vakillariga e’tibor berish - Glasnetning ajralib turuvchi xususiyati sanaladi.
Sovam Teleport tarmog‘i.
Sovam Teleport xalqaro kompyuter axborot tarmog‘i SanFrancisco/Moscow
Teleport (AQSh), Cable & Wireless (Buyuk Britaniya) komponiyalari hamda
Avtomatlashtirilgan tizimlar instituti (Rossiya) tomonidan 1990 yilda tashkil
etilgan. tarmoq joriy vaqt rejimida teleks va telefaks
xalqaro axborot almashuv
uchun mo‘ljallangan.
Bank tarmoqlari va banklararo hisob-kitoblar tizimi.
Naqd pulsiz aylanmaning katta ahamiyati iqtisod uchun ko‘plab banklararo
pul o‘tkazishni o‘zaro hisobga olish tizimi yoki kliring bilan almashtirish
zaruriyatini keltirib chiqaradi. Kliringni qo‘llashning nisbatan samarali sohalari
quyidagicha: Markaziy Bank tizimida
banklararo hisob-kitob, pul mablag‘larni
o‘zaro o‘tkazishni doimiy takrorlovchi iqtisodiy jihatdan bir-biriga bog‘liq
korxonalarga xizmat ko‘rsatish, bir xildagi tezkor bitimlarni amalga oshirish.
Kelajakda aktsionerlik kliring va hisob-kitob tuzilmalarini tashkil etish va ularni
jahon moliya tizimiga birlashtirish - bu Markaziy Bank siyosatining
yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Turli mamlakatlarning davlat ichidagi banklararo tizimi.
AQSh banklari to‘lov xabarlarini uzatish uchun quyidagi asosiy
kommunikatsiya tarmog‘idan foydalanadi:
FEDWARE- AQSh federal zahira tizimining kommunikatsiya tizimi;
BANKWARE- xususiy banklar va tijorat korxonalari
ehtiyojiga xizmat
qiluvchi kommunikatsiya tizimi;
CHIPS- hisob-kitob palatalari uchun banklararo to‘lov tizimi;
Evropa banklarida quyidagi tizimlar keng ko‘llaniladi:
CHAPS- Buyuk Britaniya banklararo kliring hisob-kitoblari tizimi.
BACS- kliring tizimi.
SIT- Frantsiya markaziy banki ko‘magida 15 ta yirik banklar asosida tashkil
etilgan tizim.
Elektron pochtani qo‘llash.
Elektron pochta - kompyuterlar orasida xabar uzatishni Lokal va Global
asosda tashkil qiladi. Elektron pochtadan faqat xabarlarni emas, balki fayllarni
uzatish uchun ham foydalaniladi. Ular yordamida tezkor usulda bir yoki bir nechta
manzillar bilan axborot almashish mumkin. Elektron pochta qutilari soni 1997 yil
boshida 250 millionni tashkil etdi. Elektron ma’lumotlar manzil va ma’lumotlar
mavzuidan iborat bo‘ladi. Manzil qismi odatda
oluvchining manzilgohini,
jo‘natuvchining manzilgohini, ma’lumot mavzuini, fayllar xabarlariga ilova
qilinuvchi axborotlarni o‘z ichiga oladi.
Dostları ilə paylaş: