Klinik laborator tashxislash va tekshiruv usullari


Giperstenuriya (hypersthenuria) -



Yüklə 3,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/94
tarix14.07.2023
ölçüsü3,04 Mb.
#136541
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   94
klinik laborator tashxislash va tekshiruv usullari

Giperstenuriya (hypersthenuria) -
nisbiy zichlik 1,026 dan ortishi 
(siydik osmotik konsentratsiyasi 910 mosm/1 dan yuqori, ko‘pincha 
1200 mosm/1 gacha ortgan) quyidagi xolatlarda kuzatiladi:
• shishlar 
ko‘payishi 
(o‘tkir 
glomerulonefrit, 
yurak 
yetishmovchiligida dimlangan buyrak va x.k);
• nefrotik sindromda (peshobda oqsil miqdori ortishi xisobiga -
0,33 g/1 oqsil, peshob nisbiy zichligini 0,001 ga oshiradi);
• qandli diabetda (qandli diabetning massiv glyukozuriya bilan 
yaqqol namoyon bo‘lishida nisbiy zichlik 1,040-1,050ga teng bo‘lishi 
mumkin);
mannitol yoki dekstran, rentgenkontrast moddalar yuborilganda;
47


• xomiladorlar toksikozida.
Gipostenuriya (hyposthenuria)
-nisbiy zichlik 1,010 dan kam:
• buyrak kanalchalarining o ‘tkir zararlanishi;
• qandsiz diabet;
• surunkali buyrak yetishmovchiligi;
• yomon sifatli gipertenziya.
Izostenuriya (isosthenuria) -
peshob va qon plazmasi osmotik 
bosimi teng bo‘lgan xolat (nisbiy zichlik 1,010-1,011, peshob osmotik 
konsentratsiyasi 280-320 mosm/ldan oshmaydi), -
buyraklar 
konsentratsion funksiyasi butunlay yo‘qolganidan dalolat beradi.
Siydikning nisbiy zichligini aniqlash
Siydik nisbiy zichligi urometr yordamida oMchanadi (1,000 - 1,050 
shkalali areometr;):
• siydik 50 yoki 100 ml ingichka probirkaga quyiladi, ko‘pik xosil 
bo‘lmasligi kerak (ko‘pik xosil bo‘lsa, filtrlangan qog‘oz yordamida olib 
tashlanadi);
• silindrga astalik bilan urometr tushiriladi va tebranishdan 
to ‘xtaganidan so‘ng, pastki menisk bo‘yicha nisbiy zichlik aniqlaniladi 
(urometr silindrda erkin suzishi va devoriga tegmasligi kerak).
Peshob rangi
Normada peshob rangi uning konsentratsiyasiga bog‘liq va och- 
sariqdan yantar-sariqqacha tebranib turadi. 
Normal 
peshobning 
bo'yalishi uning tarkibidagi uroxrom A va V, urobilinoidlar, uroetrin va 
boshqa qon pigmentlaridan xosil bo‘luvchi moddalarga bog‘liq.
Peshob rangi ba'zi dori preparatlari va oziq-ovqat maxsulotlari 
(qizilcha, sabzi va x.k.) qabul qilganda xam o ‘zgarishi mumkin.
Ba'zan peshob rangi normal boMsada, cho‘kmalar tarkibidagi 
tuzlar, shaklli elementlar, shilliqqa qarab turli xil rangga bo‘yalishi 
mumkin.

Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin