemor
zond kiritish paytida vaziyat saqlash va nafas olish qoidalariga
rioya qilmagan bo‘lsa, zond xalqumning o‘qsimon bo‘shliqlariga
kirishi sababli yo‘tal tutishi mumkin.
Zond kiritib bo‘lmasa, Gyutner usulidan foydalanish tavsiya
etiladi. Bu usulda chap qo‘lning ko‘rsatgich barmog‘i halqum
bo‘shlig‘iga mumkin qadar chuqurroq kiritilib, til ildizi shu
barmoq bilan oldinga hamda pastga itarib turiladi va ung qo‘lni
barmoq yonidan yoki til ildizi bo‘ylab tez harakatlantirib, zond
qizilo‘ngachga kiritiladi.
Halqum og‘rig‘i haddan tashqari sezuvchan bo‘lsa, zond
kiritishdan 2–3 minut ilgari tomoq va halqumga 10% li novokain
eritmasi surtiladi, so‘ngra zond kiritila boshlaydi. Jag‘lar refleks
yo‘li bilan yumilib qolganda qo‘lga sochiq o‘rab, pastki labni
pastki kurak tishlar ustidan ichkariga qayirish, jag‘larni barmoq
bilan ushlab turish kerak.
|