Jamoatchilik bilan hamkorlikda oldini olishda



Yüklə 427,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix21.07.2023
ölçüsü427,41 Kb.
#137062
1   2   3   4   5   6
o-zbekiston-respublikasida-yo-l-transport-hodisalarining-jamoatchilik-bilan-hamkorlikda-oldini-olishda-mah...ichki-ishlar-vazirligining-hududiy-jamoat-xavfsizligi-xizmatlarida-mahallabay-ishlash-tizimini-tashkil-etish-yo-nalishlari

ǀ
ISSUE 3 
ǀ
2022 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 368
muhitni barqarorlashtirish, oilaviy ajrimlarning oldini olishda namuna bo‘ladigan 140 
ming 805 nafar nuroniylar ro‘yxati shakllantirilib, mahallalardagi tarbiyasi og‘ir, ishsiz 
yoshlarga, notinch va ajralish yoqasiga kelib qolgan oilalarga biriktirilmoqda. 
Bundan tashqari, joriy yil Davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda 
yoshlarni yurtga sadoqat, ona Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, ular ongiga milliy 
urf-odat va qadriyatlarimizni chuqur singdirish borasida o‘rnak bo‘lgan nuroniylar 
o‘rtasida «Yoshlar murabbiysi” ko‘rik tanlovi o‘tkazish rejalashtirilgan. 
Davlatimiz rahbarining 2020 yil 25 dekabr kungi Yoshlar forumidagi nutqida 
keltirib o‘tilgan topshiriq doirasida yurtimizdagi barcha mahallalarda har shanba kuni 
«Ahil oila kuni” deb eʼlon qilinib, mustaqil hayotga qadam qo‘yish ostonasida turgan 
yigit-qizlar, yosh oilalar vakillari o‘rtasida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. 
Yo‘l-transport hodisalari mahallalar hududidan o‘tgan halqaro, davlat 
ahamiyatidagi hamda ichki yo‘llarida sodir etilishini hisobga olib keng jamoatchilik 
hamda masʼul korxonalar va tashkilotlar ishtirokida kompleks muhokama qilishi 
asosida zarur choralar ko‘rilsagina bu turdagi ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olish mumkin 
bo‘ladi. Ayniqsa, ushbu yo‘llarning qoniqarsiz yoritilishini, yo‘l qoplamalaridagi 
nosozliklarni va yo‘l infrastrukturasidagi boshqa kamchiliklarni bartaraf etilishi 
bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirilishida mahalla hamda jamoatchilikni 
o‘rni katta. 
Yuzaga kelayotgan yo‘l-transport hodisalarini kuzatish natijasida aksariyat yo‘l-
transport hodisalarining aksariyat qismi kunning qorong‘u vaqtida sodir bo‘layotganini 
ko‘rishimiz mumkin. Avtomobillarning odam urib yuborishi va boshqa ulov bilan 
to‘qnashishi hamda yo‘l chetidagi to‘siqlarga urilish hodisalari tahlil etilganda ularning 
katta qismi kech tushgan vaqtga to‘g‘ri kelishi aniqlandi. Toshkent shahar va viloyat 
markazlaridan tashqari, mahallalarda ko‘chalarning yoritilishi qoniqarli darajada emas. 
Respublikamizdagi ko‘chalari to‘liq yoritilsa, kechasi sodir bo‘layotgan yo‘l-transport 
hodisalarining kamayishiga erishilgan bo‘lardi.
Shuningdek, mavsumiy yog‘ingarchiliklarda yaxshi yoritilmagan ko‘chalarda 
transport vositalarining harakatlanish xavfsizligi yanayam kamayadi. Sababi, oddiy 
kunlarda avtomobil chirog‘i 50 metr uzoqlikni yoritsa, yer nam bo‘lgan holatda bu 
masofa 15-20 metrni tashkil etadi. Natijada yo‘l-transport hodisalarining ko‘payishiga 
zamin yaratiladi. 
Vazirlar Mahkamasining “2020-2025 yillarda yirik shaharlarni rivojlantirish 
chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekistonda ko‘chalarni 
yoritishda “aqlli” chiroqlardan foydalanish yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu qarorda 
taʼkidlanishicha, shaharlarda ko‘chalarni yoritish tizimida energo-tejamkor, qo‘yosh 
energiyasida quvvatlanadigan ekologik toza, aqlli ko‘cha yoritish chiroqlaridan 
foylanish yo‘lga qo‘yiladi. 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 

Yüklə 427,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin