130
Nam preparat tayyorlanganidan keyin uni darhol mikroskopda
tekshirib ko‘rish zarur, chunki odatda xivchinli Trichomonas
vaginalis hali harakatchanligini yo‘qotmaydigan bo‘lsa, xivchinlar
harakat qilmay qo‘yadi va ularni aniqlab olish qiyin bo‘ladi.
Nam preparatni mikroskopda tekshirish
A. Zaruriy materiallar:
yangi tayyorlangan preparat; 10x va 40x
obyektivli va 10x okularli mikroskop.
B. Tekshirish texnikasi:
1. Preparat tayyorlanganidan keyin darrov tekshirib ko‘riladi.
2. Surtmani 10x obyektivdan foydalanib, ko‘rib chiqiladi, bunda
yaxshi kontrast bo‘lishi uchun rangsiz kondensor berkitib qo‘yiladi.
3.
Xivchinli parazitlar, ko‘payayotgan achitqi zamburug‘lari
va shikastlangan epitelial hujayralar
hamda yiring hujayralarini
aniqlash uchun 40x obyektivdan foydalaniladi.
4. Mikroorganizmlar soni aniqlanadi va ko‘p, o‘rtacha, arzimas
miqdorda, deb yozib olinadi.
Vaginal yoki uretral surtmani tayyorlash va fiksatsiyalash
A. Zaruriy materiallar
:
qin yoki uretradan tamponda olingan yangi
material-
toza buyum oynalari; mumqalam; spirt lampasi (gorelka).
В. Tayyorlash texnikasi:
1. Buyum oynasining pastki tomoniga mumqalam bilan belgi
qo‘yiladi.
2. Tampondagi ajralmani buyum oynasiga diametri 15–20 mm
keladigan aylana ko‘rinishidagi yupqa qatlam qilib ohista surkaladi.
3. Surtma havoda quritib olinadi.
4. Buyum oynasining bir burchagidan
pinset bilan ushlab,
alanga ustida issig‘i siz tomonga o‘tmaydigan qilib tutib turiladi.
5. Buyum oynasining pastki tomonini alanganing rangsiz yoki
zangori qismi ustida taxminan 3 sekund qizdiriladi.
6. Gram usulida bo‘yash oldidan surtma sovitib olinadi.