Peshobning azot kislotasiga qavatlanganda xalqa 2-3- minutda
paydo bo‘ladigan eritmasi tanlanadi. Suyultirish darajasi xalqaning
kengligi va kompaktliligiga, xamda yuzaga kelish vaqtiga bog‘liq. Oqsil
konsentratsiyasi peshobni suyultirilish darajasini 0,033 g/1 ga qo‘paytirib
topiladi.
Roberts - Stolnikov usulida suyultirish qator kamchiliklarga ega:
nosub'ektiv, qiyin, oqsil konsentratsiyasini to‘g‘ri aniqlash extimoli,
peshob suyultirilgan sayin kamayib boradi. Eng qulay va aniq usullar
nofelometrik va biuretli usullar xisoblanadi.
Nofelometrik usul
Oqsilni sulfosalitsil kislota bilan loyqalanish paydo bo‘lishiga
asoslangan,
loyqalanish
intensivligi
oqsil
konsentratsiyasiga
proporsional.
Graduirlangan probirkaga 1,25 ml profiltlangan peshob va 5 ml
bo‘lguncha 3% li sulfosalitsil kislotasi solinadi, yaxshilab aralashtiriladi.
5 min dan keyin ekstinksiyani 590-650 nm to‘lqin uzunligida (sabzirang
yoki qizil yorug‘filtr), kontrolga qarshi kyuvetda 0,5 sm qalinlikda,
FEK-M da oMchanadi (yoki boshqa fotometrda). Nazorat uchun 1,25 ml
profiltrlangan peshobdan (xuddi o ‘sha) olinadi, 5 ml bo‘lguncha natriy
xloridning
izotonik
eritmasidan
quyiladi.
Oldindan,
oqsil
konsentratsiyasiga qarab, ekstinksiya kattaligiga bog‘liq, kalibrovka
egriligi tuziladi. Oqsilning turli konsentratsiyalarini tayyorlash uchun,
albuminning standart eritmasidan foydalaniladi (odam yokibo‘qa
zardobi). Ishchi jadval to‘ldiriladi.
Biuretli usul
Oqsilni mis sulfati va o ‘tkir ishqor bilan, siyoxrang biuretli
kompleks xosil qilishiga asoslangan, bo‘yalish intensivligi, oqsil
miqdoriga to ‘g‘ri proporsional.
Oqsil cho‘kishi uchun 2 ml peshobga, 2 ml uchxloruksus kislotasi
qo‘shiladi va sentrifugalanadi. Cho‘kma ustidagi suyuqlik to‘kib
yuboriladi. Cho‘kmaga (oqsilga) 4 ml 3% li NaOH eritmasi va 0,1 ml
20% mis sulfat eritmasi qo‘shiladi, aralashtiriladi va sentrifugalanadi.
Siyoxrang cho‘kma usti suyuqligini 540 nm to iq in uzunligida (yashil
yorug‘filtr) , distillirlangan suvga qarshi, 1,0 sm qalinlikdagi kyuvetda
fotometrlanadi. Oqsil konsentratsiyasini tajriba usulida olingan jadval
yordamida xisoblaniladi (kalibrovka egriligi yuqoridagi usuldagidek
tuziladi).
Dostları ilə paylaş: