U. P. Shukurova, M. R. Sobirova, N. X. Muxamedova



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/55
tarix11.07.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#136343
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   55
Klinik laboratoriya tekshirish usullari 01-11

Patologiyasi
Siydik reaksiyasining kislotali (pH ning me’yoriy ko‘rsatkichdan 
past) bo‘lishi:
• 
Ovqatda go‘sht ko‘pligini;
• 
Atsidoz va/yoki qandli diabet borligini (dori-darmonlar 
bilan rostlab turilmayotgan bo‘lsa);
• 
O‘tkir va surunkali buyrak kasalliklari, harorat ko‘tarilishi, 
fenilketonuriya va boshqalarni ko‘rsatadi.
Siydik reaksiyasining ishqoriy (pH ning me’yoriy ko‘rsatkichdan 
yuqori) bo‘lishi:
– Ovqatda meva va sabzavotlar ko‘p, hayvon oqsillari kamligini;
– Siydik yo‘llarida infeksiya borligini, surunkali uretritlar, 
sistitlarda bakterial ammiakli bijg‘ish hisobiga, shishlar, 
transsudatlar, ekssudatlar so‘rilishi, me’da va 12 barmoqli ichak 
yara kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda qayt qilish, tez-tez 
oshqozon yuvishlarda;
– Buyrak toshlari (fosfatlar, kalsiy karbonat) hosil bo‘layotganini 
ko‘rsatishi mumkin. 
Siydikni tekshirish uchun yarim avtomat analizator DIRUI H–100


32
Siydik qoldig‘ini mikroskopik tekshirish
Siydik qoldig‘ini mikroskopik tekshirish oddiy mo‘ljalli va 
miqdoriy usullar yordami bilan aniqlanadi. 
Mo‘ljalli usul. Birinchi ertalabki siydik tekshiriladi.
• 
10 ml siydik sentrafuga probirkaga joylashtiriladi va 5 min 
davomida 2000 ob/min da sentrafugalanadi.
• 
Qoldiq usti suyuqligi to‘kilib, qolgan kam miqdordagi 
siydik cho‘kmasi suspenziya qilinadi, buyum oynasiga qo‘yilib, 
oyna yopiladi, yuzasi bo‘yicha teng taqsimlanadi.
• 
Shaklli elementlar, silindrlar, tuz kristallarini sifat va 
miqdoriy baholash uchun pasaytirilgan kondensir bilan avval 
kichik kattalashtirgichda (okulyar x8), keyin kattasida (okulyar 
x40) ko‘riladi.
• 
Shaklli elementlarning topilgan ko‘ruv maydonida 
miqdorining oshishi natijani ifodalaydi. Siydik cho‘kmasi 
elementlari mikroskop ostida ko‘rilganda noorganik (turli tuzlar), 
organik (keton elementlari va silindrlar)ga bo‘linadi.
Eritrotsitlar – ikki konturli katta bo‘lmagan yetilmagan oval 
hujayralardir. O‘zgarmagan (gemoglobin tarkibli) va o‘zgargan 
(erkin gemoglobindan, rangsiz, bo‘kkan, fragmentirlangan) bo‘lishi 
mumkin bunday eritrotsitlar siydikda kichik nisbiy zichlikda bo‘ladi. 
Siydikda yuqori nisbiy zichlikdagi eritrotsitlar bujmayib qoladi.
Gematuriya (haematuria) – siydikda eritrotsitlaming paydo 
bo‘lishi. Mikrogematuriya ajratiladi, mikroskopik ko‘rinadi (siydik 
rangi o‘zgarmaydi):
• 
kuchsiz ifodalangan (ko‘ruv maydonida 20 tagacha eritrotsitlar);
• 
o‘rtacha ifodalangan (ko‘ruv maydonida 20–200 eritrotsitlar);
• 
makrogematuriya, qaysiki siydikda sezilarli qon aralashgan 
bo‘lsa va rangi o‘zgarsa (qizg‘ish yoki jigarrang) - ko‘ruv 
maydonida 200 dan ko‘p eritrotsitlar bo‘lishi.
Gematuriya glomerulyar quyidagilar bo‘lishi mumkin(buyrak 
yoki renal):


33
• 
glomerulonefrit, pielonefrit;
• 
o‘tkir buyrak yetishmovchiligida;
• 
o‘sma, travma, infarkt, buyrak tuberkulezi;
• 
dorilar (sulfanilamidlar, antibiotiklar: penitsillinlar, 
aminoglikozidlar; analgetiklar; rentgenkontrast moddalar; 
antikoagulyantlar; aspirin, indometatsin); 
• 
siydik yo‘llari travmasi, siydik-tosh kasalligida;
• 
siydik yo‘llari onkologik kasalliklarida;
• 
sistit, prostatit, uretrit, pielit.
Gematuriyani orientirlangan qiyosiy tashxislash uchun 
uch stakanli sinama yordam beradi. Bemor siydik pufagini 
bo‘shatganda siydikni 3 stakanga ketma-ket ajratadi. Siydik 
ajratish kanalidan qon ketganda 1-porsiyada, siydik pufagidan 
qon ketganda oxirgi porsiyada gematuriya ko‘proq. Yuqori siydik 
yo‘llaridan qon ketganda eritrotsitlar barcha 3 ta porsiyalarda bir 
xil taqsimlanadi.
Leykotsitlar. Erkaklarda 0–3 ko‘ruv maydonida, ayollarda 0–6 
ko‘ruv maydonida bo‘ladi. Leykotsitlar – katta bo‘lmagan yaltiroq 
dumaloq shakldagi hujayralar, eritrotsitlardan 1,5–2 marta kattaroq, 
ularning yadrosi ko‘pincha ko‘rinmaydi.
Leykotsituriya (leucocyturia) – siydikda leykotsitlar 
miqdorining oshishi, siydik yo‘llari va buyraklaming yallig‘lanish 
jarayonlaridan darak beradi:
• 
nefritlar (pielonefrit, interstitsial nefrit, yugurigli nefrit);
• 
o‘tkir va surunkali glomerulonefritlar (limfotsituriya);
• 
uretritlar, prostatitlar, sistitlar, pielitlar;
• 
nefrozlar, nefrosklerozlar;
• 
buyrak tuberkulezi;
• 
isitmalash, intensiv fizik zo‘riqishlar;
• 
toksik ta’sirlar va dori moddalar (antibiotiklar: penitsillinlar, 
aminoglikozidlar; temir preparatlari; rentgenkontrast moddalar). 
Agar ko‘ruv maydonida leykotsitlar miqdori 60 tadan oshsa 
piuriya (pyuria) haqida gapiriladi.


34
Sog‘lom odam siydigida leykotsitlar asosan neytrofillar 
hisobiga bo‘ladi. Bir qancha patologik holatlarda leykotsitlarning 
tashqiko‘rinishi o‘zgarishi mumkin. Nefrotik sindromda uni o‘lchami 
kichiklashadi, pardasi qalinlashadi. Pielonefritda leykotsitlar hajmi 
kattalashadi (bazan 2–3 marta), rangpar, ingichkalashgan, pardasi 
g‘adir-budir bo‘ladi. Sistitda leykotsitlar deformatsiyalanadi, 
konturlari va donadorligi noaniq. Eozinofilli granulotsitlar siydikda 
surunkali pielonefritda, maxsus (tuberkulezli) va nomaxsus 
xarakterda, yana allergik pielonefrit va pielotsistitda uchraydi.
Epitelial hujayralar. Mikroskopda kо ‘ruv maydonida preparatda 
buyrak 1–2 ta, о ‘tuvchi 0–3 ta. Mikroskopik tekshirilganda siydik 
qoldig1 ida yassi, o‘tuvchi va buyrak epiteliy xujayralari uchrashi 
mumkin. Yassi epiteliy xujayralari dumaloq shaklda, katta hajmda, 
rangsiz, katta bo‘lmagan yadroli. Siydikka tashqi jinsiy organlardan 
va siydik chiqarish kanalidan tushadi. Asosiy diagnostik ahamiyati 
yo‘q. Erkaklarda asosan uretrani yallig‘lanishida uchraydi. O‘tuvchi 
epiteliy hujayralari siydik ajratish yo‘llari shilliq qavatlarini 
qoplagan: siydik pufagi, siydik yo‘li, buyrak jomida.Siydikda bu 
hujayralar har xil shaklda (poligonal, dumli, silindrik, dumaloq) 
va kattalikda (lekin yassi epiteliydan kichikroq), yetarlicha yirik 
yadroli bo‘lishi mumkin.
Buyrak epiteliy hujayralari – buyrak kanallarining prizmatik 
epiteliylari oval shaklli hujayralar ko‘rinishida, yadrosi ekssentrik 
joylashgan va yirik donador bo‘ladi. Ko‘pincha buyrak epiteliy 
hujayralari gialin silindrlarida joylashadi, ko‘p miqdorda buyrak 
epiteliylari paydo bo‘lishi quyidagilarda bo‘ladi:
• 
o‘tkir va surunkali buyrak kasalliklarida (o‘tkir va surunkali 
nefrit, amiloidoz);
• 
isitma holatlarida;
• 
intoksikatsiya;
• 
infeksion kasalliklarda.
Silindrlar (cylindrus) oqsil yoki kanalchalardan kelib chiqqan 
hujayraviy hosilalardan tashkil topgan, ular silindrik va har xil 


35
o‘lchamda bo‘ladi. Silindrlarning oqsilli asosi Tamm-Xorsfoll (T-
X) uroproteindan tashkil topgan, ularda albuminlar tarkibi 50 marta 
yuqori. Oqsil T-Xni buyrak kanalchalarining distal epiteliylarida 
ishlab chiqariladi, ular tashqi membranani qoplaydi, suv tuzlar 
reabsorbsiyasida ishtirok etadi. Katta miqdorda albumin yoki 
gemoglobin, mioglobin, Bens-Djons oqsili, kalsiy ionlarining birlamchi 
siydikda ortiqcha bo‘lishi yoki buyrakda qon oqimining pasayishi T-X 
oqsil agregatsiyasiga yordam berib, silindr hosil bo‘lishiga olib keladi.
Toza oqsilli (gialin, mumsimon) va hujayraviy silindrlar ajratiladi.
Gialin silindrlar – nozik konturli va silliq, yuzasi biroz donador 
oqsilli hosilalar hisoblanadi.
Gialin silindrlar quyidagi holatlarda uchraydi:
• 
sog‘lom odamda degidratatsiyada (kuchli jismoniy 
zo‘riqishda, issiq iqlimda ishlaganda) to‘satdan siydik pH tushganda 
va nisbiy zichligi ortganda;
• 
barcha buyrak kasalliklarida, koptokchali proteinuriyada 
(glomerulonefrit, infeksion va allergik faktorlar ta’sirida, yurak 
faoliyati dekompensatsiyasida);
• 
homiladorlar nefropatiyasida;
• 
isitma chiqqanda;
• 
og‘ir metal tuzlari bilan zaharlanganda.
Mumsimon silindrlar. Konturlari aniq, gomogen strukturali, 
sariq rangli bo‘ladi. Quyidagilarda xarakterli:
• 
har xil genezli nefrotik sindrom;
• 
amiloidoz;
• 
epitelial kanallarning surunkali shikastlanishi;
• 
hujayraviy silindrlarda (epitelial, eritrotsitar va leykotsitar) 
eritrotsit, leykotsit, epiteliylar yopishib qolgan oqsil asoslari bilan 
qoplangan.
Epitelial silindrlar uchraydi:
• 
glomerulonefrit;
• 
amiloidoz;
• 
og‘ir metallar, salitsilatlar, etilenglikol bilan zaharlanishlarda.


36
Eritrotsitar silindrlar uchraydi:
• 
buyrak genezli gematuriyada (glomerulonefrit, buyrak 
infarkti, buyrak venasi trombozi).
Leykotsitar silindrlar xarakterli:
• 
Buyrak genezli leykotsituriyada (pielonefrit, yugurigli nefrit).
Donador silindrlar. Konturlari aniq bo‘lib, qattiq donador mas-
sadan tashkil topgan. Parchalangan eritrotsitlar, leykotsitlar yoki hu-
jayra epiteliylaridan tashkil topgan va quyidagi holatlarda uchraydi:
• 
kanalchalarning og‘ir degenerativ zararlanishida;
• 
nefrotik sindromda;
• 
pielonefritda.
Biroq og‘ir buyrak jarayonlarida va yaqqol silindruriya orasida 
aniq bog‘liqlik kuzatilmaydi.
Bakteriya 1 mlda 50 000 dan kо‘p emas.
Bakteriuriya:
• 1 ml siydikda 50 000 dan ko‘p mikrob hujayralarining bo‘lishi 
yallig‘lanish jarayoni borligini ko‘rsatadi.
Mikrob tanachalari miqdorini hajmiy birlikda hisoblash va 
siydikni ekish bilan uroseptik va antibiotiklarga mikroflorani 
sezuvchanligini aniqlash ko‘proq ma’lumot beradi.
Sil mikobakteriyalari buyrak silida siydik cho‘kmasida aniqlanadi.
Lipidlar siydik cho‘kmasida surunkali nefrit bilan nefrotik 
sindromda, diabetda, pielonefritda, xiluriyada kuzatiladi.
Zambrug‘lar. Candida avlodi zambrug‘i – kandidomikoz qo‘zg‘atuv-
chisini aniqlash ko‘proq ahamiyatli. Ular antibiotiklarni uzoq qabul qil-
gandan keyin siydikda ko‘p miqdorda paydo bo‘lishi mumkin. 
Noorganik siydik cho‘kmasi amorf va kristal holatdagi tuzlardan 
tashkil topgan tuzlar xarakteri siydikning kolloid holatiga, pH va 
boshqa tarkibiy qismlariga bog‘liq.
Siydikdagi kislotali reaksiyada aniqlanadi: siydik kislotasi 
(rombik kristallar, sariq-jigarrang tusda bo‘lganda) va uratlar 
(mayda qo‘ng‘ir rangli donachalar).
Siydikning ishqoriy reaksiyasida aniqladi: tripel fosfatlar, amorf 
fosfatlar, ammoniy siydik kislotali, kalsiy karbonatlar.


37

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin