Page 367
natijasida joylarda tashkil etayotgan ish faoliyati aynan mahallalardagi o‘zgarishlar va
bu orqali mavjud muammolarning hal etilishiga qaratilgani bilan yanada ahamiyatlidir.
Darhaqiqat, mahalladagi mavjud muammolar va aholining kundalik masalalarini
hal etish birgina mahalla tizimi xodimlari tomonidan bartaraf etish imkonsiz. Shu
sababli bu jarayonda har bir soha masʼullarining ishtiroki va aralashuvi muhim jihatdir.
Joylarda olib borilayotgan mahallabay ishlash mexanizmining ham muhim asosini ana
shu tamoyil — barcha soha vakillarining hamjihat bo‘lib, hududlardagi masalalarni
yechishga kompleks yondashishi tushuniladi.
Aytaylik, bugun odamlarning eng muhim muammosiga aylanib borayotgan gaz
va issiqlik taʼminotini yaxshilash masalasini joylardagi masʼul korxona va tashkilotlar
ishtirokisiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Shuningdek, suv, yo‘l va boshqa muhim
sohalarda sezilarli o‘zgarish yasash uchun ham shu hududdagi aynan o‘sha tizim
xodimlarining doimiy ishtiroki muhim ahamiyatga egadir.
Mahallabay ishlash, bu — barcha soha mutasaddilarining bir musht bo‘lib,
mahallalardagi muammolar, aholi turmushidagi muhim masalalarni birgalikda hal
etishning yangicha mexanizmidir.
Joylardagi muammolarni mahallabay aniqlash va bartaraf etish, xususan,
hududlarda «Obod qishloq” va «Obod mahalla” dasturlari ijrosini taʼminlash maqsadida
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda uning hududiy bo‘linmalari
masʼul xodimlaridan iborat Ishchi guruhlar tuzilgan. Mazkur amaliyot natijasida
joylardagi odamlarni qiynayotgan ko‘plab ijtimoiy muammolar hal etilmoqda.
Xususan, joriy yil davomida Ishchi guruhlar tomonidan yurtimizdagi murakkab
vaziyatdagi mahallalarning ichki yo‘llari, ichimlik suvi va elektr taʼminoti, irrigatsiya
tarmog‘ini yaxshilash bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
Yurtimizda yoshi ulug‘ otaxonu mo‘ʼtabar onaxonlarimizni eʼzozlash, hurmatini
joyiga qo‘yish, har bir ezgu ishni ularning duosi bilan boshlash xalqimizning uzoq asrlik
urf-odati, milliy anʼanalari hamda yashash tarzining ajralmas qismiga aylangan, desak
mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Bu, eng avvalo, bizning keksalarga bo‘lgan g‘amxo‘rlik
va eʼtiborimiz namunasi bo‘lsa, ikkinchi tomondan yosh avlod uchun ulkan tarbiya va
tajriba maktabi hamdir. Shu sababli mahallarda sodir etilgan yo‘l-transport
hodisalarining yoshi ulug‘ avlod va keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilinishi
hamda yosh avlod ongiga singdirilishi muhim ahamiyatga ega.
Eʼtiborlisi, so‘nggi yillarda bu kabi ezgu anʼanalar yanada sayqal topib,
mamlakatimizda keksa avlod vakillarini ijtimoiy himoya qilish, nuroniylarning turmush
darajasini yaxshilash, salomatliklarini tiklash, bu borada qonunchilik va meʼyoriy-
huquqiy bazani mustahkamlash yo‘lida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Muhtaram Prezidentimizning poytaxtimizning Yunusobod tumaniga tashrifi
chog‘ida berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida ayni vaqtda boy hayotiy
tajribaga ega, o‘z ortidan odamlarni ergashtira oladigan, mahallada ijtimoiy-maʼnaviy