133
Poliuriya
– siydik chiqish miqdorining ko‘payishi.
Proteinemiya
– qonda oqsillar miqdorining ko‘payishi.
Protrombin
– qon ivishida qatnashadigan glukoproteid bo‘lib,
faollashganda thrombin hosil qiladi.
Punktsiya
– kasallikni aniqlash
yoki davolash maqsadida
to‘qimalar tomir devorlari yoki kovak bo‘shliqlarini troacar
yordamida teshish.
Reabsorbtsiya
– qayta so‘rilish – masalan, birlamchi siydikdan
suv va boshqa moddalarning qayta qonga so‘rilishi.
Buyrak
kanalchalarida birlamchi va ikkilamchi siydik hosil bo‘ladi.
Rezus-omil
– eritrotsitlarda uchraydigan oqsil tabiatiga ega
maxsus agglutinogenlar.
Sali usuli
– qondagi gemoglobin miqdorini aniqlash usuli.
Tromboz
– qon tomirlarida tromb hosil bo‘lish
jarayoni, u qon
oqimini sekinlashtiradi yoki butunlay to‘xtatadi.
Trombin
– qonni ivishiga olib keluvchi ferment. U qonda
prothrombin
shaklida uchraydi, tromboplastin va kalsiy tuzlari
ta’sirida trombinga aylanadi.
Trombotsitlar
– qonning ivishida ishtirok etuvchi qonni shaklli
elementlari.
Trombopeniya -
qonni ivitishida ishtirok etuvchi trombotsitlar
(qon plastinkalari) ning miqdorini kamayishi.
Urobilinuriya
– siydik bilan urobilinni ajralib chiqishi.
Urometr
– siydikni solishtirma og‘irligini o‘lchovchi asbob.
Sekretsiya
– shira ajralish jarayoni –
bez hujayralarining
secret(shira) ishlab chiqarish jarayoni.
Pepsin
– me’da shirasidagi asosiy ferment,
u oqsillarni
polipeptidlargacha parchalaydi.
Gamma-globulin
– qon zardobining oqsil fraktsiyasi, u immun
antitela funksiyasini o‘taydi.
Bazofillar
– donali leykotsitlarning bir turi bo‘lib, ular gistamin
moddalarini sintez qiladi.