Page 366
Yo‘l-transport hodisalarining asosiy sabablari belgilangan tezlik meʼyoriga rioya
qilmaslik – 2010 ta (20,1 foiz), yo‘llar nosozligi – 2009 ta (20,1 foiz), shuningdek,
piyodalarning yo‘llarni belgilanmagan joylardan kesib o‘tishiga aloqador – 1380 ta
(13,8 foiz).
YTHlarning salmoqli qismida piyodalar ishtirok etgan - 4698 nafar, shundan
1621 nafari bolalardir. Velosipedchilar ishtirokida - 1075 ta, mototsiklchilar ishtirokida
84 ta YTH ro‘y bergan.
Yo‘l-transport hodisalarining 2008 tasini 25 yoshgacha bo‘lgan haydovchilar,
2057 tasini esa 30 yoshgacha bo‘lgan haydovchilar sodir etgan.
Rivojlangan davlatlar bilan raqobatbardoshlik xususiyatini oshirib borishning
ijtimoiy sharti — boshlang‘ich bo‘g‘inlardagi og‘riqli nuqtalarni aniqlash va uni
bartaraf etishda jamoaviy yondashuvlarni tashkil etish hisoblanadi.
Keng jamoatchilik ishtirokida mahallalarda yo‘l-transport hodisalari bilan bog‘liq
huquqbuzarliklarni sodir etish sabablari va bunga imkoniyat yaratayotgan shart-
sharoitlar hamda ularni bartaraf etish borasida ko‘rilayotgan choralarni tanqidiy
muhokama qilish bu turdagi hodisalarni oldini olishga xizmat qiladi.
Har qanday islohot fuqarolar manfaatiga xizmat qilishi kerak. Buning uchun esa
amaldagi harakatlar quyidan boshlanmog‘i maqsadga muvofiqdir. Zero, Vatan oiladan,
mahalladan boshlanadi, degan ibora bor. Shunday ekan, biz yashayotgan hudud o‘zida
yurtimiz aksini namoyon etadi. Masalaga shu nuqtai nazardan qaraydigan bo‘lsak,
keyingi yillarda nafaqat, mahallaga, balki, har bir xonadonga bo‘lgan eʼtibor
hamyurtlarimizning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini mustahkamladi, desak mubolag‘a
bo‘lmaydi. Buning natijasida uzoq yillardan buyon o‘z yechimini kutib turgan
muammolar ijobiy yechim topa boshladi. Masalaga yanada chuqurroq kirib borish,
kamchiliklarning tub ildiziga bolta urish, aholi turmush darajasini yaxshilab,
mamlakatda har sohada olib borilayotgan islohotlar samaradorligiga erishish uchun
«mahallabay” ishlash tizimining joriy etilishi bu boradagi jarayonning yangi bosqichini
boshlab berdi.
Mahallabay ishlash tizimi murakkab jarayon bo‘lishiga qaramasdan, unda har bir
insonning dardini tinglash, uning qismatini tubdan o‘zgartirish, jamiyat taraqqiyotini
iqtisodiy o‘sishlar bilangina emas, balki aholining o‘z hayotidan mamnunligi bilan
o‘lchash kabi mezonlar mavjud.
Ushbu tizim o‘z navbatida, siyosiy chaqiruv ham hisoblanadi. Unga ko‘ra
ijtimoiy-iqtisodiy reformalar, ichki va tashqi resurslar hisobiga amalga oshiriladigan
loyihalar, turli idora va tashkilotlarning «faoliyat yo‘laklari” mahallalar kesimida tashkil
etiladi.
Shuning natijasida ayni vaqtda yurtimizdagi barcha sohalar faoliyatida va
kechayotgan o‘zgarishlar mohiyatida mahallabay so‘zining ahamiyati kundan kun ortib
bormoqda. Respublikamizdagi barcha tashkilot va idoralarning mazkur amaliyot