Klinik laborator tashxislash va tekshiruv usullari


Ortostatik sinama



Yüklə 3,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/94
tarix14.07.2023
ölçüsü3,04 Mb.
#136541
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   94
klinik laborator tashxislash va tekshiruv usullari

55


Ortostatik sinama
Ortostatik proteinuriyaga shubxa qilinganda va nefroptozda 
qo‘llaniladi.
Siydik pufagi to ‘liq bo‘shatilganidan so‘ng, tekshiriluvchi 2 soat 
davomida gorizontal xolatni saqlaydi. So‘ngra o‘rnidan turmasdan, 
siydikning birinchi (nazorat) porsiyasini topshiradi. Keyingi 2 soat 
davomida tekshiriluvchi, maksimal bel lordozini saqlagan xolda( bel 
ortida tayoq ushlab turadi) tinmasdan yuradi, so‘ngra siydikning 
ikkinchi porsiyasini topshiradi. Ikkala porsiyalarda xam, oqsil 
konsentratsiyasi va oqsilning grammlardagi tarkibi, nefroptozda esa 1 ml 
dagi eritrotsitlar miqdori aniqlaniladi.
Ortostatik proteinuriyada ikkinchi porsiyada proteinuriya yoki 
oqsilning grammlardagi tarkibini 2-3 martta ortganligi aniqlaniladi. 
Gematuriya, ko‘p xollarda ikkinchi porsiyada nefroptozga xarakterli 
boMgan, proteinuriya bilan birga kuzatiladi.
Bens-Djons uroproteinlarini aniqlash
Bens-Djons oqsillari - termolabil pastmolekulyar paraproteinlar 
bo‘lib, (nisbiy molekulyar massasi 20 000-45 000), aniqlanilishi mielom 
kasalligi va Valdenstrem makroglobulinemiyasiga shubxa tug‘diradi.
Ular yengil immunoglobulinlarning L-zanjiri xisoblanadi. L-zanjir 
molekulyar massasi kichik bo‘lganligi sababli, qonlan zararlanmagan 
buyrak 
filtri 
orqali 
peshobga 
oson 
o ‘tadi 
va 
peshobda 
termopretsipitatsiya 
reaksiyasi 
yordamida 
aniqlanilishi 
mumkin. 
Tekshiruvni sulfosalitsil kislota bilan musbat natija olingandagina 
o ‘tkazish, maqsadga muvofiq.
Tekshiruv quyidagicha o ‘tkaziladi:
10 ml peshobga 3-4 tomchi 10% li uksus kislota eritmasi va 2 ml 
natriy xloridning to ‘yintirilgan eritmasi qo‘shiladi. Astalik bilan suv 
xammomida isitiladi va seki-asta temperatura ko‘tarilib boriladi.Agar 
peshobda Bens-Djons oqsillari bo‘lsa, 45-60 °S temperaturada diffuz 
loyqalanish paydo bo‘ladi yoki qattiq ok cho‘kma ajraladi. Qizitish 
davom ettirilib qaynatishgacha olib borilsa, cho'km a erib ketadi, 
sovutilganda esa qaytadan paydo bo'ladi.
Bu usulning sezgirligi juda xam past va elektroforez va 
immunoelektroforez usullari bilan qaytadan tekshirilishi kerak.

Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin