86
xizmat qilish bo‘lsa, demak har bir inson fuqarolik mas’uliyatining ma’no-mazmunini ana shu g‘oyalarni
amalga oshirishda, deb bilishi darkor.
Fuqarolik mas’uliyati, O‘zbekistonda yashayotgan har bir ongli fuqaroning qaysi millat vakili
bo‘lishidan qat’iy nazar Respublika Konstitutsiyasida kafolatlangan xuquqlaridan foydalanish barobarida,
unga javoban fuqarolik mas’uliyatini ham xis etib yashashidir. Bu shunday deganiki, har bir fuqaro
mamlakat Konstitutsiyasiga, Oliy Majlis qabul qilgan barcha qonunlarga, Vazirlar Maxkamasi chiqargan
qarorlarga
rioya etishi va hurmat qilishi, ularni amalga oshirishi uchun mas’uliyat sezishi lozim.
Binobarin, davlat o‘z fuqarosiga xuquq va kafolat berar ekan, shunga yarasha uning zimmasiga
mas’uliyat ham yuklaydi
74
. SHuni unutmaslik kerakki, ijtimoiy taraqqiyotning demokratik rivojlanish
jarayoni shaxsning o‘zini o‘zi anglashi, qadr-qimmatini qay darajada e’zozlay olishi, jamiyat uchun
xizmat qilish imkoniyati va harakat me’yoriga ko‘p jixatdan bog‘liqdir. Bularning hammasi kishilarning
o‘zi yashab turgan ko‘cha, maxallasidan tortib, to yaxlit mamlakatning barqarorligini saqlab qolish,
xavfsizlikni ta’minlashda yuksak mas’uliyatni o‘z faoliyatida ongli ravishda amalga oshirish demakdir
75
.
Bir xil maqomga ega bo‘lgan shaxslarda talab ham teng bo‘ladi. Ana shu jihatning o‘zi ham
fuqarolik mas’uliyatini anglatuvchi dalillardan biridir. Fuqarolik mas’uliyati bilan milliy mas’uliyat
orasida o‘ziga xos mushtaraklik mavjud. Sir emas har bir millatning balog‘atga etgan ongli a’zosi o‘sha
o‘zi mansub millatning oldida mas’uliyati bo‘ladi.
Millatning miqdoriy, iqtisodiy, madaniy, ahloqiy,
ma’rifiy, manaviy taraqqiy eta borishi, er yuzidagi boshqa xalqlardan orqada qolib ketmasligi uchun
birinchi shu xalqqa mansub kishilar javobgarlik tuyg‘usini tuyish lozim. Oila va jamiyatdagi har bir
harakatida, bosgan har qadamida shu millatning umumiy manfaatini unutmaslik milliy mas’uliyat
hissining muhim tomoni hisoblanadi. Kishilarning muayyan millat ravnaqi yo‘lidagi siyosiy ongliligi va
ma’naviy etukligi darajasi milliy mas’uliyatni anglatuvchi ikkinchi muhim tomonidir. SHuni alohida qayd
etish zarurki, milliy mas’uliyat bu yurtimizda yashovchi barcha millat va elatning mas’uliyatidir.
SHu o‘rinda rivojlangan davlatlar tajribasiga alohida e’tibor qaratishni maqsadga muvofiq deb
bilamiz. Masalan, jahonning etakchi davlati sanalmish AQSHda fuqarolik madaniyatini yuksaltirish
qanday yo‘lga qo‘yilgan? Amerikaliklarga qanday g‘oya va qadriyatlar singdirilmoqda? Bu savollarga
javob topish uchun fuqarolik madaniyati qanday g‘oyaviy ustunlarga tayanishini aniqlash kifoya. AQSH
fuqarolari Konstitutsiyani, amerika davlatchiligining asoschilari va demokratik tamoyillarni muqaddas
deb biladilar va bu tuyg‘uni yoshlarga singdirish haqida tinimsiz qayg‘uradilar. YOshlarda erkin
yashashga ishtiyoq, mustaqillikni qadrlash tuyg‘usi shakllantiriladi.
AQSH nimaning evaziga fan va texnologiyalar sohasida boshqalardan o‘zib ketdi? Bu savolning
ham javobi bor: Amerikada erkin fikr va ijodiy tafakkur qadrlanadi hamda o‘zgacha fikrlaydiganlarga
nisbatan bag‘rikenglik qaror toptirilgan. Lekin amerikalik fuqaroni tarbiyalashning
eng asosiy jihati
boshqa bir g‘oyada yashirin. U ham bo‘lsa, har bir insonni noyob iste’dod egasi deb bilish, har bir
shaxsga hazrati inson sifatida murojaat qilishdir. Insonga bunday munosabat, so‘zsiz, uning salohiyatini
yuzaga chiqarishga imkon beradi. Aynan shu g‘oya ta’sirida amerikaliklar orasida o‘zini «o‘rtamiyona
odam» deb biladigan yoxud «men bir oddiy odam» deb gapiradigan kishilar nihoyatda kam uchraydi.
Amerika fuqarolari adolatni ham o‘ziga xos tarzda tushunadilar: shaxs nimagaki erishsa,
qanday maqomni egallasa, bunga faqat o‘z aqli va iste’dodi bilangina etishadi. SHunday qilib, har
bir amerikalik bolaligidanoq kimgadir va nimagadir orqa qilishga emas, balki o‘z kuchiga tayanishga
o‘rgatiladi. Lekin, eng asosiysi, har bir amerikalikda kelajakka ishonch uyg‘otiladi. Xuddi ana shu
«amerika orzusi» kishilarni yangi maqsadlar sari rag‘batlantiradi, yangi g‘oyalarni amalga oshirishga
shavq uyg‘otadi. Xulosa yasaydigan bo‘lsak, demokratiya qoidalari va erkinlik Amerika
mafkurasining poydevorini tashkil etadi. Bunday tarbiya natijasida faqat o‘z kuchiga ishonish, ruhiy
ozodlik va mustaqil fikrlash kabi xislatlar amerikaliklarning qon-qoniga singib ketgan. Albatta, yuqorida
keltirilgan fikrlar «AQSHda bu borada muammo yo‘q ekan» degan xulosa uchun asos bo‘lmaydi. Oxirgi
74
Қаранг: Иброхимов А. Бизким Ўзбеклар. -Тошкент: Шарқ нашриёт -матбаа концерни бош тахририяти, 1999. - 177 б.
75
Қаранг: Саидқосимов А. Сиёсий фаоллик ва фуқаролик маънавияти // Жамият ва бошқарув. –Тошкент: 2007. - №2, -Б. 50 -51.
87
paytlarda erkinlikka hadeb urg‘u beraverish oqibatida amerikaliklar
erkinlikni jamiyat oldidagi
majburiyatlardan ham ozodlik sifatida idrok eta boshladilar. SHu bois hozirgi kunda AQSHning
ziyolilari tomonidan yangi mafkura - «liberal-natsionalizm» mafkurasini yaratish zarurligi haqidagi
fikr o‘rtaga tashlanmoqda. Bu mafkura milliy va irqiy jihatdan bo‘linib ketgan ko‘p sonli ijtimoiy
guruhlarni «AQSH - millatlar hamjamiyatidir» g‘oyasi atrofida birlashtirishni nazarda tutadi. E’tibor
beradigan bo‘lsak, yangi mafkurada milliy omilning ustuvorligi o‘rnatilmoqda. Demak, gap AQSH da
asta-sekinlik bilan yagona milliy vujudni shakllantirish, xalqning birdamligini kuchaytirishga xizmat
qiluvchi mafkurani yaratish haqida borayotir.
Endi misol tariqasida SHarqqa murojaat qilaylik. SHarqning eng ilg‘or mamlakatlaridan biri -
YAponiyada fuqaroni tarbiyalashning eng samarali va ta’sirchan usulidan foydalaniladi. Bunday
tarbiyaning asosiy maskani sifatida maktab tanlangan. CHunki maktabda bola bilim olishdan tashqari
shaxs sifatida ham shakllanadi. Kunchiqar mamlakatda fuqaro tarbiyasi «axloqiy tarbiya»
tizimi
doirasida amalga oshiriladi. Rasmiy hujjatlarda «axloqiy tarbiya» tizimi quyidagicha nomlanadi:
«xarakterni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim», «davlat uchun maqbul axloqiy sifatlarni
tarbiyalashga qaratilgan faoliyat», «fuqarolik axloqi asoslarini tarbiyalash». Aslida bu tizim
millatni tarbiyalash tizimi vazifasini o‘taydi. Undan qudratli mafkuraviy ta’sir vositasi sifatida ham
foydalaniladi. Ko‘pchilik olimlarning fikricha, aynan «axloqiy tarbiya» tizimi mamlakat iqtisodiy
ravnaqining g‘oyaviy asosini tashkil qiladi. CHunki bu tizim ishlab chiqarishda ma’naviy salohiyatdan
unumli foydalanishga yo‘naltirilgan. Ikkinchi jahon urushidan xaroba bo‘lib chiqqan mamlakatning 30-
40 yilda ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘ringa chiqib olgani ko‘pchilikning
xayratini uyg‘otadi. "Kichik bir orolning bunday qisqa vaqtda hunarmandchilik ustaxonalaridan
avtomatlashgan sanoatgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tganligini qanday tushuntirish mumkin?". Mazkur
savolga javoban yaponlar quyidagicha javob beradilar: "Salohiyat insonlarda yashirin". YAponiya
menejmentining oltin qoidasiga ko‘ra, insondan qimmatroq boylik yo‘q.
Xo‘sh, davlat yapon kishisida qanday qadriyat va sifatlarni qaror toptirishga harakat qiladi?
Aslida mehnatsevarlik, intizomlilik va jamoaviylik yapon milliy xarakteriga xos xususiyatlar sanaladi.
Biroq
davlat bu bilan qanoatlanmay, o‘z fuqarolarida ushbu sifatlarni mustahkamlash va
kuchaytirish vazifasini maorifga yuklaydi. Natijada, maktablarda
guruhiy
birdamlikni
tarbiyalashga alohida e’tibor qaratiladi. Bunda kollektivning yutug‘i ham, mag‘lubiyati ham
guruhning har bitta a’zosiga bog‘liq ekanligi haqidagi g‘oya singdiriladi. Muhimi, boladan umumiy
ishda o‘z rolini aniq bilish va shunga yarasha mas’uliyatni his qilish talab etiladi. Bunday tarbiya
ko‘rgan fuqaro jamoa muammolarini o‘zining shaxsiy muammolari sifatida qabul qiladi.
Olimlarning fikricha, aynan shunday guruhiy birdamlik (yaponchada «aydagarasyugi») tufayli
mamlakat misli ko‘rilmagan iqtisodiy yutuqlarga erishdi. Mehnat yapon kishisi uchun axloqiy qadriyat
sanaladi. Uning qadriyat darajasiga ko‘tarilishida "axloqiy tarbiya" tizimining roli beqiyos. Gap
shundaki, yapon kishisiga maktabdayoq quyidagi g‘oyalar singdiriladi: "Faqat tirishqoqlik va mehnat
bilan muvaffaqiyatga erishish mumkin", "O‘z ustingda tinimsiz ishla - shunda birovdan kam
bo‘lmaysan". Bu kabi g‘oyalar ta’sirida ulg‘aygan yapon kishisi o‘zining barcha harakatlarini quyidagi
mantiqqa bo‘ysundiradi: "Bor imkoniyatlaringni ishga sol!".
SHunday qilib, davlat o‘z fuqarolarida tirishqoqlik va hafsala, qunt va g‘ayratni
maqsadli
ravishda qaror toptiradi. Intizomdan jamiyat manfaatlarida foydalanish borasida esa yaponlarning ayniqsa
boshqalarga o‘rnak bo‘la oladi. "Axloqiy tarbiya" natijasida YAponiyada fuqarolar mehnat
intizomining buzilishini shunchaki salbiy illat deb hisoblamay, balki uni Vatanga xiyonat deb qabul
qiladilar. YAponiyada fuqaro tarbiyasi zamon ehtiyojlari va jamiyat manfaatlariga moslashtirib
boriladi. Aynan shu tufayli yapon fuqarolari jamiyat taraqqiyotini harakatlantiruvchi qudratli kuch
sanaladilar. Ko‘rinib turibdiki, millat kelajagini o‘ylaydigan hech bir davlat fuqaro tarbiyasi masalasini
e’tiborsiz qoldira olmaydi. Ana shu ma’noda jamiyatimiz yoshlarni moddiy-ma’naviy va boshqa
ehtiyojlarini qondirish, ayniqsa, globallashuv tufayli axloqimizga, turmush tarzimizga katta kuch bilan
kirib kelayotgan buzg‘unchi g‘oyalardan, ularni saqlab qolish uchun mafkuraviy bo‘shliqqa yo‘l
88
qo‘ymaslik, zamonaviy yoshlarni barcha hayotiy ehtiyojlarini ro‘yobga chiqarish
bugungi kunning eng
muhim vazifasi bo‘lishi kerak. CHunki ehtiyoj tom ma’noda erkin faoliyat hamda fuqarolik mas’uliyatini
belgilovchi mezon hisoblanadi. Biz o‘z faoliyatimizga qay darajada va qay mazmunda baho bermaylik,
faoliyatimiz motivlari muayyan ehtiyojlar tufayli shakllanadi. Ehtiyojlar va manfaatlar uyg‘unli hisobga
olinmagan joyda mas’uliyatsizlik, befarqlik va xatto jinoyatlar sodir bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: