U. P. Shukurova, M. R. Sobirova, N. X. Muxamedova


Siydik cho‘kmasini miqdoriy usulda tekshirish



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/55
tarix11.07.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#136343
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   55
Klinik laboratoriya tekshirish usullari 01-11

Siydik cho‘kmasini miqdoriy usulda tekshirish
Miqdoriy usuldan siydik bilan ajralayotgan leykotsit, eritrotsit 
va silindrlar miqdorini aniq tekshirishda foydalaniladi. Bu buyrak 
kasalliklari diagnostikasi uchun muhim. Yashirin, surunkali va sust 
kechuvlarini kechishini dinamik kuzatish va o‘tkazilgan davoni 
nazorat qilish uchun zarur. 
Addis-Kakovskiy metodi. Sutkalik yig‘ilgan siydikda shaklli 
elementlar miqdorini aniqlash uchun foydalaniladi. Siydik yig‘masi. 
Ertalab bemor siydik pufagini bo‘shatadi. So‘ng 24 soat davomida 
bitta idishga siydik yig‘iladi. Idishda shaklli elementlarning 
buzilishining oldini olish uchun 4–5 tomchi formalin va 2–3 
timol kristalli qo‘shiladi, siydikni muzlatgichda saqlash maqsadga 
muvofiq. Siydik yig‘iladigan kuni bemorga go‘shtli mahsulotlar 
bilan suyuqlik qabul qilishni chegaralash buyuriladi, shaklli 
elementlarni hisoblash uchun siydik pH va zichligini doimiy 
ushlash muhim, ishqoriy muhitda yoki uni zichligi pasayganda 
shaklli elementlar tez buziladi. Agar ko‘rsatilgan sharoitda siydik 
yig‘ish imkoni bo‘lmasa, 10–12 soatda siydikni yig‘ish mumkin. 
Siydikni kechki porsiyasini yig‘ish ko‘proq ratsional: bemor 
uyqudan oldin siydik pufagini bo‘shatadi, vaqtni belgilaydi, keyin 
10–12 soat davomida siydikni bitta idishga yig‘adi. Aniqlash uchun 
sekin aralashtiriladi va uni hajmi o‘lchanadi.
Miqdorini hisoblashda o‘lchamli sentrifugali probirkada 3500 
ob./minda 3 min davomida yoki 2000 ob./minda 5 min davomida 
siydik sentrafugalanadi. Yuqori qavati ajratiladi, qoldiq bilan 
hammasi 0,5 ml siydik qoladi. Agar qoldiq 0,5 ml dan oshsa, u 
holda 1 ml siydik olinadi. Qoldiq sekin aralashtirilib, hisoblash 
kamerasiga to‘ldiriladi. Siydik bilan shaklli elementlarning 
normadagi sutkalik ekskretsiyasi:
– eritrotsitlar – 1 000 000 gacha;
– leykotsitlar – 2 000 000 gacha;
– silindrlar – 20 000 gacha.


38

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin