Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784
www.oriens.uz
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
302
kelganligi ma’lum. Arabcha gazetalardagi sarlavhalar emotsionallikni ham o‘zida
namoyon qilish xususiyatiga ham ega hiosoblanadi. Lug‘at tarkibi ham o‘ziga xos
bo‘lib, odatda til imkoniyatlaridan foydalangan holda turli strukturalardan
foydalaniladi. Arab tilining keng leksik imkoniyatlari yaqqol namoyon bo‘ladi. Biroq
so‘nggi yillarda dunyo ilm-fanidagi o‘zgarishlar va rivojlamish natijasida vujudga
kelgan neologizmlar arab tilini ham chetlab o‘tmadi va arab tili so‘nggi yillarda shu
kabi neologizmlar bilan ancha boyigan. Sarlavhalarning lug‘at tarkibi odatda eng
ko‘p qo‘llaniladigan so‘zlardan tashkil topsa-da, ba’zan o‘quvchining diqqatini
tortish maqsadida noodatiy so‘zlar ham qo‘llaniladi. Odatda sarlavha tushunarli va
ixcham ifodalar bilan berilgan bo‘ladi va bu o‘quvchining zerikishdan saqlab qoladi.
Gazeta maqolasi sarlavhasi odatda, so‘z birikmasi, qisqa sodda gap va, kam hollarda,
murakkab jumladan tashkil topadi. Arabcha sarlavhalar xususida bunday deyish
birmuncha mushkul. Zero arab gazetalarida to‘liq jumla shaklidagi sarlavhalar
ko‘pchilikni tashkil qiladi. Masalan,
Dostları ilə paylaş: