M. E. Mamarajabov, R. N. To’rayev zamonaviy dasturlash tillari



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/80
tarix23.07.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#137200
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   80
Masala 29.
 
n butun soni berilgan (n>0). Uni bo‘lib butun va qoldiq qismlarini 
aniqlash orqali, berilgan son raqamlarining orasida 2 raqami bor yoki yo‘qligini 
aniqlovchi dastur tuzing. 
3.4. RUN TIME ERROR - DASTURNI BAJARISHDA XATOLIK 
Run time error
— dastur bajarish jarayonida kelib chiqadi va dasturning 
ishlashini to'xtatadi. Sintaks xatolikdan farqli ravishda Python bunday xatolarni 
dasturni bajarishdan avval aniqlay olmaydi. Run time error ning bir necha turi bor. 
Keling, ulardan ba'zilari bilan tanishamiz. 
TypeError 
Biror amalni (funksiya, metod) noto'g'ri ma'lumot turi ustida bajarish.
son=input(“Istalgan son kiriting:”) 
print(f “{son} ning kvadrati {son**2} ga teng”) 
TypeError: unsupported operand 
type(s) for ** or pow(): 'str' and 'int' 
Yuqoridagi kodda biz foydalanuvchi kiritgan qiymatni matndan songa o'tkazib 
olishni unutdik, natijada sonning kvadratini hisoblashda Python xato berdi. 
NameError 


91 
O'zgaruvchi, funksiya, obyekt nomini noto'g'ri yozish natijasida kelib 
chiquvchi xatolik. 
prit("Hello World!") 
NameError: name 'prit' is not defined 
ValueError 
Funksiyaga noto'g'ri qiymatni yuborish natijasidagi xatolik 
son=int(input(“Istalgan son kiriting”)) 
if son>0: 
print(“Musbat son”) 
else: 
print(“Manfiy son”) 
Istalgan son kiriting: 2.5 
Traceback (most recent call last): 
son = int(input("Istalgan son kiriting: ")) 
ValueError: invalid literal for int() with 
base 10: '2.5' 
IndexError 
Yangi dasturchilar yo'l qo'yadigan yana bir xato bu indeks xatolik. Ya'ni ro'yxat 
elementlariga murojat qilishda indeksni noto'g'ri kiritish. 
mevalar=[‘olma’, ‘anor’, ‘uzum’] 
print(mevalar[3]) 
IndexError: list index out of range 
Bizda mevalar degan ro'yxat bor va ro'yxatda uchta meva bor. Biz 3-elementni 
konsolga chiqarmoqchimiz va print(mevalar[3]) deb yozdik va IndexError natijasini 
oldik. Sababi, dasturlashda indeks 0 dan boshlanadi va 3-elementga murojat qilish 
uchun 2-indeksni tanlaymiz.

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin