41
Kiota konvensiyasining maxsus
D
Ilovasi
EIHlarni tashkil etish va faoliyat olib
borish masalalarini tartibga solish, EIH hududida maxsus bojxona rejimini qo„llash
borasida milliy qonunchilikka tartibni mustaqil o„rnatish huquqini beruvchi umumiy
yondashuvlarni belgilab beradi. Shunga ko„ra, har bir davlat milliy qonunchiligida
EIHlarga tegishli
talablar belgilab beriladi, ularda ruxsat etilgan tovarlar turlari,
ularning EIHlarda joylashgan vaqtida amalga oshiriluvchi operatsiyalar tavsifi
belgilab beriladi. EIH ta‟sischisi-davlatning bojxona xizmati EIHning muvofiqligiga
mos faoliyatini bojxona nazoratidan o„tkazib boradi.
EIHlarga kiritilgan tovarlarga nisbatan ularni saqlash, qodaqlanishini yaxshilash
yoki bozor sifatini oshirish maqsadida qayta ishlov berish yoki ularni jo„natish uchun
tayyorlash maqsadida
partiyalarga ajratish, qadoqlashni guruhlash, saralash va
makalash, shuningdek, qayta qadoqlash kabilarga ham ruxsat etiladi.
Bu kabi munosabatlar EIHlar faoliyatini tashkil
etish va amalga oshirishda
zaruriy huquqiy asosga jiddiy ehtiyojni keltirib chiqaradi. Shu sababdan xalqaro
miqyosda EIHlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo„yicha bugungi kunda xalqaro
standartlarning mavjud emasligi sababli har bir davlat o„z milliy qonunchiligi asosida
EIHlar faoliyatini tartibga solib va rivojlantirib boradi.
Bunda EIHlar faoliyatiga doir masalalarda xalqaro
amaliyot va kelishuvlarga
amal qilinishining ko„zda tutilgan bo„lishi EIHlar rivojida, xususan, ularga
tadbirkorlar, xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda muhim ahamiyatga ega. Shu
sababdan O„zbekiston Respublikasining “Erkin iqtisodiy zonalar to„g„risida”gi
Qonunining 2-moddasida erkin iqtisodiy zonalar to„g„risidagi
qonun hujjatlari
masalalari o„z aksini topgan. Ushbu moddada belgilanishiga ko„ra, erkin iqtisodiy
zonalar to„g„risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan
iboratdir. Agar O„zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O„zbekiston
Respublikasining erkin iqtisodiy zonalar to„g„risidagi
qonun hujjatlarida nazarda
tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo„lsa, xalqaro shartnoma qoidalari
qo„llaniladi.
EIHlar faoliyatini tashkil etish, rivojlantirish masalalari bo„yicha
xorijiy
davlatlar tajribalarini o„rganish ularda dastlabki EIHlar tashkil etilishi, rivojlanishi,
ular faoliyatining qonunchilik asosida tartibga solinishi bo„yicha
muayyan bilim,
tasavvur va tushunchalarni hosil qilishga imkon beradi.
EIHlarni tashkil etishda xalqaro konvensiyalarga amal qilish EIHlarni tashkil
etgan davlatlar milliy qonunchiligida ham o„z aksini topishida namoyon bo„lishini
taqozo etadi. Bundan ko„zlangan maqsad xalqaro me‟yorlarga muvofiqlikni
ta‟minlash va xalqaro xavfsizlikni saqlashga amal qilishdan iboratdir. Shunga ko„ra,
EIHlarni tashkil
etgan har bir davlat
Dostları ilə paylaş: